XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Kasbga_yònaltirish
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 9-"A" sinf o'quvchilari bilan birgalikda maktab-internat psixologi H.Yusupova, sinf tarbiyachisi N.Udayozova hamda maktab-internat maslahatchisi D.Iskandarovalar tomonidan

🔹
kasbga yo'naltirish bo'yicha seminar trening o'tkazildi.

🌐Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Kasbga_yònaltirish
#Xiva_shahar_1_son_IMI

📋
Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati va "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ Xorazm filliali Xiva vokzali o'rtasida memorandum imzolangan edi.

🚋 Ushbu memorandum asosida 10-11 sinf o'quvchilari CHQBT rahbari Ulliyev Xursandbek, sinf rahbari Sobirov Ixtiyor va maktab maslahatchisi Erkinova Ullijon boshchiligida
Xiva temiryo'l vokzaliga amaliy sayohat uyushtirishdi.

🚉
Vokzalga sayohat davomida o'quvchilar soha mutaxasislari bilan suhbatlashib, ushbu korxonaning vazifalari va o'ziga xos tomonlari haqida o'rganib oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
👏4
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Xiva_shahar_2_son_IMI

📍Xiva shahar 2- son ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari "Khiva Silk Fabric" MChJ faoliyati bilan tanishdilar.

📌 Xiva shahridagi "XIVA SILK FABRIC" korxonasida mahsulotlar eksportga tayyorlanishi haqida korxona ish boshqaruvchisi Husanboy Rahimov va ipak olish sirlari bilan korxona bosh laboranti Nazokat Sobirova tanishtirib bordilar.

AMALIY MASHG'ULOT HAQIDA BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Xonqa_IM

MEMORANDUM_IJROSI

🔬 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlarga ixtisoslashgan7-g sinf o'quvchilari biologiya fani o'qituvchisi Muazzam Bekchonova rahbarligida Xonqa tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markaziga bordilar.

🔍Maqsad: kasalliklarning asl sababchsi bo'lgan bakteriya va parazit chuvalchanglar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish hamda ularning oqibatlaridan chuqurroq xabardor bo'lish.

🩺 Amaliy mashg'ulot davomida markaz vrach-bakteriologi Maqsuda Rozmetova va vrach-parazitologi Shahlo Hayitovalar parazit chuvalchanglar va hasharotlarning inson hayotidagi ahamiyati, kasalliklardan saqlanish chora-tadbirlarini qanday tashkillashtirish yuzasidan keng qamrovli tushuncha berdilar hamda markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.


🌐 Telegram | Facebook
👏2
#Xonqa_IM
#Kasbga_yònaltirish

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-E sinf bitiruvchilariga turli kasblar, ta'lim yo'nalishlari va kelajakdagi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi .

❇️ Tadbir yakunida o'quvchilardan o'z kasbiy qiziqishlari to'g'risida so'rovnoma olindi hamda so'rovnoma natijalariga ko'ra o'quvchilarga kerakli tavsiyalar berish rejalashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Urganch_1_son_IMI
#Kasbga_yònaltirish

⚡️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Urganchkormmash” Aksiyadorlik jamiyati (qishloq xo‘jaligi mashinari uchun yordamchi vositalarni ishlab chiqarish bo‘yicha) bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ushbu shartnoma asosida 10-sinf o'quvchilari "Urganchkormmash" aksiyadorlik kompaniyasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishdilar.

"Ranch" universitetining "Texnologiya" kafedrasidan  texnika fanlari falsafa doktori (Phd) Rajabov Ibrat Yaxshimuratovich o'quvchilarga korxona faoliyati bo'yicha o'zlari qiziqqan savollarga javob berdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Kasbga_yònaltirish

📆 25-mart kuni Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va "International academy of business" MChJ (IT PARK) bilan hamkorlik MEMORANDUMi imzolandi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2024-yilning 30 mart kuni maktabning IT sohasiga qiziquvchi 10-11-sinf o'quvchilari tumanda yangi ish boshlagan IT PARK faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

📝 Amaliyot davomida WEB-DASTURLASH kursi mentori D.Matyaqubov IT PARKning asosiy maqsadi hamda bu yerda dasturlash yo‘nalishlarini o‘rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan kurslar:
- Offis Dasturlari (Kompyuter savodxonligi),
- Web Dasturlash,
- Dasturlash tillari yo'nalishi,
- Android Dasturlash,
- Arxitektura va Dizayn,
- IT English kurslari to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

📌Aynan IT sohasi bo'yicha OTMlarga o'qishga kirishni maqsad qilgan 10-11-sinf o'quvchilari uchun bu amaliy mashg'ulot alohida ahamiyat kasb etdi.

BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
#Kasbga_yònaltirish
#Hazorasp_IM

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmonining 3-bandiga asosan  10-11-sinf o‘quvchilariga yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibi bo’yicha topshiriq berilgan.          
                                                                               
Shu munosabat bilan Xorazm viloyati  Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining maktab maslahatchisi I.Artiqova boshchiligida 11-sinf o’quvchilari Hazorasp tuman markazidagi “Hazorasp Cyber stomatology” klinikasida bo'lib, u yerdagi tibbiy  jarayonlar bilan yaqindan tanishib amaliyot o’tashdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1👌1
#Kasbga_yònaltirish
#Bogʼot_IM

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI O'QUVCHILARI KASBIY RIVOJLANISH UCHUN TASHKILOTLARDA BO'LISHDI

▫️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106-sonli Farmoni 3.5 bandi ijrosini ta'minlash maqsadida maktabning 11-sinf o'quvchilari

◾️Bog'ot tuman Adliya bo'limi
◾️“AT Aloqa bank Bog’ot kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi”
muassasalariga borishdi.

