XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.4K photos
1.38K videos
32 files
6.22K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Vatan_muqaddasdir
#Vatan_himoyachilari_kuni

Bugun Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi 92-sonli farmoyishi talablarini bajarish, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida "Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlangan 10-11-sinf o‘quvchilari tarkibidan tuzilgan jamoalar o‘rtasida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi. Jamoalar

👨‍🚒 "Harbiylashtirilgan estafeta",
🎯 "Mohir mergan",
🏋️ "Tosh ko‘tarish",
🩺 "Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish" hamda
〰️"Arqon tortish" shartlari bo‘yicha kuch sinashdilar.

Musobaqada maktabning 10-sinf o‘quvchilari jamoasi g‘oliblikka erishib, maktab direktori ko‘chma kubogini🏆 qo‘lga kiritishdi.

♻️Harbiy-sport tadbirida "Veteran" faxriy jangchilar birlashmasi tuman bo‘limi raisi A. Otajonov, 14069-harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Xorazm.uz
#Эълон
Ота-оналар ва мактаб ўқувчилари диққатига!

Вилоят ҳудудида кузатилаётган аномал совуқ ҳамда ота-оналарнинг мурожаатларини эътиборга олиб, Хоразм вилоятининг умумтаълим мактаблари ва мактабгача таълим ташкилотларида 2023 йилнинг 13-14 январь кунлари қўшимча таътил берилишини маълум қиламиз. Мактабларда дарс машғулотлари ва мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти 2023 йил 16 январдан бошланади.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎 " Onam u "

Muhammad Yusuf

🎙 She'rni Sarvar Abdullayev o'qidi.

👉
@piima_xorazm
#Bu_fakt

Oʻzbekistondagi birinchi universitet-O’zMU

🏢 Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri;
Oʻrta Osiyodagi birinchi universitet.

⚜️1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan.
1920-yildan Turkiston davlat universiteti,
1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU),
1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan.
1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.

⚜️ Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi Farmoniga muvofiq, universitetga Milliy universitet maqomi berildi va u hozir shu nom bilan ataldi.

🌐 Telegram | Facebook
🏫Navbatdagi manzil Xonqa tumanida yangi tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan maktab binosi bo‘ldi

Prezidentimizning 2022-yil 14-apreldagi Farmoniga muvofiq mazkur maktab ixtisoslashtirilgan maktab sifatida qayta tashkil etildi.

📊Ishlab chiqilgan loyihaga asosan taʼlim muassasasi kapital rekonstruksiya qilinib, yangi qo‘shimcha bino ham barpo etildi

🔴Tuman hokimi Murodbek Davlatov taʼlim maskanidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi

👉 @xonqahokimiyat

Xonqa tumani hokimligi axborot xizmati
#faxrimiz

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining geografiya fani o'qituvchisi Nurmetova Muyassar Jumanazarovna Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida "Ta'limda loyihalarni boshqarish" mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi.

O'qituvchimizning keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ham zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Murojaatnoma

🔰 Tuproqqal'a  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi (2022- yil 20-dekabr) ning mazmun-mohiyati hamda ta'lim borasidagi islohotlar yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

🔹 Murojaatnomaning mazmun mohiyatini  tajribali, oliy toifali ingliz tili fan o'qituvchisi Ruzmat Matyaqubov  tushuntirib o'tdilar.

𝘐𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘰𝘬𝘤𝘩𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘥𝘢𝘷𝘭𝘢𝘵𝘪𝘮𝘪𝘻 𝘳𝘢𝘩𝘣𝘢𝘳𝘪 𝘮𝘶𝘳𝘰𝘫𝘢𝘢𝘵𝘪𝘥𝘢 𝘪𝘭𝘨𝘢𝘳𝘪 𝘴𝘶𝘳𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘺𝘶𝘬𝘴𝘢𝘬 𝘨'𝘰𝘺𝘢𝘭𝘢𝘳, 𝘵𝘢'𝘭𝘪𝘮 𝘵𝘪𝘻𝘪𝘮𝘪𝘥𝘢 𝘢𝘮𝘢𝘭𝘨𝘢 𝘰𝘴𝘩𝘪𝘳𝘪𝘭𝘪𝘴𝘩𝘪 𝘬𝘰'𝘻𝘥𝘢 𝘵𝘶𝘵𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯  𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪 𝘪𝘴𝘭𝘰𝘩𝘰𝘵𝘭𝘢𝘳 𝘵𝘰'𝘨'𝘳𝘪𝘴𝘪𝘥𝘢 𝘮𝘢'𝘭𝘶𝘮𝘰𝘵 𝘰𝘭𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘷𝘢 𝘧𝘪𝘬𝘳 𝘢𝘭𝘮𝘢𝘴𝘩𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳.

🌐 Telegram | Facebook
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩

📚Respublika bolalar kutubxonasi yosh avlodda Vatanga nisbatan muhabbat, uni asrab avaylash va vatanga bo‘lgan mehrini kuchaytirish maqsadida “Mening armiyam - mening faxrim” shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

🏓Mazkur tanlov 14-yanvar-"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

⚡️Tanlov tartibi:
 
Ishtirokchilar o‘zlari yozgan Vatanni math etuvchi so‘zlardan iborat she‘rlarini yoddan o‘qigan holda,  videorolik tayyorlab tanlovga yuborishlari lozim.

👉Tanlov “Kitobxon oila” (https://t.iss.one/kitobxonlik_tanlovlari) guruhida o‘tkaziladi. Videoroliklarni Telegram messenjeridagi @rbktanlov3 manziliga yuborish kerak.

📌Videorolik vaqti 1daqiqadan, hajmi esa 10 mbdan oshmasligi lozim.

Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yil  14-yanvar kunlari qabul qilinadi.

tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

🔹Xiva shahridagi Prezident maktabida 12-yanvar kuni maktab direktori Sattorbek Yo'ldashev tomonidan "Yuqori sifatli ta'lim va o'qitish" nomi ostida trening o'tkazildi.

🔸13-yanvar kuni esa ma'naviy -ma'rifiy ishlar bo'icha direktor o'rinbosari Dilrabo Raximova tomonidan "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" mavzusida trening o'tkazildi.

♻️Treninglar qiziqarli va munozaralarga boy bo'ldi. Ishtirokchilar yuqori sifatli ta'limning mazmun-mohiyati va bu borada o'qituvchilar oldida turgan vazifalar haqida, bolalar huquqlari to'g'risida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook