XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.4K photos
1.39K videos
32 files
6.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Vatan_muqaddasdir
#Vatan_himoyachilari_kuni

Bugun Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi 92-sonli farmoyishi talablarini bajarish, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida "Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlangan 10-11-sinf o‘quvchilari tarkibidan tuzilgan jamoalar o‘rtasida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi. Jamoalar

👨‍🚒 "Harbiylashtirilgan estafeta",
🎯 "Mohir mergan",
🏋️ "Tosh ko‘tarish",
🩺 "Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish" hamda
〰️"Arqon tortish" shartlari bo‘yicha kuch sinashdilar.

Musobaqada maktabning 10-sinf o‘quvchilari jamoasi g‘oliblikka erishib, maktab direktori ko‘chma kubogini🏆 qo‘lga kiritishdi.

♻️Harbiy-sport tadbirida "Veteran" faxriy jangchilar birlashmasi tuman bo‘limi raisi A. Otajonov, 14069-harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok qildilar.

🌐 Telegram | Facebook