XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʼa_IM

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-Green sinf o'quvchisi

Matniyozov Javoxirning xalqaro IELTS sertifikatidan 6.5 ballni qo'lga kiritgani haqida avvalroq xabar qilgan edik.

🏆O'quvchimizning bu galgi yutuqlari uning ustozlari va ota-onasini xushnud qilishi shubhasiz, chunki Javohir xalqaro universitetlarga hujjat topshirib, allaqachon ulardan qabul qilinganligi to'g'risida xatlarni qabul qilishni boshladi.

Jumladan:

🏫  Colorado State University ( AQSH)
🏫  NEW YORK UNIVERSITY, Shanghai (Xitoy) Dunyo universitetlari orasida top 38-o'rinda🔥🔥🔥
🏫  University of Greenwich ( Buyuk Britaniya)
🏫  University of Arizona (AQSH)
🏫  Missouri S&T University  (AQSH)
🏫  East London University (Buyuk Britaniya)
🏫  Roanoke College    (AQSH)
🏫  Temple University  (AQSH)


📊 Qabul xatlari kelishda davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangi_yil_bayrami_2024
#Tuproqqalʼa_IM

Tuproqqal‘a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan Yangi yil bayram tadbiridan lavhalar.


Tadbirda maktabning a‘lochi va jamoatchi o‘quvchilarning bayramona chiqishlari, kuy va qo‘shiqlar barchani xushnud etdi. Yutuqlarga erishgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.

🎄 Yangi 2024-yil barchaga baxt va omad olib kelsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Tuproqqalʼa_IM
#Tabriklaymiz
#Vatanparvarlik_oyligi

2024-yil 6-yanvar kuni Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan “Jaloliddin izdoshlari – vatanimiz posbonlari” mavzusida fizika va matematika fanlaridan Xorazm viloyati miqyosida  fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Unda  jami 339 nafar ishtirokchi ishtirok qildi. Ikki bosqichda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra matematika fanidan 

🏆Tuproqqal'a tumani Tuproqqal'a IM o‘quvchisi Eshchonov Hamidjon Arslonbek o'g'li 🥇-o‘rinni egalladi.

🎁Olimpiada g‘oliblari litsey direktori polkovnik I.Saidov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Tuproqqalʼa_IM
#musobaqa

🏢Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlangan harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.

🏆Musobaqada 10-A, 10-B sinf o‘quvchilari, jumladan, "Vatan tayanchi otryadi" a'zolari tarkibidan tuzilgan jamoalar kuch sinashdilar  va 10-B sinf o‘quvchilari jamoasi g‘oliblikka erishib, maktab direktori ko‘chma kubogini qo‘lga kiritishdi.

💠 Harbiy-sport tadbirida tuman hokimligi vakillari, 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari serjant A.Safarov, serjant S.Xaitov, maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari H.Gapurov, MMIBDO‘ M.Kenjayev, VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik X. Eshchonov hamda o‘qituvchi ustozlar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi
#Tuproqqalʼa_IM

👨‍✈️ 2024-yil 17-yanvar kuni Tuproqqal'a tumani    Ixtisoslashtirilgan maktabida10-, 11-sinf o‘quvchilari bilan "Ofitserlik-sharafli kasb" shiori ostida "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi va qoidalari" mavzusida oliy harbiy ta'lim muassasalari bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazildi.

VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik X.Eshchonov.

🌐 Telegram | Facebook
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Tuproqqalʼa_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida biologiya fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining maktab ichki bosqichi o'tkazildi.

🎁Olimpiadaning faol ishtirokchilari va faxrli 🥇🥈🥉 o'rin sohiblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Vatan_tayanchi_otryadi
#Tuproqqalʼa_IM

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2-martdagi PQ-150-sonli qaroriga asosan


🇺🇿 Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" otryadining a'zoligiga 2023-2024-o‘quv yilida qabul qilingan 14 nafar 10-sinf o‘quvchilar bilan "Tantanali va'da" berish tadbiri o‘tkazildi hamda ularga "Vatan tayanchi" otryadi ko‘krak nishonlari topshirildi.

Tadbirda:
- "Veteran" faxriy jangchilar va nogironlar birlashmasi Tuproqqal'a tumani bo‘linmasi raisi A. Otajonov boshchiligidagi bo‘linma a'zolari,
- 9203-harbiy qismdan serjant S. Xaitov va oddiy askarlar,
- tuman maktablari VRYoTBDO‘-HChT rahbarlari,
- Tuproqqal'a IM direktori L.Matyaqubova, 
- maktab psixologi S. Saparova va
- CHQBT rahbari rezervdagi podpolkovnik X. Eshchonovlar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Tuproqqalʼa_IM

OLDIN MATEMATIKA, KEYIN BOSHQASI...

🧮 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 3-chorak davomida MATEMATIKA fanidan:

6-Blue sinfda "Bir o‘zgaruvchili chiziqli tengsizliklarni yechish" mavzusida (o‘qituvchi: Ibodullayev Sherzod)

7-Green sinfda "Tenglama va uning ildizlari" mavzusida (o‘qituvchi: Matchanov Temurbek)

6-Green sinfda "Bir o‘zgaruvchili chiziqli tengsizliklarni yechish" mavzusida (o‘qituvchi: Xajixonova Kumush)

✖️10-Green sinfda "Trigonometrik eng sodda tenglamalar" mavzusida (o‘qituvchi: Qalandarov Davron)

8-Green sinfda "O‘tilgan mavzular bo‘yicha misol va masalalar yechish" mavzusida (o‘qituvchi: Matmurotov Izzatbek)

🟰 8-Green sinfda "Grafik tengsizliklarni yechishning grafik usuli" mavzusida (o‘qituvchi: Sapayev Doniyor)

o'tkazilgan ochiq darslardan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Tuproqqalʼa_IM
#Amalga_oshirilgan_ishlar

Formativ va summativ baholash tizimi 2023-2024-o'quv yilida Xorazm viloyatida 29 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida joriy qilina boshlandi.

✔️Jumladan, Tuproqqal'a tumanidagi 2 ta umumta'im o'rta maktabga Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan 6 nafar mas'ullari biriktirildi. Ular tomonidan joriy o‘quv yilining boshidanoq o‘quv seminarlari tashkil qilinib, ushbu tizim haqida aniq tushunchalar va ChSB jarayonlarida amaliy yordamlar berib borildi.

🎯 Ma'lumot uchun, "O‘zbekiston-2030"  strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini keng yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimini qo‘shimcha 1000 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joriy qilish, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60%gacha oshirish belgilangan.

🌐 Telegram | Facebook
#Tuproqqalʼa_IM
#Attestatsiya
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o'qituvchisi

▪️Matmuratov Izzatbek - attestatsiya jarayonida 90 ball to'plab kun rekordini o'rnatdi.

🌐 Telegram | Facebook