XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.55K subscribers
24K photos
1.62K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr

📣📣📣📣📣

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.

❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.


🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qoʼshkoʼpir_IM
#Ixtirochilikka_qadam

⚡️Bugun Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida ta'lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi "Ixtirochilikka qadam" tanlovi bo'lib o'tdi.

🔰"Ixtirochilikka qadam" tanlovi doirasida maktab o'quvchilari tomonidan 20 dan ortiq loyihalar va takliflar ilgari surilib muhokama qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥1
#Ixtirochilikka_qadam
#Xiva_shahar_1_son_IMI

⚒️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 5-11-sinflar o'rtasida "Ixtirochilikka bir qadam" tanlovi o'tkazildi. O'quvchilar 3 ta loyiha bo'yicha qatnashashdi va bu hakamlar tomonidan shaffof baholandi.

Natijalar bilan tanishing:
🥇-o'rin. AI Teacher - 85 ball (8-sinflar)
🥈-o'rin. Zamonaviy turar joy - 56 ball (7-sinflar)
🥉-o'rin. Shahar maketi - 56 ball (6-sinflar)

⚡️ Ushbu tanlovdan asosiy maqsad, o'quvchi-yoshlarimizda ixtirochilikka qiziqishni yanada oshirish va yaratuvchanlik qobilyatini shakllantirishdan iborat.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Ixtirochilikka_qadam

⚡️Bugun Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida ta'lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi "Ixtirochilikka qadam" tanlovi bo'lib o'tdi.

📍Tanlovi doirasida maktab o'quvchilari tomonidan turli loyihalar taqdim qilindi. Ishlar hakamlar tomonidan ko'rib chiqildi va baholandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Ixtirochilikka_qadam

25-oktabr kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "IXTIROCHILIKKA QADAM" tanlovining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovning maqsadi maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, yangi g'oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish hamda innovatsion faolligini oshirish va

📚 ta’lim,
💻 axborot texnologiyalari,
🔋 yashil energiya,
🌱 ekologiya,
🌏 iqlim o‘zgarishi
🌾 qishloq xo‘jaligi
yo‘nalishlarida innovatsion go'yalarini shakllantirishga qaratilgan.


🌐 Telegram | Facebook
👍4🔥1
#Xonqa_IM
#Ixtirochilikka_qadam

▫️Bugun, 26-oktabr kuni Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida e'lon qilingan "Ixtirochilikka qadam" tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.

✔️ Tanlovda 3 ta guruh va bitta yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘z ixtirolari loyihasini taqdimot qilishdi.

🛠Hakamlar hay'atining yakuniy xulosaga ko‘ra yakka tartibda loyiha yaratgan 10-sinf o‘quvchisi Azamat Ayitboyevning "Aqlli issiqxona" loyihasi tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI

🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.

📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.

❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Ixtirochilikka_qadam
#Xorazm

XORAZMDA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

🔹Iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.


Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tanlovda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

⚡️Tanlov 2 kun davom etadi, unda 45 nafar yosh ixtirochilarning ishtiroki rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Ixtirochilikka_qadam
#Xorazm

Ixtirochilikka qadam” tanlovining  XORAZM VILOYAT BOSQICHIdan fotolavhalar.

Jarayonlar ertaga,  1-mart kuni ham davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3