XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Fan olimpiadalari
📣📣📣📣📣

🔔O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirig‘i ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash olimpiadasi tashkil qilinadi.

📣Olimpiada quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

✔️ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 6-aprel kuni;

✔️uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida 17-aprel kuni;

✔️to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 18-aprel kuni o‘tkaziladi.

‼️Olimpiada nazorat materiallari o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, asosan matematika fanidan topshiriqlar va nostandart masalalar taqdim qilinadi.

📌Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Bogʼot_IM

🏢Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus" doirasida to'garaklar o'z faoliyatini olib bormoqda.

🌠 Fotosuratlarda:

🏓 Sport to‘garagi doirasida maktab o'quvchilari o'rtasida "Stol tennis" bo'yicha navbatdagi sport musobaqasi o'tkazildi.

🖥 "Young coders" to'garagi rahbarlari Dilmurod Yusupov va Siroj Ro'ziboyevlar tomonidan o'quvchilarga "Scratch dasturida shakllar bilan ishlash"va "HTML da dasturlar tuzish" mavzularida mahorat darslari o'tilmoqda.

📚 Kitobxonlikni keng targ'ib qilishga doir turfa tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Shovot_IMI

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent shahridagi Koreya oliy ta'lim muassasasi ADJU universiteti o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha prorektori Ulug'bek Ro'zimov hamda universitet rektori maslahatchisi Azmiddin Mardayevlar maktab-internatning 10-11 sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazdilar.

🎓
ADJU universiteti o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha prorektori Ulug'bek Ro'zimov o'quvchilarga universitetdagi fakultetlar, yaratilgan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berdi.

📹O'quvchilar universitet hayotidan videoroliklar tomosha qilishdi hamda o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi
.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
#Qoʻshkoʻpir_IM
#dars_jarayoni

⚡️Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Esamurotova Dildora tomonidan ochiq dars tashkil qilindi.

Ochiq dars Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlandi.

📌 Dars mashg'uloti 8-D sinfda bo'lib o'tdi va unda o'quvchilar faol ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Amaliy_mashgʻulot

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan sinf o'quvchilari biologiya fani o'qituvchisi M.Bekchonova rahbarligida "Faunani asrash" MChJ ga amaliy mashg'ulot uyushtirdilar.

♻️ MChJ rahbari Biologiya fanlari doktori, professor Xudoybergan Bekchonov o'quvchilarga hudud fauna va florasi bilan yaqindan tanishtirdi.

🟢 O'quvchilar maktabda olgan bilimlarini amaliy mashg'ulot davomida mustahkamladilar.

🌐 Telegram | Facebook
"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining onlayn darslarini muvaffaqiyatli yakunlangan barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz!

💻 Onlayn ishtirokchilar: o’z sertifikatlaringizni bizning Telegram botimiz orqali olishingiz mumkin!

💥Portfoliongizni ushbu ajoyib yutuq bilan to’ldirish imkoniyatini boy bermang!

📉Sertifikat uchun telegram bot - @dg_sertifikatbot
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook