XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Infografika
#Direktorlar_kengashi

ENDI 14 TA HUDUDDA "DIREKTORLAR KENGASHI" TASHKIL ETILADI

✔️Kengash tomonidan direktorlikka nomzodlar suhbatdan o'tkaziladi va lavozimga tavsiya etiladi.

✔️Maktab direktorlarining vakolatlari kengaytiriladi.

❗️Batafsil infografikada

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#taʼlim_islohoti

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat Direktorlar kengashi tashkil etilmoqda.

Umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu tizimning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat;

Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati qanday;

Kengashning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga nimalar kiradi;

Kengash kimga hisob beradi-yu, qanday vakolatlarni amalga oshiradi?


👏 Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videorolikda siz mavzuga doir ko‘plab savollarga javob topasiz.

❗️Direktorlar kengashi” — zamonaviy boshqaruv, mustaqil liderlar jamoasi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening

15-avgust kuni Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xorazm viloyati "Direktorlar kengashi" tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i, respublika "Direktorlar kengashi" koordinatori Xusanov Xasanxon Xusanovich boshchiligida o'quv seminar o'tkazildi.

🔘 Menejerlik sertifikatiga ega, amalda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida direktor lavozimida ishlayotgan kadrlar va shu maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari bilan "Zamonaviy ta'limda zamonaviy direktorlar" mavzusida o'tkazilgan ushbu treningda shaxsiy tartib va intizom, professionallik, vatanparvarlik, milliy zehniyat, ta'lim va tarbiya, xalqaro baholash dasturlari hamda kadrlar salohiyatini rivojlantrish va tizimli ish tashkil qilish mavzulari yuzasidan fikrlar almashildi.

🌐 Telegram | Facebook