XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.2K photos
1.27K videos
30 files
5.89K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xushxabar
#Respublika_tanlovi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔸 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkazilgan Respublika insholar tanlovida oʻzining "Sharafimsan, iftixorimsan, Vatan bayrogʻi! mavzusida yozgan inshosi bilan ishtirok etgan

🔹Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"A" sinf oʻquvchisi Amatova Muxlisa faxrli 2-oʻrinni egalladi. G‘olibamiz diplom, sovgʻa va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

➡️ Tashkilotchilar tomonidan taqdim qilingan diplom va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bugun Toshkentdan yetib keldi.

👏 O‘quvchimizni maktab jamoamiz nomidan samimiy qutlaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Respublika_bosqichiga_yòllanma

⭐️Bugun “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali viloyat bosqichi o‘tkazildi

6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor yoshlar o‘rtasida madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidor egalari uchun Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi binosida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔸Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabidan iste'dodli o'quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Jumladan:


➡️ Tanlov yakuniga ko‘ra Nasr yo‘nalishi ishtirokchilari 8-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygul 🥇1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 8-"A" sinf o‘quvchisi Saparboyeva Nilufar 🥉3-o‘ringa munosib ko‘rilib, hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

👏 G‘oliblikka erishgan o‘quvchilarimizni qutlaymiz.
Respublika bosqichida Oygulga omad va g'alabalar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#XUSHXABAR
#17_DEKABR_OGAHIY_TAVALLUD_TOPGAN_KUN
#IJOD_MAKTABIMIZ_ENDILIKDA
#ÒZBEKISTON_ADABIYOTI_VA_SAÑATI_GAZETASIDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilarining ijod namunalari bugun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayram kunida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi Respublikamiz ijodkorlarining bosh nashri "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:48-49 sonida "BIZ ISTIQLOL BOLALARIMIZ" sarlavhasi ostida, to'liq bir sahifada bosilib chiqdi.

📌 Dilbandlarimiz ijodini yoritib berganliklari uchun "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi tahririyatiga va ijod makrabimiz oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyazovaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va yanada baland ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Xushxabar
#OAV_va_biz

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari va o'quvchimizning ijod namunalari Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan adabiy-badiiy nashr hisoblangan "Ezgu so‘z" gazetasida "Ogahiy ijod maktabi sahifamiz mehmoni" rukni ostida to‘la sahifada 2023-yil 6-dekabr sonida

maktabning psixologi Maqsuda Atajonovaning
"Kasbiy rivojlanish" nomli maqolasi
maktabning hamshirasi Oyshajon Masharipovaning "Salomatlik umr foydasi" nomli maqolasi
maktabning tarbiyachi-pedagogi Zaripova Chinnigulning "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" nomli maqolasi
maktabning tarbiyachi-pedagogi Xorun Musoning "Ogahiy izdoshlari" nomli maqolasi
maktabning 8-"A" sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Niginaning "Bag‘ishlov" nomli she'ri chop qilindi.


👏 Ogahiy jamoamiz nomidan gazeta sahifasida yoritilgan barchani samimiy tabriklaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#XUSHXABAR
#17_DEKABR_OGAHIY_TAVALLUD_TOPGAN_KUN
#IJOD_MAKTABIMIZ_ENDILIKDA
#XIVA_TONGI_GAZETASIDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilarining ijod namunalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayram kunida Xiva shahar va Xiva tuman hokimliklari muassisligidagi vohamizning otaxon nashrlaridan biri "XIVA TONGI" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:12 sonida to'liq bir sahifada bosilib chiqdi.

📌 Ustozlar va dilbandlarimiz ijodini yoritib berganliklari uchun "XIVA TONGI " gazetasi tahririyatiga va ijod makrabimiz "Navnihol" to'garagi rahbari, istiqbolli yozuvchi va shoir Jumanazar Yo'ldoshga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va yanada baland ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔰Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi “Ziyolilar School” almanaxi kitobi uchun saralab olindi.


⚡️Eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor o'quvchi sifatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Yangiboyeva Nurhayot ham e'tirof etildi.

🌟Navbatdagi g'alaba bilan jamoamizni, dilbandimiz Nurhayotni shodiyona qutlaymiz!!!

Ota-onangga rahmat, Nurhayot!!!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#OAV_biz_haqimizda

🧾O'zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi muassisligidagi "XORAZM HAQIQATI" gazetasining  2024-yil 3-fevraldagi 5-sonida Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayevning "BEBAHO IJODIY MEROS" sarlavhasi ostidagi maqolasi chop etildi.


🔰 Maqolada buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy tadbirlar haqida so'z yuritiladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Nurhayot_AQSHda_òqiydi

📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o‘quvchisi

Nurhayot Yangiboyeva AQSh elchixonasining FLEXKelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100% lik TA'LIM GRANTIni qo‘lga kiritdi.

📆 Endi u 2024-2025 o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi va u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

⚡️ Nurhayotning kelgusi ishlari va  o‘qishlarida omadlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Xushxabar
#Tabriklaymiz
#Bogʼot_IM

🇺🇿Xorazm yoshlari xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, Xorazm jamoasi Turkmaniston davlatining Arkadag' shahrida turkman shoiri Mahtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda.

