XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Xalq_donoligi
#Jarayon

🔰Oktabr oyining 27-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "Xalq donoligi" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni  tarbiyachi-pedagoglar Ibodullayev Shohruh va Xaitboyeva Tamara boshqarib bordi.


📖 Bellashuvda 8 - sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalar xalq og‘zaki ijodi durdonalariga asoslangan 4 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Maqolni davom ettiring", "Tez aytish", "Topishmoq" va "Meni top!" shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Murosasiz kechgan bahsda jamoalar o‘z bilimlarini namoyon qila oldilar. Bellashuv yakunida maktab direktori Sarvar Abdullayev o‘quvchilarga zafarlar tilab, keyingi bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda barchaga omad tiladi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Lider_oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Xorazm
#jarayon

📝 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan matematika va kimyo fanlari o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning Xorazm viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlar Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilindi. Unda jami 62 nafar pedagoglar ishtirok qilmoqda.

♻️Olimpiadaning tashkil etilishidan ko'zlangan maqsad: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan matematika va kimyo fani o'qituvchilarining mahorati va bilim darajasini oshirish, ularning o'z iqtidorini namoyon etishlariga ko'maklashish hamda  istiqboldagi kasbiy faoliyatlarini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

📍Ma'lumot uchun,ushbu bosqich gʻoliblari 2024-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

💯 Olimpiadada ishtirok qilayotgan barcha ustozlarimizga omad tilab qolamiz.

🌐Telegram | Facebook
#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

📆 Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jarayon
#robocoding

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

🔺 Xorazm viloyatidagi jarayonlar Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda. Unda jami 22 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.

📸 Jarayondan fotoreportaj

🚀 Jamoalarga omad tilab qolamiz!

🌐Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#robocoding

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida o‘tkazilgan Robo-kodlash olimpiadasining Xorazm viloyati hududiy bosqichidan videolavhalar.

🌐Telegram | Facebook
#Jarayon

📍
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Baholash va monitoring qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mansur Karimov va Xorazm viloyati MMTB sho'ba mudiri Yulduz Atadjanovalar bugungi ChSB jarayonlarini kuzatish maqsadida

▪️
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati,
▪️Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi,
▪️Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va
▪️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabarda bo'lishdi.

✔️Ushbu muassasalarda tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishib, o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar, o'quvchi yoshlar bilan suhbatlar ham olib borildi.

🌐
Telegram | Facebook
#live
#Jarayon

🔴 Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining baholash (choraklik summativ baholash) dasturi mamlakatimizdagi 500 ta umumta’lim maktabiga tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan.

❗️Bugun viloyatimizdagi 29 ta maktablarda joriy o‘quv yilining ikkinchi chorak yakuniy CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#jarayon

📶 "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.

Har ikkala olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari 6-yanvar kuni boʻladigan taqdirlash marosimida diplom, sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

#Robo_Coding #Lider_oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jarayon
❇️XORAZMDA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Bugun, 26-aprel kuni Urganch tumanidagi 29-son maktabda vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichiga start berildi.

🔹Unda dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 57 nafar (shundan 15 nafari Agentlik tizimida faoliyat olib borayorgan ustozlar) da’vogar pedagoglar ishtirok etmoqda.

🔹Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkazilib, natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Jarayon
#Shovot_IMI

📍
16-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassisi F.Tuychiyev va Xorazm viloyati MMTB sho'ba mudiri Y.Atadjanovalar ChSB jarayonlarini kuzatish maqsadida

▪️
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lishdi.

✔️Ushbu muassasada tashkil etilgan maktab muzeyi, ta'lim-tarbiya jarayonlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishib, o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.

⚙️
Fayyozbek Tuychiyev "Robototexnika" to'garagi ishlarini kuzatib, o'quvchilar bilan suhbat ham olib bordi.

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

25-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o'quvchilari uchun Farmasevtika texnik universitetining professor-o'qituvchilari bilan Zoom platformasi orqali onlayn suhbat tashkil etildi.

⚡️Unda Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanga qiziquvchi o'quvchilari ham ishtirok etdilar.

☑️ Universitet rektori Jumanov Abdumalik va shu ta'lim dargohining professori Yang -ILL Lee o'quvchi yoshlarga universitetning qabul kvotalari, sharoitlari, talabalarga beriladigan imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Suhbat davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#jarayon

Kecha Urganch shahar 1-son ixtososlashtirilgan maktab-internatida pedagog xodimlar tomonidan “Tozalik kuni” o’tkazildi.

📍Barcha ustozlar ushbu loyihada sidqidildan faol qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Jarayon
#Xiva_shahar_1_son_IMI

📌 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga germaniyalik mehmon Marcel tashrif buyurdi.

♻️ U maktab-internatning ingliz tili fani o'qituvchisi Bekzod Sadullayev bilan Xitoyda birga ta'lim olgan kursdoshi bo'lib, uchrashuv davomida 8-B va 9-A sinfi bilan qiziqarli suhbatlar olib bordi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#jarayon

Bugun Xiva Prezident maktabida semestr yakuniy imtihonlari boshlandi.

❗️O‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan ushbu imtihonlar maktab hayotidagi muhim bosqichlardan biridir.

🌐 Telegram | Facebook