XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.92K subscribers
23.2K photos
1.58K videos
32 files
6.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Hamkorlik
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Xonqa_IM

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA "MEN O‘ZBEKISTONLIKMAN" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIRLAR O'TKAZILMOQDA

🕹Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent Davlat yuridik universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari "Men O‘zbekistonlikman" loyihasi doirasida targ’ibot tadbiri o’tkazdi. Loyiha doirasida 10- sinf o’quvchilari o’rtasida "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etildi.

🕹Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent Davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinida ixtisoslashtirilgan maktabining 6 ta jamoasi qatnashib o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuv viloyat va tuman Adliya bo‘limi vakillari tomonidan kuzatib borildi. Tadbirni Toshkent Davlat yuridik universiteti volontyor talabalari olib borishdi va baholashdi.

Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan I, II, III o‘rinni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🌐
Telegram | Facebook
#hamkorlik
#mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

May oyi davomida Ogahiy nomidagi ijod maktabida:

Urganch davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent Otaxonova Venera tomonidan Ahmad A'zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasida ilgari surilgan g‘oyalar mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. 02.05.2024

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva tomonidan "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida mahorat darsi olib borildi. 16.05.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Qosimjon Sodiqov va "Mumtoz filologiya va adabiy matnshunoslik" kafedrasi mudiri Rixsitilla Alimuhammedov tomonidan  "Qadimiy yozuvlar tarixi" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. 21.05.2024

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyi bilan imzolangan memorandum doirasida olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.

📍Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy maktabining o'quvchi yoshlari Prezident maktabidagi ta'lim jarayonlari va o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Sport zalida o'quvchilar o'rtasida voleybol o'yinlari o'tkazildi. Bundan tashqari, robototexnika to'garagi a'zolari o'zlarining loyihalarini taqdimot qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Xiva_Prezident_maktabi

🐎 Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari "Chavandozlik" sirlarini o'rganishdi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Bogʻot_IM
#Hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi Jamshidbek Atamurotov boshchiligida

▪️“Ma'mun universiteti”,

▪️“AT Aloqa bank Bogʻot kompleks xizmatlar koʻrsatish markazi” ,

▪️"Ipoteka bank Bog'ot filiali"

▪️"Bog'ot tuman Adliya bo'limi" o‘rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha MEMORANDUMlar imzolandi.

❗️Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, kelgusida o'quvchilarni ushbu muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

🌐 Telegram | Facebook
#Tuproqqalʻa_IM
#hamkorlik

Davlatimiz rahbarining o‘quvchilarni kasb-hunarga  yo‘naltirish masalasidagi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tumanda faoliyat ko'rsatayotgan idoralar, xizmat ko'rsatish korxonalar bilan memorandum imzolandi.

🏢Maktab maslahatchisi Ruzmat Matyakubov hamda maktab psixoligi Saboxat Saparova o'quvchilar bilan suhbatlashib ular qiziqqan sohalar bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.

⚡️ Tez kunlarda kasbga yo'naltirish bo‘yicha ekskursiyalar boshlanadi.


🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5212-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

📋 Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Xorazm viloyati bo’yicha Milliy Gvardiyasi boshqarmasi “Chavandozlar maktabi” bo’limi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🐎 Shuningdek, “Chavandozlar maktabi” to’garagi tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Jasmina Mangliboyeva chet el universitetlariga hujjat topshirish va bir qancha loyihalar haqida ma'ruza o‘tkazdi.

▪️TEDxKhivaPS,
▪️KPSMUN,
▪️Green boosters va
▪️IGNITE kabi loyihalarni taqdim etib, o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar va xalqaro maydonda o‘zlarini sinab ko‘rish yo‘llarini tushuntirdi.

Jasmina, shuningdek, yoshlarni o‘z maqsadlari sari intilishga va global loyihalarda ishtirok etishga chorladi. Ushbu tadbir o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlab, ularga kelajak sari yo‘l ochishda yordam berdi!

🌐 Telegram | Facebook
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik
#Hamkorlik
#Sport

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabida 16-noyabr kuni "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'rtasida "Unity Cup" turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu bellashuvda 8 ta maktab o'rtasida qizg'in bellashuvlar olib borildi. Turnirda futbol, stol tennisi, shaxmat, qizlar va o'gil bolalarning volleybol o'yinlari o'tkazildi.

🤝Do'stona uchrashuvda ustozlar va o'quvchilar nafaqat raqobatlashdilar, balki tajriba ham almashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#Hamkorlik

YANGIBOZOR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI O'QUVCHILARI "TENGDOSH TENGDOSHGA" LOYIHASIDA QATNASHMOQDALAR

Maktab-internat o'quvchilari tumandagi umumta'lim maktablariga borib, dars jarayonlarida ishtirok etishdi.

7-a sinf oʻquvchisi Ortiqova Charosxon 2-son umumta'lim maktabining dars jarayonlarida faollik ko'rsatdi.

🌐 Telegram | Facebook