XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qoʻshkoʻpir_IM
#ikkinchi_xorijiy_til

▫️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2023-2024-o'quv yilidan boshlab ikkinchi xorijiy til sifatida 7-sinf o'quvchilariga FRANSUZ TILI o'rgatib kelinmoqda.

🇫🇷 Fransuz tili darslari 2007-yil Fransiya davlatining "Palma yaproqlari" ordeni va 2008-yil "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi, oliy toifali o'qituvchi Asqarova Muhabbat Ismoilovna tomonidan olib borilmoqda.

✔️Maktabda o'quvchilar fransuz tilini mukammal o'rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan va fransuz tili darsliklari bilan to'liq ta'minlangan.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚜️Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchisi RAHIMBERGANOVA MUSLIMAXONning yutuqlari bilan tanishing:

▪️SEAMO-2023 (Janubiy-Sharqiy Osiyo Matematika Olimpiadasi)da bronza medali sohibi.

▪️2022-2023-o'quv yilida STEM fanlari olimpiadasi hududiy bosqichida 3-o'rinni egalladi.

"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning:

▪️Tuproqqal'a tumani bosqichida 3-o'rin (3 mln)

▪️Hazorasp tumani bosqichida 2-o'rin (4 mln)

▪️Qo'shko'pir tumani bosqichida 1-o'rin (5 mln)

▪️Xiva tumani bosqichida 3-o'rin (3 mln)

▪️Shovot tumani bosqichida 3-o'rin (3 mln)

▪️Viloyat hokimi olimpiadasi final bosqichi- "HOKIM KUBOGI"da 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

▪️Matematika fanidan "Qizlar olimpiadasi"ning Respublika bosqichida 3-o'rinni egalladi.

2024-yil 6-yanvar kuni IMAS Xalqaro Matematika olimpiadasi dastlabki bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tib, finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Muslimaxonga final bosqichida ham omad tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#hashar
#Qoʻshkoʻpir_IM

🗓 Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab, shuningdek, Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  ham  “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Joriy yilning 19-mart kuni Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Urganch Davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti vakillari maktab pedagog-o'qituvchilari va bitiruvchi (abituriyent) o’quvchilar bilan uchrashuv o’tkazdilar.

📌
Uchrashuvda Kimyoviy taxnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kurambaev, Oziq-ovqat texnologiyasi kafedra mudiri B.Ibadullayev va katta o'qituvchi X.Jumaniyazovlar ishtirok etib, bitiruvchilarimizga Urganch Davlat universitetidagi mavshud shart-sharoitlar, qabul kvotalari, ta'lim jarayoni bilan bog'liq kerakli ma’lumotlar berib o’tildi.

Shuningdek, universitet vakillari tomonidan maktab o'qituvchilariga pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishga ko'maklashishga, yuqori sinf o'quvchilarining universitetga tashrif buyurib, amaliyot o'tashlarida hamkorlik memorandumlari imzolanishiga kelishib olindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z! deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktabning iqtidorli o'quvchilari o'z chiqishlari bilan barchani xursand qilib bayram kayfiyati ulashishdi.

🌺 Har kuningiz NAVRO'Z bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Kasbga_yònaltirish

📆 25-mart kuni Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va "International academy of business" MChJ (IT PARK) bilan hamkorlik MEMORANDUMi imzolandi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2024-yilning 30 mart kuni maktabning IT sohasiga qiziquvchi 10-11-sinf o'quvchilari tumanda yangi ish boshlagan IT PARK faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

📝 Amaliyot davomida WEB-DASTURLASH kursi mentori D.Matyaqubov IT PARKning asosiy maqsadi hamda bu yerda dasturlash yo‘nalishlarini o‘rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan kurslar:
- Offis Dasturlari (Kompyuter savodxonligi),
- Web Dasturlash,
- Dasturlash tillari yo'nalishi,
- Android Dasturlash,
- Arxitektura va Dizayn,
- IT English kurslari to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

📌Aynan IT sohasi bo'yicha OTMlarga o'qishga kirishni maqsad qilgan 10-11-sinf o'quvchilari uchun bu amaliy mashg'ulot alohida ahamiyat kasb etdi.

BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Amalga_oshirilgan_ishlar
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning formativ -summativ baholash tizimi joriy o'quv yili boshidan Qo'shko'pir tumanidagi 4-son, 7-son umumiy o'rta ta'lim maktablari va 4-son AFCHO'Mda tajriba-sinov tariqasida qo'llana boshlandi.

🎤 Yangi baholash tizimi va uning afzalliklari xususida umumta'im maktablar o'qituvchilari va o'quvchilari o'zlarining ijobiy fikrlarini bildirishmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
#Qoʻshkoʻpir_IM
#dars_jarayoni

⚡️Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Esamurotova Dildora tomonidan ochiq dars tashkil qilindi.

Ochiq dars Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlandi.

