Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
17-may – O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun.
Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan.
U o‘zbek she’riyatiga samimiy insoniy tuyg‘u va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o‘zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib kelgan.
Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sog‘lom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi mo‘jizaviy kuchdir.
Halima Xudoyberdiyeva 2018-yil 71 yoshida vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube