#Bu_fakt
📌 Eronning Hamadon shahrida Ibn Sinoga haykal qo‘yilgan.
💸 Ma'lumot uchun: Ibn Sino, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali — jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘rta osiyolik buyuk qomusiy olim.
✔️980 yilda Buxoroning Afshona qishlog‘ida tug'ilgan, 1037-yilda Eronning Hamadon shahrida vafot etgan.
Bugungi kunda bu shaharda allomaga atab haykal va mavzoley barpo etilgan.
🔸G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur.
🌐 Telegram | Facebook

🗻 Xitoydagi Szilin universitetining bir guruh paleoantropologlari O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola ko‘rinishini namoyish etdi.
💠 Bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagining kompyuterda tiklanishidir.
✔️ Taxminan 300 ming- 40 ming yil oldin yashagan 8-9 yoshli neandertalga tegishli bo‘lgan toshga aylangan bosh suyagi 1938-yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan topilgan. Bu suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldig‘idir. Uning kashfiyoti neandertallarning sharqqa ko‘chishini isbotlagan.
🔹 Suratda eng qadimgi ajdodimizning 3D ko'rinishi

📕Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi haqida faktlar
🟥 “Oʻzbekiston Qizil kitobi” nashri ilk bor SSSR respublikasi davrida 1979-yilda tashkil etilgan va 1984-yilda nashr etilgan. U noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi oʻsimliklarning 163 turi va umurtqali hayvonlarning 63 turini oʻz ichiga olgan.
📌 “Oʻzbekiston Qizil kitobi”ning mustaqillikdan keyin 1993-yildagi birinchi nashriga 301 oʻsimlik turi kiritilgan boʻlib, u oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. Kitobda har bir turning oʻzbek, rus va lotin tillarida nomlari berilgan, poligonlarning qisqarishi, sonining kamayish sabablari, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan, shuningdek, turlarning tarqalish xaritalari va tasvirlari ifodalangan.
♦️2003-yilda "Qizil kitob" ning ikkinchi nashri chop etildi.
♦️2006-yilda “Oʻzbekiston oʻsimliklari Qizil kitobi”ning uchinchi nashri,
♦️2010-yilda “Oʻzbekiston Qizil kitobi”ning toʻrtinchi nashri nashr etildi.

Raqs san’ati haqida
💃🏻 Raqs sanʼat turi boʻlib, musiqaga monand ritmik tana harakatlarida namoyon boʻladi. Raqs turli madaniyatlarda mavjud bo‘lib, hissiyotlar, ijtimoiy aloqalarni bildirish shakli sifatida ijro etiladi.
👯♀️ Gimnastika, sinxron suzish va baʼzi jang sanʼatlarini ham raqsga qiyoslash mumkin.
🕺🏻Raqs aynan nima ekanligi ijtimoiy, madaniy, estetik, artistik va maʼnaviy cheklovlarga bog'liq va funksional harakatdan (xalq raqslari) tortib virtuoz texnikagacha (balet) bo'ladi. Raqs harakatlari orqali fikrlar va hissiyotlarni yetkazish, hikoyanavislik qilish mumkin.
📍Raqs evolutsiyasi natijasida turfa uslublar kelib chiqdi. Balet va vals klassik raqs boʻlsa, step zamonaviydir. Katta tezlikli raqslarga tushayotganda tajriba va ehtiyotkorlik talab etiladi, yoʻqsa (pay tortishishi va h.k) jarohatlanish mumkin.
⚜️Raqs ijrosi sanʼati xoreografiya deyiladi. Raqs yaratuvchi shaxs esa xoreograf deb ataladi.

🏛 Dunyodagi eng yirik san'at muzeylaridan biri - ERMITAJ
⚜️ Ermitaj (1764) dunyodagi eng yirik san'at muzeylari orasida eng taniqlilarodan hisoblanadi.
💠 Rossiyaning yirik madaniy-tarixiy obyekti bo‘lmish ushbu muzeyda san’at namunalari talaygina. Muzey beshta binodan iborat bo‘lib, bir-biriga eshiklar orqali ulanib ketgan.
⚜️ Ermitajni yaratish g‘oyasi Yekaterina II tomonidan taklif qilingan. Imperator xonim savdogardan Gorsovskiy kolleksiyasini sotib olgach, ushbu 220 ta kartinani joylashtirish uchun muzey tashkil qilgan. Bir muddat bino Kichik Ermitaj nomi bilan atalgan. Hozir esa Rossiyaning eng ko‘zga ko‘ringan maskanlaridan biridir.