📌 Dars mashg'uloti 8-D sinfda bo'lib o'tdi va unda o'quvchilar faol ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#uchrashuv
#Qoʻshkoʻpir_IM

📆 Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi da "International academy of business" MChJ (IT PARK) boshqaruvchisi J.Qurbonboyev bilan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

📝Uchrashuv davomida IT park boshqaruvchisi J.Qurbonboyev o'quvchilarga IT PARKning asosiy maqsadi – o‘quvchi-yoshlarga yangi axborot texnologiyalari sohasida mustahkam va barqaror bilimlarni berishga qaratilganligini hamda bu yerda dasturlash yo‘nalishlarini o‘rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan zamonaviy kasblar to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

📌Aynan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar uchun bu uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Robototexnika

⚙️ Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi "ROBOTOTEXNIKA" to'garagi faoliyatidan videolavhalar

💡To'garak rahbari: J. Otamurotov

🪜 To'garak a'zolari SMART loyihalar ustida ish olib borishmoqda


🌐Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - "Xotira va qadrlash" kuniga bag'ishlab "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.

✔️ O'tkazilgan tanlovda 5-6-sinf o'quvchilari faol ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#psixologik_faoliyat
#Qoʻshkoʻpir_IM

Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Zubayda Asqarova tomonidan tashkil qilingan psixologik metodika va trening mashg'ulotlaridan lavhalar:

✴️ 5-11-sinflar o'rtasida "Siz bilgan maktabimiz pedagoglari" so'rovnomasi,
✴️ 5-sinflarda "Sonlar tilga kirganda",
✴️ 6-sinflarda "Neyrogimnastika","Artterapiya",
✴️ 7-sinf o'quvchilari bilan ahillashtiruvchi va korreksion trening mashg'ulotlari,
✴️ 7-11-sinflar o'rtasida "Men o'zimga, o'z kuchimga ishonaman" so'rovnomasi o'tkazildi.

O'quvchilar va pedagoglarning pozitivligini oshirish uchun "Quvnoq oyoqchalar" va boshqa bir qator psixologik metodikalar o'tkazilib kelinmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#olimpiada
#tabriklaymiz
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qoʻshkoʻpir_IM

5-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida 3-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Xalqaro IMAS 2024 olimpiadasi tashkil etildi.

👉🏼 IMAS olimpiadasi Tayvanda 2011-yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Ushbu test o‘quvchilarni nafaqat matematika bo‘yicha iqtidorlarini sinash, balki ulardagi matematik ufqlarni kengaytirish qobiliyatini tekshirishga jalb etishda rag‘batlantiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Yakuniy bosqichda har bir kategorya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Amity sovg‘alari, Tayvandan keltirilgan medallar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ushbu olimpiadada:

✔️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-01 sinf o'quvchisi O'KTAMBOYEVA ZARINA - 🥈 kumush medal sohibiga aylandi.

✔️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi RAHIMBERGANOVA MUSLIMAXON - 🥉bronza medalini qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Qahramonlar nomi barhayot" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o'tkazildi.

O'tkazilgan sport musobaqasini videolavha orqali tomosha qiling

🌐 Telegram | Facebook
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Unda tumanning barcha maktablaridan 4-sinf o'quvchilari va ularning ota-onalari maktabda mehmon bo'lishdi.

📆Ochiq eshiklar kunini o'tkazishdan maqsad iqtirdorli o'quvchilarni aniqlash, ixtisoslashtirilgan maktablariga o'tkaziladigan 2024-2025-o'quv yili qabuli to'g'risida ma'lumot berish, ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

🎁Shuningdek, o'tgan 2023-2024-o'quv yili kirish imtihonlaridan yuqori natijalar bilan Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul qilingan o'quvchilarning ustozlari esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🔺Ma'lumot uchuin, 23-may kuni 6-sinf o'quvchilari uchun Ochiq eshiklar kuni o'tkaziladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_faxrimiz
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o'quvchilari aprel-may oylarida Milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

➡️Keling, ular bilan tanishamiz:


Ingliz tilidan Milliy sertifikat:
11-A sinf o'quvchisi Egamberganova Mahliyo- B2 |53
10-A sinf o'quvchisi Qobulov Rajabboy- B2 |54
10-A sinf o'quvchisi Jumaboyeva Laylo- B2 |56
10-A sinf o'quvchisi Qadamov Farruh- B2 |54
9-D sinf o'quvchisi Otaboyeva Dilnoza- B2 |55
8-A sinf o'quvchisi Davlatnazarova Marjona- B2|57

Fizika fanidan Milliy sertifikat:
11-A sinf o'quvchisi Raximboyev Anvar- B+ daraja |95.8 %
11-A sinf o'quvchisi Rahimova Mashhura- B daraja|91.92 %
11-A sinf o'quvchisi Do'schanov Diyor- C daraja |76.45 %

👏 O'quvchilarining kelgusidagi o'qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qoʻshkoʻpir_IM

🔈Yurtimizda ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda.

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o’qituvchisi Sevara Jumaniyozova;

📍Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o’qituvchisi Zufarbek Bekdurdiyevlar

"IQtidorli" yoshlar oromgohining ilk yozgi mavsumiga MENTORLIKKA qabul qilindilar.

🏕Oromgohga qatnashish imkoniyatiga ega boʻlgan ustozlarimizni yutuq bilan tabriklab, keyingi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook