XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.2K photos
1.27K videos
30 files
5.89K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ona_tilim_faxrim
#Tadbir
#Hazorasp_IM

🇺🇿 Ona tilimizga e'tibor yanada yuksalaversin!

✔️ Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan bayram tadbiri òtkazildi.

▪️Tadbirda ona tilimizni madh etuvchi she'r-u qòshiqlar, hikmatli sòz va xalq donoligining ifodasi bòlmish maqollar  aytildi. Ijro etilgan kuy-qóshiqlar esa tadbirga o'zgacha zavq ulashdi.kòtarish borasida ibratli fikrlar aytib òtildi.

Shuningdek, "Ona tilim-faxrim" shiori ostida zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ilmga chanqoq yoshlar o'zaro bahslashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#ona_tilim_faxrim

«Ming yildan beri ezila kelmishdir, lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir, yashar. Negakim boydir.»

✍️Abdurauf Fitrat - Tilimiz haqida

Мост - KO‘PRIK
Мощный - MUSTAHKAM
Мусор - CHIQINDI
Мышка - SICHQONCHA
Наличные - NAQD PUL
Наоборот - AKSINCHA
Например - MASALAN
Натуральный - TABIIY
Наушник - QULOQCHIN
Не ужели - NAHOTKI
Ничего - HECH NIMA
Ничего - HECHQISI YO‘Q
Но - LEKIN


⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
#ona_tilim_faxrim

Shukur, mening kunim boshlandi,
Tilimga erk, ko‘zim yoshlandi.
Javob bersin o‘zbek tilida,
Men tomondan so‘roq boshlandi.

✍️Anvar Mirzo she’ri (parcha)

Сквозняк - YELVIZAK
Сольёный - TUZLANGAN, TUZLAMA
Соус - QAYLA
Справка - MA’LUMOTNOMA
Сразу - DARHOL
Ссобой - OLIBKETAR(o‘zi bilan)
Стаж - MALAKA, TAJRIBA
Сто процент - YUZ FOIZ
Столовая - OSHXONA
Стройка - QURILISH
Субботник - SHANBALIK, HASHAR
Счёт - HISOB (HISOB VARAG'I)
Так - XO‘SH
Так что - SHUNDAY EKAN

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
#Ona_tilim_faxrim
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida "21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni”  hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

⚡️Ushbu jarayon qiziqarli fikr-mulohazalarga boy bo'ldi. O'quvchilar ona tilimizning nufuzini dunyo miqyosida ko'tarish va buning ahamiyati haqida asosli fikrlar bildirdilar. Tilimiz nufuzini ko'tarish uchun takliflar berdilar. Quvonarlisi shundaki, o'quvchilar bu jarayonni maktabdan boshlash g'oyasini ilgari surdilar.

Suhbatda maktabning ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A. Eshmetova, sinf tarbiyachisi M.Roximova, ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sh.G'ulamovalar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʻot_IM
#Tabriklaymiz
#Ona_tilim_faxrim

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi https://t.iss.one/dtrdep da

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan
tanlovda

Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qitivchisi

🎖Bekıyeva Barno Komıljonovna g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🏆 Ustoz «Qadring baland bo'lsin, ona tilim» tanlovining taqdirlash marosimida e'tirof etilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan  esdalik sovg‘alar, diplom hamda qimmatli kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

💥Bekiyeva Barno Komiljonovnani ushbu yutug'i bilan qutlab, keyingi faoliyatlariga omadlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Urganch_shahar_1_son_IMI

35 YILLIGING QUTLUG‘ BO‘LSIN, ONA TILIM!

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxona mudiri I.Ibragimova rahbarligida faol kitobxonlarning O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlab tayyorlagan chellenji.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Bellashuv #Uchrashuv
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿21-oktabr - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida:

1️⃣. O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan 5-A sinfda maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Rahmonova Mavluda tomonidan "Zukkolar bellashuvi" o‘tkazildi. Bellashuvda yoshlarning tilga bo‘lgan e’tibori, hurmat ehtiromi, o‘zbek millatining urf-odatlari, an‘analariga hurmatda bo‘lishni yana bir bor isbotlandi.

2️⃣. O'tkir qalam sohibasi Shoira Shams va mahoratli jurnalist, shoir Hasanboy Ismoilovlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Davra suhbatida o'zbek tili qadimdan ezgulikka va teranlikka yo'g'rilganligi va mudom shu iftixorda turishi haqida gapirildi. Qizg'in muloqot o'quvchilarda so'zga va tilga bo'lgan qiziqishlarini yana ham oshirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʻot_IM
#ona_tilim_faxrim

21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 6-B sinf o'quvchilari ishtirokida "Ona tilim-mening faxrim" mavzusida "Eng yaxshi she'rxon" she'riyat kechasi o'tkazildi.

Tadbir g'oliblari esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#ona_tilim_faxrim

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan:

🪄 Ogahiy nomidagi ijod maktabida 21-oktabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan 10-11-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida diagnostik test sinovi olindi. 18-oktabr kuni iste'dodli o'quvchilar ishtirokida "Eng yaxshi she'rxon" bellashuvi o'tkazildi. Unda o‘quvchilar "She'rxonlik", "G‘azalxonlik" va "Bahribayt" shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🪄 Urganch shahar 1-son IMIda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi G.Rahimova rahbarligida 5-7-sinf oʻquvchlari oʻrtasida "O‘zbek tilim - faxrim, g‘ururim” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Shuningdek, maktab-internat kutubxonasi mudiri I.Ibragimova rahbarligida faol kitobxonlar bilan "Til - millat ko'zgusi" mavzusida tadbir tashkil qilindi.

🪄 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-A sinf o'quvchilari ishtirokida "Til va madaniyat" mavzusida qo'lda chizilgan rasmlar tanlovi o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bogʻot_IM
#ona_tilim_faxrim

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan bayram munosabati bilan tayyorlangan chellenj.

🎗Barchamizga bayram muborak bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM, SARCHASHMAGDAN SARXUSH DILIM

🇺🇿 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasining OʻZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 35 YILLIGIGA bag'ishlab  tayyorlagan videoroligi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM