XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.81K subscribers
23.1K photos
1.57K videos
32 files
6.88K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bellashuv
#Ochiq_darslar_haftaligi

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq darslar haftaligi davomida maktabning 6-a va 6-b sinflari o'rtasida ingliz tili fanidan ta'limiy bellashuv bo'lib o'tdi.

Bellashuvda o'quvchilar :

🎈Tanishtiruv
🎈 Lug'at boyligi
🎈Taqdimot
🎈Pantomimo
🎈Tinglab tushunish va Grammatikadan olgan bilimlari bo'yicha kuch sinashdilar.

🔅 Maktabning o'quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rahimboy Beyjanov bellashuv haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi va uni tashkillashtirgan ingliz tili fani o'qituvchilari Sevara Soloyeva va Shahnoza Sadullayevalarga tashakkur bildirdi.

🏆 Bellashuv natijalariga ko‘ra 6-"A" sinf jamoasi g‘olib deb topildi. Tadbir so'ngida o'quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

KIMYO - BASHARIYAT SAODATI YASHIRILGAN MO‘JIZALAR SOHASIDIR

⚡️
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida kimyo fanidan bellashuv bo'lib o'tdi.

💫Bellashuvda "Mendeleyev izdoshlari" va "Al kimyogarlar" jamoalari o'zaro 5 shart asosida bellashdilar.

💦
O'quvchilari elementlar qo'shig'iga raqsga tushdilar, kimyoviy tajribalar o'tkazdilar.

👏 Natijalarga ko'ra 25 ball bilan "Al kimyogarlar" jamoasi g'olib bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

🔰 Ogahiy ijod maktabida 9-sinf o'quvchilari o'rtasida "INGLIZ TILI BILIMDONLARI" bellashuvi bo'lib o'tdi. Bellashuvni maktabning tarbiyachi-pedagogi Go'zal Jumaniyazova olib bordi.

Bellashuvda "9 apple" va "Hagpon" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

🔥 Bellashuv qizg'in va hayajonlarga boy bo'ldi. Jamoalar har bitta shartda o'zgacha shukuh bilan qatnashib, ingliz tili savodxonligidan bor bilimlarini namoyish qildilar.

🍎 Bilimdonlar bilimini baholash ham ancha mushkul bo'ldi va 9-"A" sinfning "9 apple" jamoasi 6 ball bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

➡️ Bunday bellashuvlar nafaqat yoshlarning bilimini sinashga ko'maklashadi, balki ularning kelgusi yutuqlariga motivatsiya bo‘la oladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

📆 Ogahiy ijod maktabida o‘quvchilarda adabiyotga yanada qiziqtirish va ijodga undash maqsadida
"OGAHIY IZDOSHLARI" nomi ostida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy bellashuv o‘tkazildi.

🔎 Bellashuv uch yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi.
 
📝 Nazm yo‘nalishida
ishtirok etgan o‘quvchilar o‘zlari ijod etgan she'rlar bilan bahs yuritib, o‘ziga xos ijodiy raqobat maydonini yaratib berdilar.
💫Ro‘zimatova Mohinur g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
 
📖 Nasr yo‘nalishida yozilgan hikoyalar o‘quvchilar yoshiga nisbatan ancha yaxshi yozilganligi hakamlar tomonidan e'tirof etildi va yakuniy natijalarga ko‘ra:
💫Otaboyeva Mumtozxon
💫Rahmonova Zahro
💫Omonboyeva Sabrina
lar g‘olib bo‘lishdi.

🎨
Tasviriy san'at yo‘nalishida har ikkala ishtirokchi shoir Muhammad Yusuf ijodi bo‘yicha rasm chizishdi va o‘zlari ijod etgan tasviriy san'at namunasini chiroyli sharhlab berishdi.
💫Sobirov Muntazir
💫Ozodova Hosila
lar teng natija ko‘rsatib, yakunda do‘stlik g‘alaba qozondi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

📝 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 8-01,8-02,8-03 sinflar o‘rtasida "Ona tilim jilolari" mavzusida viktorina-bellashuv o'tkazildi.

🔆
Viktorina ona tilimiz fanlar ummoni ekanligi, so'z xazinamiz bisotidagi maqollar hamda ona tilimizga befarq bo'lmaslik, ya'ni, ko'chada binolar nomlanishi, e'lonlarda xato yozilishlarning oldini olish kabi masalalarga bag'ishlandi.

📌 Qizg'in davom etgan viktorinada quyidagi natijalar qayd etildi👇

🥇 o'rin 8-02 sinf jamoasi;
🥈o'rin 8-03 sinf jamoasi;
🥉 o'rin 8-01 sinf jamoasi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

YANGIARIQ TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA AMALIY FANLAR HAFTALIGI BO'LIB O'TMOQDA

🔗 Amaliy (Texnologiya, tasviriy san'at, musiqa) fanlar doirasida "Ko'rgazma tayyorlash" mavzusida 6-sinflar o'rtasida bellashuv o'tkazildi.

🧾 Bellashuv so'ngida o'quvchilarga diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv #Tanlov

TANLOVLAR,
BELLASHUVLAR

2023-yilning may oyi mobaynida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ko'plab tanlov va bellashuvlar, musobaqalar ham bo'lib o'tdi. Jumladan:

⚡️Yangibozor tumani IM
da fizika fanidan 9A-sinf o'quvchilari o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. Yosh fiziklar bellashuvi Z.Vaisova hamda G.Yuldashevalar tomonidan tashkillashtirildi.

⚡️Shovot tuman IMIda Ingliz tili fani doirasida 7-A sinfning "Cambridge" va 7-B sinf o'quvchilarining "Oxford" jamoalari o'zaro bellashdilar.

⚡️Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh kitobxon" tanlovining 2-turi boʻlib oʻtdi.

⚡️Qo'shko'pir tuman IMda tumandagi barcha maktablarning boshlang'ich 4-sinf o'quvchilari o'rtasida "Bilimlar bellashuvi" o'tkazildi.

⚡️Urganch shahar 1-son IMIda ingliz tili fanidan "The Taste Competition" mavzusida ko'rgazmalar tanlovi bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

🏢Bogʻot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 6-"Aʼʼ va 6-"Bʼʼ sinf oʻquvchilari oʻrtasida ʼʼO'yla,izla,topʼʼ intellektual o'yini oʻtkazildi.

👉Bellashuvdan maqsad  o'quvchilarning mantiqiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish va tezkorlikka undovchi savollarga javob topishga oʻrgatish.
O'yin ona tili va adabiyoti o'qituvchisi B.Bekiyeva tomonidan tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

🌿 5-iyun Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan o'q otish tanlovida Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinf o'quvchisi

🥉Ulug'bekov Azizbek 3-o'rin sohibi bo'ldi.

⚡️ G'alaba muborak, Azizbek!

🌐 Telegram | Facebook
#Ona_tilim_faxrim
#Bellashuv
#Ogahiy_ijod_maktabi

❇️ Ogahiy ijod maktabining 7-"A" va 7-"B" sinf o'quvchilari o'rtasida 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan" kun munosabati bilan bellashuv o'tkazildi.

➡️
Bellashuvda o'quvchilar "Mushoira", "Bo'g'inlar ko'prigi", "So'z ichida so'z", "Maqollar tilga kirganda" kabi shartlar asosida bellashdilar.

🌐 Telegram | Facebook