✔️Bugun mazkur olimpiadaning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada yakinlariga ko‘ra, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

🥇 Egamberdiyev Maqsadbek oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🤝Maqsadbekning keyingi o‘qishlariga ham zafarlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Xushxabar
#Tabriklaymiz
#Yangiariq_IM

🇺🇿Yana bir bronza medali Turkmanistondan Xorazmga qarab yo‘l oldi

Xabaringiz bor, Xorazm jamoasi Turkmaniston davlatining Arkadag' shahrida turkman shoiri Mahtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda.

✔️Bugun mazkur olimpiadaning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada yakinlariga ko‘ra, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

🥉 Tairov Tohirjon bronza medalni qo‘lga kiritdi.

🤝Tohirjonning keyingi o‘qishlariga ham zafarlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi, XORAZM viloyati bo‘yicha ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 6 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

1⃣. Ogahiy nomidagi ijod maktabi viloyat miqyosida birinchi oʻrinda – 145,53 ball;

2⃣. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida ikkinchi oʻrinda – 143,81 ball;

3⃣. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida uchinchi oʻrinda – 136,46 ball;

4⃣. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi viloyat miqyosida to‘rtinchi oʻrinda – 133,04 ball;

5⃣. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi viloyat miqyosida beshinchi oʻrinda – 127,91 ball;

6⃣. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida oltinchi oʻrinda – 123,25 ball;

🌐 Batafsil koʻrish uchun

🌐 Telegram | Facebook
#xushxabar
#qutlaymiz

⚡️ OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATIDAN JOY OLDI

Kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablar natijalari yangilandi. Unga ko'ra Xorazm viloyatidan

Ogahiy nomidagi ijod maktabi joriy yil bitiruvchilarining or'tacha ballari bo'yicha 149,47 ball bilan Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

⚡️Ushbu natija bilan Ogahiy ijod maktabining jonkuyar barcha ustoz-pedagoglar jamoasini, o'quvchi yoshlarini tabriklaymiz. Muvaffaqiyatlar bardavom bo'lsin.


🌐 Batafsil koʻrish uchun

🌐
Telegram | Facebook
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI BO'YICHA NATIJALAR YANGILANDI

XORAZM viloyati bo‘yicha ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 6 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

1️⃣. Ogahiy nomidagi ijod maktabi viloyat miqyosida birinchi oʻrinda – 149,47 ball;

2️⃣. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida ikkinchi oʻrinda – 143,81 ball;

4️⃣. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida to‘rtinchi oʻrinda – 138,04 ball;

5️⃣. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi viloyat miqyosida beshinchi oʻrinda – 133,96 ball;

6️⃣. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi viloyat miqyosida oltinchi oʻrinda – 127,91 ball;

8️⃣. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati viloyat miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 123,25 ball;

🌐 Batafsil koʻrish uchun

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Xushxabar

📚Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o'qituvchilari Jamshidbek Alimov va Ollonazar Po'latovlar SAT sertifikatini qo'lga kiritdilar.

J.Alimov - jami1050 ball (Reading and writing bo'limi 290 ball, Math bo'limi 760 ball)
O'.Po'latov - jami 1020 ball (Reading and writing bo'limi 310 ball, Math bo'limi 710 ball)

👏 Ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Bundanda yaxshi natijalarga o'quvchilari bilan birga erishishlarini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Yangi yil bayrami munosabati bilan eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasalari taqdirlanadi


Ma'lumki, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan respublikamizdagi barcha ta'lim muassasalarini Yangi yil bayrami munosabati bilan bayramona bezatish haqida rasmiy ko'rsatma berildi.

Xalq ta'limi Info tahririyati eng namunali bezatilgan ta'lim muassasasi jamoasini Yangi yil bayrami munosabati bilan rag'batlantiradi.

Ushbu tanlovda umumiy o'rta ta'lim maktablari o'z jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari juda ham oddiy. Buning uchun ta'lim muassasasining har bir xodimi @pedagog_jamoa_bot'dan ro'yxatdan o'tib, ta'lim muassasasi hovlisi, binosi, yo'laklar yoki sinf xonalari suratini yuborib, surat ostida bayram tabrigi yozib qoldirishi lozim.

Go'libni aniqlash uchun bizga yetib kelgan eng yaxshi surat va bayram tabriklari saralab chiqiladi. Eng namunali surat va bayram tabriklari yuborgan ta'lim muassasasi ijodiy ishlari orasidan eng munosiblari ajratib olinadi. Shundan so'ng, ular orasidan 1-, 2- va 3-o'rin uchun nomzodlar random dasturi orqali aniqlanadi.

💰Tanlovda 1-, 2- va 3-o'rinni qo'lga kiritgan ta'lim muassasalari pul mukofoti yoki esdalik sovg'alar hamda xalqtaliminfo.uz tahriryati tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.

❗️Unutmang, tanlovda ta'lim muassasasining barcha xodimlari ishtirok etishi g'olib bo'lish imkoniyatini yanada oshiradi.

Eslatib o‘tamiz: Tanlov 2024-yil 31-dekabr, soat 22:00 ga qadar davom etadi. Tanlov g'oliblari Yangi yil bayrami kuni soat 23:00 da e'lon qilinadi.

➡️Tanlov haqida batafsil

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
➡️@pedagog_jamoa_bot
➡️@pedagog_jamoa_bot

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM