XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.55K subscribers
24K photos
1.62K videos
33 files
7.19K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xonqa_IM
#Targʻibot

⚡️ Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 15-martdan 15-aprelgacha o‘tkazilayotgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" munosabati bilan Xonqa tuman FV bo‘limi Yong‘inga qarshi kurashish bo‘linmasi mutaxassislari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Tadbirda o‘quvchilarga tuman hududida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlar, shu holatda amalga oshiriladigan ishlar, harakatlar tartibi, favqulodda holatlarning oldini olish, hayot xavfsizligi qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

📍Tadbir so‘ngida o‘quvchilar mutaxassislar tomonidan namoyish qilingan favqulodda vaziyatlarda qo‘llanuvchi jihoz va vositalar, birlamchi o‘t o‘chirish moslamalari, zarur uskunalar bilan tanishib, mustaqil holda qo‘llab ko‘rish ko‘nikmasini olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👏1
#Xonqa_IM
#Muddatidan_oldin_talabalik

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-D sinf o‘quvchisi

💥 Muhammadova Saodatjon Mirza qizi - Toshkent xalqaro Farmatsevtika texnika universitetiga muddatidan oldin qabul qilindi.

✔️ Maʼlumot uchun, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika texnik universiteti tomonidan o‘tkazilgan "Hayot Fanlari Olimpiadasi"da eng yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar ushbu universitetda tahsil olish uchun GRANTLAR hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
11👍2🔥21🎉1
#Kun_qahramoni
#Xonqa_IM

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qitivchisi

Rajabova Guljaxon Matrzayevna -
Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) fani bo‘yicha 80 ball bilan kun qahramoni bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥2👏2
#Tayinlov
#Xonqa_IM

▫️ Erkinova Ullijon Qahramon qizi - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga Maktab maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Ullijon Erkinova tayinlovga qadar Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Maktab maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

U.Erkinovaga yangi jamoadagi ushbu masʼuliyatli vazifani bajarishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
👍12
#Xonqa_IM
#Kitobxonlik

📚Xonqa ixtisoslashtirilgan maktabining 5-A sinf o‘quvchilari Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida bo‘lishdi.

O'quvchilar 21-apreldan 27-aprelgacha "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayofgan V Respublika kitobxonlik haftaligi tadbirlarining ochilish marosimida qatnashishdi.

Tadbirlar dasturidan asarlar sharhi, kutubxona bo‘ylab sayohat, vohamiz ijodkorlari bilan uchrashuvlar, shoirlar Muhammad Yusuf va Erkin Samandar xotira kechalari, yangi kitoblar taqdimoti, sahnalashtirilgan asarlar tomoshalari, yangi kitoblar taqdimoti, "Zakovat" intellektual o‘yinlari, "Jadidlar milliy o‘zlik va istiqlol g‘oyalari asoschilari" mavzusida davra suhbati o‘rin olgan.


Tadbir davomida o‘quvchilar Markazning mo‘jazgina muzeyiga ham sayohat qilishdi.


🌐 Telegram | Facebook
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Xonqa_IM

E'LON!
‼️ Hurmatli ota-onalar va aziz o'quvchilar!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Sizlarni  2025-yil 26-aprel va 2-may kunlari soat  9:30 dan 14:00 gacha  bo'lib o'tadigan "Ochiq eshiklar kuni"ga  taklif etadi.

"Ochiq eshiklar kuni"da Sizni:
Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul jarayonlari haqida ma'lumot; 
Ixtisoslashtirilgan maktabdagi ixtisoslik fanlar va maktabda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;      
Qiziqarli laboratoriya mashg'ulotlari;
Aniq va tabiiy fanlar bo'yicha qilingan laboratoriya ishlari;
O'quvchilarning yutuqlari bilan tanishish;
Maktab binosi bo'ylab sayohat kutmoqda;


📍Manzil: Xonqa tumani, Sarapayon qishlog'i Istiqlol mahallasi, Mustaqillik ko'chasi 59-uy (Eski Iqtisod kolleji)

📞 Batafsil ma'lumot uchun: +998932802979

🌐 Telegram | Facebook
👏5
#Muhammad_Yusuf_71
#Bogʻot_IM
#Xonqa_IM

Betakror shoir Muhammad Yusuf tavalludining 71-yilligi munosabati bilan:


Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbirda o‘quvchilar shoirning hayot yo‘li, ish faoliyati, yaratgan asarlari haqida ma'lumotlar berib, go‘zal she'rlaridan namunalar ijro etdilar.

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 6-sinf o'quvchilari tasviriy san'at darsida "Muhammad Yusuf siymosi" mavzusida adibning portretini chizishdi, shuningdek, maktabda adabiy-maʼnaviy tadbir ham tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Xonqa_IM

💢 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ushbu dargohga qiziqish bildirgan o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.

✔️ Kelganlarga ekskursiya orqali maktab hududi tanishtirildi. Shuningdek, tajribali ustozlar tomonidan laboratoriya xonalari, muvaffaqiyatli o'quvchilar, maktabning yutuqlari haqida maʼlumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xonqa_IM
#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda | Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari faoliyati, bugungi kunda ushbu maktabda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayoni, erishilayotgan yuqori natijalar.
#xorazmMTRK

🌐 Telegram | Facebook
🔥1🙏1
#IELTS
#Xonqa_IM

🔖 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-B sinf o'quvchisi

O'ktamboyev Behruzbek Bahodir o'g'li -
ingliz tilini bilishni aniqlovchi xalqaro darajadagi IELTS sertifikatidan 7 ballni qo'lga kiritdi.

Natijalari quyidagicha:
❇️ Listening - 7
❇️ Reading - 6,5
❇️ Writing - 7
❇️ Speaking - 6, 5


🎉 O'quvchimizni, uning ota-onasi va ingliz tili fani ustozlarini chin dildan tabriklaymiz. Yutuqlar soni yana ko'payishi, kelajakda nufuzli oliygoh talabasi bo'lishiga tilakdoshmiz.

🌐 Telegram | Facebook
🔥6👍1