XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Cambridge_munosabati

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi haqida turli xabarlar yuzasidan Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining RASMIY MUNOSABATI:

🌐 https://www.cambridge.org/partnership/cambridge-helps-deliver-admissions-testing-for-presidential-schools-in-the-republic-of-uzbekistan

🗣Eslatib o‘tamiz, ushbu xabarning asossiz ekanligi haqida oldinroq Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King RASMIY MUNOSABAT bildirgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, keng koʻlamli ishlar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkilotining maxsus vakili Darren Perrett Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🗣Hamkorlik doirasida Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy
treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube