XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.2K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tadbir

YURT ARDOG'IDAGI FARZAND

🔰
Ma'naviy-ma'rifiy, sport tadbirlarini o'tkazish Respublika reja-jadvaliga muvofiq, joriy yilning 26-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida Ozod Sharafiddinov va Zulfiya tavallud kunlari munosabati bilan "Yurt ardog'idagi farzand" nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirni maktab direktori Sarvar Abdullayev va Respublika Ma"naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo'limi rahbari Leninza Atajanovalar ochib berdilar. Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi, f.f.n Madina Matyoqubova Ozod Sharafiddinov hayoti va faoliyati, oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hafiza Karimova Zulfiya hayoti va ijodi bo'yicha gapirib berdilar.

💭 Suhbat dilbar mushoiraga ulanib ketdi va o'quvchilar Zulfiya va o'z ijodlaridan namunalar o'qidilar.

📚Yakunda Xiva shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitoblar taqdimotini o'tkazdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Tadbir
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi

🌱Bugun fasllar kelinchagi bo'lmish bahorning ilk kuni.

🌷Urganch shahar 1-son iIMIda vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.

🌷Yangiariq tuman IMning rus tili fani o'qituvchilari ertalabdan "Здравствуй, Весна" nomli tadbir tashkillashtirishdi.

🌷1-mart sevimli shoira Zulfiya hamda o‘zbek adabiyotshunos olimi Ozod Sharafiddinov tavalludi munosabati bilan Xonqa tumani IMda badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.

🌷Xiva shahar 2-son IMda Dilorom Matkarimova boshchiligida "Baxtim shul, o'zbekning Zulfiyasiman" nomli adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi.

🌷Bog‘ot tuman IMda Zulfiyaxonim tavalludining 109-yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🍀 Kirib kelgan bahor fasli har bir xonadonga baxt, omad, quvonch keltirsin!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tadbir
#Xotin_qizlarni_eʻzozlash_haftaligi

OGAHIY IJOD MAKTABIDA "8 MALAK" KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

🗓 Joriy yilning 6-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 8- mart -" Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabatni bilan "8 MALAK"
ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

👩🏻‍🦱 Bayramona shukuhda o‘tgan ko‘rik-tanlov iqtidorli qizlarning yangi qirralarini kashf qilishga zamin yaratib berdi.

📱
Jarayonidan tayyorlangan rolikni tomosha qilishingiz mumkin.

🌐
Telegram | Facebook
#Tadbir
#Tuproqqalʻa_IM

🙎🏻‍♀️
Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida texnologiya fani o'qituvchisi Jo'rayeva Nasiba tomonidan 7-Blue sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Orasta qiz-oila ko'rki" mavzusida kichik tadbir tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#Tadbir

🇺🇿 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1999-yil 30-mart kuni Sarimoy voqealarida bir guruh terroristik jinoyatchilarni qo'lga olishda qahramonlarcha halok bo'lgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Erik Gayazov xotirasiga bag'ishlangan "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri bo'lib o'tdi.

▪️Tadbirni  Hazorasp tuman hokimi Z.Abdirimov ochib berdi. O'tkazilgan tadbirda mahalla faollari, keksa nuroniylar va maktab o'quvchilari qatnashdilar.
So'zga chiqqanlar Davlat xavfsizlik xizmati hodimi marhum Erik Gayazov va uning qahramonliklari borasida gapirib o'tdilar.


💐Tadbir davomida ishtirokchilar Erik Gayazov byustiga gulchambarlar qo'yilib hurmat bajo keltirildi. O'tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlar ongida ona Vatanga bo'lgan muhabbatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tadbir
#Xiva_shahar_1_son_IMI

💫 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "The earth day" (Yer kuni) munosabati bilan maxsus ingliz tili tadbiri o'tkazildi.

⚡️ Tadbirda har bir sinf ishtirok etib, bir biridan qiziqarli sahna ko'rinishlari, savol-javob viktorinalari uyushtirib, raqsga tushishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#tadbir

☀️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi maktablarda “Jasorat millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida o'tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy TADBIRLAR dayjesti:

Xiva Prezident maktabida urush va mehnat faxriylari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Ogahiy ijod maktabidagi tadbirda teatrlashtirilgan ko‘rinishlar va "Bir haykal tarixi" nomli videorolik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Yangibozor tumani IMIda o'tkjazilgan "Inson-aziz, xotira-muqaddas" mavzusidagi tadbirda teatr gruppasi sahna ko'rinishlari bilan qatnashdi.

Xonqa tumani IMda Ikkinchi jahon urushida qatnashgan tumandagi urush qatnashchilari yodga olindi.

Shovot tuman IMIda o'tkazilgan tadbirda ushbu dargohda uzoq yillar faoliyat ko'rsatib, hayotdan ko'z yumgan ulug' ustozlar haqida ma'lumotlar berildi.

Xiva shahar 1-son IMIda "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Hazorasp tuman IMda tarixni, ajdodlarni xotirlash maqsadida tadbir o'tkazildi.

🌐 Telegram|Facebook
#YANGIBOZOR_IMI
#TADBIR

🌴Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati yotoqxonasida
tadbir bo'lib o'tdi.

O'quvchilar tomonidan raqslar namoyish etildi. Arqon tortish, armrestling, shaxmat musobaqalari o'tkazilldi.

🌐 Telegram | Facebook
#tadbir

Ixtisoslashririlgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda "Harakat xavfsizligi oyligi" doirasida targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Jumladan,

🚸 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
viloyat IIB bilan hamkorlikda "Diqqat, bolalar!" targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Targ'ibot tadbirida maktab-internatining 10-11-sinf o'quvchilari qatnashdilar.

🚸 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-11-sinflarida yo‘l harakati qoidalari targ‘iboti o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati IIB JXX YHXB xodimi Ruslan Matyoqubov ishtirok qildi.

🚸 Ogahiy nomidagi ijod maktabida Xorazm viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yo'l qoidasi - umr foydasi" mavzusida targ'ibot va tashviqot ishlari o'tkazildi.

🚷 O'quvchilarga yo'l belgilari, yo'llarni kesib o'tish qoidalari,  piyodalar harakati, bolalar bilan bog'liq bo'lgan yo'l hodisalarni oldini olish bo'yicha ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tadbir
#Xonqa_IM

🎵Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "May - ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi" hamda "Besh tashabbus" tadbirlari doirasida maktabning musiqa fani o‘qituvchisi Hamdambek Rahimov rahbarligidagi musiqa yo‘nalishidagi to‘garak a'zolari tomonidan "San'atning bebaho durdonalari" nomli badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.

🪕Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-7-sinflari hamda 10-sinf o‘quvchilari tomonidan milliy qo‘shiqchiligimiz durdonalaridan "Aliqambar", "Tanovor", "Lazgi" kuy va qo‘shiqlari, "Go‘ro‘g‘li" turkum dostonlaridan "Avazxon" dostoni ijro qilindi. Shuningdek, o‘quvchi qizlar tomonidan dutor kuylari va milliy raqslar, xalq folklor qo‘shiqlaridan laparlar ijro qilindi.

🎤 Tadbirni 10-D sinf o‘quvchisi Sevinchoy Qilicheva olib bordi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#Tadbir

📹Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan "Al-KHOREZMI SPEAKERS'CLUB MEETING -10" tadbirini tomosha qiling.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Tadbir

🍀 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida biologiya fani o'qituvchisi Bekchanova Muazzam rahbarligida "22-may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni"ga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbir o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#tadbir
#halollik

"O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI" O‘N KUNLIGI O‘TKAZILMOQDA

⚪️ Urganch shahar 1-son IMI
da 16-oktabr kuni maktab psixologi L.Atajanova mavzu doirasida o’quvchilarni kutib olish tadbirini tashkil qildi.
17-oktabr kuni 9-03 sinf o’quvchilari bilan "Kaft alifbosi", "Kaft metodi" treninglarini o’tkazdi.

⚪️ Ogahiy ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglar boshchiligida oktabr oyining 16-sanasida 10-11-sinf o'quvchilari bilan "Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta'siri" mavzusida ochiq dars mashg'uloti, 7-8-9-sinf o‘quvchilari uchun esa "Halollik qadriyatlari" mavzusda ochiq dars mashg‘ulotlari o'tkazildi. Mashg‘ulotda o‘quvchilar donolar bisotidan halollik haqida turli hikmatlar, rivoyatlardan misollar keltirdilar.

⚪️ Bog'ot tuman IMda tarix fani o'qituvchisi J.Jumaniyazov mavzuga oid ochiq darslar tashkillashtirdi. B.Gapporova tomonidan 9-sinf o'quvchilariga "Halollik qadriyatlari haqida suhbat" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#tadbir
#halollik

"O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI" O‘N KUNLIGI DAVOM ETMOQDA

🔺Yangibozor tumani IMIda 10-11 sinf o‘quvchilari uchun “Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta’siri”, 5-9 sinf o‘quvchilari uchun “Halollik qadriyatlari haqida suhbat” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, maktab psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan 11-sinf oʻquvchilari bilan "Halollik va axloqni kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.

🔺Xonqa tumani IMning 10-sinf o‘quvchilari bilan "Halol fuqaro - faol fuqaro" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

🔺Xiva shahar 2-son IMda "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunligi doirasida insholar tanlovi o'tkazildi.

🔺Yangiariq tuman IM o'quvchilari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yurtim_bayrogʻi
#Tadbir
#Shovot_IMI

🇺🇿 MILLAT BAYROG'I

📹 O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Millat bayrog'i" shiori ostida o'tkazilgan tadbirdan videolavha

🌐 Telegram | Facebook