XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#seminar_trening

⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari uchun Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida tashkil qilingan seminarda qatnashib kelgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari H.Karimova va Z.Atayevalar tomonidan o‘quv-trening tashkil etildi.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning yangi modeli tanishtirildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda ingliz tili ustozlari uchun "Chempion maktablar" loyihasi doirasida kasbiy rivojlanish seminar-treningi o‘tkazildi.

Unda ingliz tili o‘qituvchilarga malaka oshirishning yangi modeli tanishtirildi. Mazkur model asosida ustozlar o‘z maktablaridagi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishlari uchun mas'ul bo‘lishadi.

❗️Bunda endi o‘qituvchilar malaka oshirish institutlarida emas, o‘quv dargohining o‘zida o‘z ustlarida ishlashlari mumkin. Maktab direktorlari esa mazkur jarayonda ustozlarga yordam berishadi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/y3/news/1301

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Psixologik_faoliyat

▪️ 24-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning psixologlari uchun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Psixolog Yulduz Vapayeva tomonidan “Xotirani rivojlantiruvchi usullar” mavzusidagi trening mashg‘ulot tashkil qilindi.

Ushbu seminarda:
"4 belgi",
"Shul’te jadvali",
"DOODLE uslubida rasm chizish",
“Gugurt cho‘plari”,
“Qo‘l harakatlarini o‘zgartirish”,
“Assotsiatsiya” mashqlari o'tkazildi.

✔️ Qatnashchilar o'zlari uchun kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

📝 Seminar davomida:
Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Seminar_trening

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning yangi modeli

Bugun Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda loyiha ishtirokchilari bo'lgan maktab direktorlari va ingliz tili ustozlari uchun "Chempion maktablar" loyihasi doirasida kasbiy rivojlanishning seminar-treningi boshlanmoqda.

Unda ingliz tili o‘qituvchilarga malaka oshirishning yangi modeli haqida ma'lumotlar beriladi. Mazkur model asosida ustozlar o‘z maktablaridagi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishlari uchun mas'ul bo‘lishadi.

❗️Bunda endi o‘qituvchilar malaka oshirish institutlarida emas, o‘quv dargohining o‘zida o‘z ustlarida ishlashlari mumkin bo'ladi. Maktab direktorlari esa mazkur jarayonda ustozlarga yordam berishadi.

Jarayondan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim qilamiz.


❇️ Bizni telegram kanalida kuzatib borishda davom eting
.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#òqitishning_yangi_shakllari
#seminar_trening

🔰2024-yil 4-yanvar kuni Ogahiy ijod maktabi o'qituvchilari ishtirokida
seminar tashkillandi.

🔴Unda oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish, hamkorlikda ishlash, qissadan hissa chiqara olish koʻnikmalarini rivojlantirish, tahlil qila olish va ilmiy asarlar bilan muqoyasa qilish tajribalarini shakllantirishda oʻqitishning turli shakllarini qoʻllash maqsadga muvofiqligi;

🟠xususan, adabiyot fanini oʻqitishda darsning maqsadidan kelib chiqib konferensiya(anjuman), seminar, sharh, ssenariyli, nazm va navo, muammoli oʻqitish turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.

Treningda qatnashgan ustozlar turli shakldagi darslarni tashkil qilish zarurligi, ayniqsa ijod maktabi oʻquvchilari odam va olam, tabiat haqidagi bilimlarini, qarashlarini ilm-fan, badiiy adabiyot va fanlararo bogʻlanish, isteʼdod masalalarini omuxtalash zaruriyati haqida fikrlar bildirishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#seminar_trening
#psixologik_faoliyat

⚡️ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan psixologlar ishtirokida

"Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish" mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

▫️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan ushbu treningni maktab psixologi Hilola Jumaboyeva olib bordi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar_trening
#Shovot_IMI

🏫 27-mart kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchilarga ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan seminar trening o'tkazildi.

Ushbu treningdan maqsad: o'qituvchilarni ingliz tilida gapirish qobiliyatini rivojlantirish.

🌐 Telegram | Facebook
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening

15-avgust kuni Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xorazm viloyati "Direktorlar kengashi" tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i, respublika "Direktorlar kengashi" koordinatori Xusanov Xasanxon Xusanovich boshchiligida o'quv seminar o'tkazildi.

🔘 Menejerlik sertifikatiga ega, amalda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida direktor lavozimida ishlayotgan kadrlar va shu maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari bilan "Zamonaviy ta'limda zamonaviy direktorlar" mavzusida o'tkazilgan ushbu treningda shaxsiy tartib va intizom, professionallik, vatanparvarlik, milliy zehniyat, ta'lim va tarbiya, xalqaro baholash dasturlari hamda kadrlar salohiyatini rivojlantrish va tizimli ish tashkil qilish mavzulari yuzasidan fikrlar almashildi.

🌐 Telegram | Facebook