✔️
O'quvchilar ushbu tashkilotlardagi xizmat ko'rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Shovot_IMI

⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O'QUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA

❇️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-A sinf o'quvchilari Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da bo'lishdi.

O'quvchilarga dastlab texnika xavfsizligiga mas'ul xodim korxonaning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirdi.

Korxonaning sifat bo'yicha menejeri DUSHAMOV SARDOR korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini xususan, paxta tolasidan ip ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni bosqichma-bosqich o'quvchilarga tushuntirib berdi hamda korxonaning yutuqlari haqida yaqindan tanishtirdi.


Shu bilan birga o'quvchilar korxonada amaliyot o'tashdi. Xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashib korxona faoliyati haqidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Yangiariq_IM
#kasbga_yònaltirish

🔰 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab va tumandagi yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri bo'lgan "Dovrug'" firmasi bilan o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.

📎 Memorandum doirasida maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilarini kasbga yo'naltirish, ishlab chiqarish obyekti bilan tanishtirish maqsadida 10-sinf o'quvchilari maktab maslahatchisi G. Jumaniyazova boshchiligida Dovrug' firmasiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar, ish jarayonlari bilan tanishdilar.


🌐 Telegram | Facebook
🔥3
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#kasbga_yònaltirish

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialiga tanishtiruv uyushtirildi.

📍Tanishuv davomida o‘quvchlarga OTM hayoti va talabalarga berilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion yangiliklar to’g’risida ma’lumot berildi.


🌐
Telegram | Facebook
#kasbga_yònaltirish
#Shovot_IMI

⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O'QUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA

❇️10-oktabr kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-A sinf o'quvchilari, maktab-internat maslahatchisi D.Iskandarova, maktab-internat psixologi H.Yusupova hamda Z.Kalonovalar birgalikda Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da bo'lishdi.

❗️O'quvchilarga dastlab texnika xavfsizligiga mas'ul xodim korxonaning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirdi.

🏢Korxonaning sifat bo'yicha menejeri DUSHAMOV SARDOR korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini xususan, paxta tolasidan ip ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni bosqichma-bosqich o'quvchilarga tushuntirib berdi hamda korxonaning yutuqlari haqida yaqindan tanishtirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kasbga_yònaltirish
#Hazorasp_IM

🏢 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi  10-11-sinf o'quvchilari  Hazorasp tuman "Hazorasp Diamond" MCHJ korxonasida bo'lishdi.

O'quvchilar bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 
   

🔖Bu kabi amaliyotlar zamirida,  keyingi yillarda O'zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlarni chuqur anglaydigan yoshlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.


🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Kasbga_yònaltirish
#Urganch_shahar_1_son_IMI

▶️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-03- sinfida maktab-internat psixologi L.Atajonova hamda maktab maslahatchisi Ruxsora Kuryazovalar tomonidan "Zamonaviy kasblar" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

📌O‘quvchilar marketolog, neyrojarroh va o‘qituvchi guruhlariga bo'lindilar.

Ushbu seminar treningda:

Motivation time
Kasblar alifbosi
Zamonaviy kasblar haqida ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbga_yònaltirish
#Shovot_IMI

🔆 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-"A" sinf o'quvchilari bilan maktab-internat psixologi hamda maktab maslahatchisi tomonidan o'tkazilgan "Zamonaviy kasblar" mavzusidagi seminar-treningdan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
🔥3
#Hazorasp_IM
#Kasbga_yònaltirish

🏫Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilarini kasbga yo'naltirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda


✔️Hazorasp tuman Adliya markazida ochiq eshiklar kuni munosabati bilan o'quvchilar Adliya bo‘limi binosi, tarkibiy bo‘linmalari, xususan, Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYO bo‘linmasi va davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

✔️Maktab maslahatchisi I.Artiqova 10- sinf oʻquvchilari bilan suhbat o'tkazib, ularni ehtiyoji yuqori boʻlgan kasblar bilan tanishtirdi. Taʼlim platformalari haqida maʼlumotlar, kelajakda kasbni oʻz qobilayatidan kelib chiqib toʻgʻri tanlashlari uchun bir qancha maslahatlar berildi.

✔️10-11-sinf o'quvchilari  Hazorasp tuman "Cyber stomatology" xususiy klinikasida bo'lishdi. O'quvchilar bu yerda shifokorlarga oʻzlari qiziqtirgan savollarni berib, koʻplab amaliy bilimlarga ega boʻlib qaytishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Bogʻot_IM
#Kasbga_yònaltirish

🏠Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchilari "AT Aloqa bank Bog'ot xizmatlar ko'rsatish markazi" bilan imzolangan memorandumga ko'ra ushbu muassasaga sayohat qilishdi.

O‘quvchilar bank xizmatlari, mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar va xodimlarning ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, bank ishi haqida maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1