🍀 Gerbariy haqida
Gerbariy (lot. herba — oʻt, oʻsimlik) — 1) maʼlum maqsadlar (flora, sistematika, geobotanika, geografiyaga oid tadqiqotlar olib borish va b.) uchun maxsus usullar asosida yigʻib quritilgan oʻsimliklar kolleksiyasi.
🌱 Dunyoda oʻsimliklarning 300 000 dan ziyod turi saqlanadigan 500 ga yaqin yirik Gerbariylar bor. Bunday kolleksiyalarning eng kattalari Parij, Praga, London (Linney Gerbariysi), Jeneva (Dekamdol va Buasye Gerbariysi), Vashington, London, Sankt Peterburg , Moskva, Toshkent, Tomsk, Kiyev kabi shaharlarda toʻplangan.
🌿 Toshkentdagi Oʻzbekistan FA Botanika instituti va botanika bogida bir mln.dan ziyod oʻsimlik nusxalari saqlanadigan Milliy Gerbariy laboratoriyasi bor.
🍃 Umumiy Gerbariy - muayyan hudud oʻsimliklari kolleksiyasi
☘ Maxsus Gerbariy - ovqatga ishlatiladigan, texnik, dorivor va b. oʻsimliklar kolleksiyasi

#Xorijdagi_merosimiz
#Alisher_Navoiy_582_yilligi
🖼 Mahmud Muzohib tomonidan XVI asrda yaratilgan Alisher Navoiy portreti.
🏛Hozirda Eronning Mashhad shahridagi Oston Quds Razaviy muzeyida saqlanadi.

✔️ Matematikaga oid qiziqarli faktlar
▪️ Tarixdagi birinchi matematik ayol aleksandriyalik Gipatiya bo‘lgan.
🟰 «Teng» belgisi XVI asrda, manfiy sonlar esa faqat XIX asrga kelib ilk marta qo‘llanilgan.
🔘 Birdan yuzgacha bo‘lgan jami sonlar yig‘indisi 5050 ga teng.
🗯 Lahza nima? Bu bor-yo‘g‘i ibora emas, 0,01 soniyaga teng bo‘lgan vaqt o‘lchov birligi ekan.

#Bobur_540_yilligi
BOBURIYLAR SULOLASI
⚡️ Zahiriddin Muhammad Bobur (1526-1530)
⚡️ Humoyun Mirzo (1530-39; 1555-56)
⚡️ Akbarshoh (1556-1605)
⚡️ Jahongir Mirzo (1605-1627)
⚡️ Shoh Jahon (1627-1658)
⚡️ Avrangzeb (1658-1707)

⚡️Zahiriddin Muhammad Bobur haqida
➡️ 1-fakt. Bobur - "Yo‘lbars".
To‘liq ismi - Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobur degan nom "yo‘lbars" yoki "sher" degan ma’noni anglatib, jangdagi jasorati uchun berilgan edi. U harbiy jasorat va zehnga ega iqtidorli harbiy rahbar edi.
➡️ 2-fakt. Yorqin shoirlik iste’dodi.
Boburning lirikasi insonning go‘zalligi va muhabbati haqidagi qo‘shiqdir. U o‘z asarlarida chin, halol, vafodor insonni ulug‘laydi. Adolatli va munosib odamni yuksaltiradi.
➡️ 3-fakt. "Boburnoma" bebaho adabiy yodgorligi.
"Boburnoma" – Boburning tarixiy asaridir. Asar haqli ravishda "turkiy nasrning eng yaxshi asari" deb nomlangan. Ushbu kitob tarixiy yozuvlarning qisqa ma’lumoti emas. Asarda Boburning faoliyati, uning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari, sarguzashtga boy hayotining barcha voqealari tasvirlangan. Bugungi kunga qadar "Boburnoma" dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan.