XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Mahorat_darsi
#Jarayon

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda reja jadvalga ko'ra Filologiya fakulteti professor- o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari olib borilmoqda.

➡️ Yanvar oyining 26-sanasida "O'zbek tilshunosligi" kafedra o'qituvchisi, A. Allaberganova mazkur maktabda "Ogahiy tarixnavis” mavzusida mahorat darsi tashkil qildi.

🔻Darsda Ogahiyning o‘chmas tariximizga qo‘shgan hissasi haqida o’quvchilarga batafsil ma’lumot berildi. Mahorat darsi o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Mahorat_darsi
#Jarayon

🇺🇿 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan "Mahorat darslari" reja-jadvaliga ko'ra

📆 Fevral oyining 3-sanasida Ogahiy ijod maktabining 9- "B" sinf o'quvchilariga "Joziba" taxallusi bilan qalam tebratayotgan iste'dod egasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shukuroy Jabborova mahorat darsini olib bordilar.

📝 Mahorat darsida asosan, Omon Matjon haqida o'quvchilarga saboq berildi va Omon Matjonning ijodi she'riyati u kishining fe'l-atvori, asarlari tahlili qunt bilan o'rgatildi.

🎚️ O'ylaymizki, bu kabi tashkil etilgan mahorat darslari orqali o'quvchilarimizning bilimlarini mustahkamlab olishlariga va yanada oshirishga yordam beradi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

🇺🇿 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan "Mahorat darslari" reja-jadvaliga ko'ra

📆 Aprel oyining 7-sanasida Ogahiy ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchilariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi mutaxassisi Shoira Shams "Devon tuzish an'anasi" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

📝
Mahorat darsida Alisher Navoiyning fe'l-atvori, asarlari tahlili qunt bilan o'rgatildi. Mumtoz janrlar bo‘lgan g‘azal, ruboiy, qit'a, masnaviy haqida nazariy tushunchalar berildi. Tuzilgan devonlar haqida, devon tuzishda janrlar tartibi haqida qimmatli ma'lumotlar berildi.

➡️ Dars davomida Shoira Shams tomonidan yozilgan g‘azallar, qit'alar o‘qildi, shuningdek, o‘quvchilar Navoiy, Bobur ijodidan g‘azal, ruboiylar o‘qib berishdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Mahorat_darsi
#Hamkorlik

🇺🇿 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan "Mahorat darslari" reja-jadvaliga ko'ra

📆 Sentabr oyining 15-sanasida Ogahiy ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchilariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Rahimboy Karimov tomonidan "Publitsistika janri haqida" mavzusida
mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

📝 Xorazm adabiy muhitida yaratilgan maqola, ocherk, lavha, hikoyalardan misollar keltirilib uslublar bo‘yicha alohida ma'lumotlar berildi.

➡️ Dars davomida ustoz ijodkor Rahimboy Karimov o‘zi tomonidan yozilgan ijod namunalardan o‘qib berdi. Mahorat darsi qiziqarli savol-javob asosida o‘tdi.

🌐
Telegram | Facebook
#hamkorlik
#mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

May oyi davomida Ogahiy nomidagi ijod maktabida:

Urganch davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent Otaxonova Venera tomonidan Ahmad A'zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasida ilgari surilgan g‘oyalar mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. 02.05.2024

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva tomonidan "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida mahorat darsi olib borildi. 16.05.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Qosimjon Sodiqov va "Mumtoz filologiya va adabiy matnshunoslik" kafedrasi mudiri Rixsitilla Alimuhammedov tomonidan  "Qadimiy yozuvlar tarixi" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. 21.05.2024

🌐 Telegram | Facebook
#YANGIBOZOR_IMI
#MAHORAT_DARSI

O'QITUVCHILARGA PROFESSORLAR TOMONIDAN
MAHORAT DARSI O’TILDI

▪️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida falsafa fanlari doktori, professor Qodirqul Ro'zmatzoda, iqtisod fanlari doktori, professor Abduqahhor Xo'jamuradov, falsafa fanlari doktori, professor Zamiraxon Is'xoqova, falsafa fanlari doktori, professor Madraxim Saparboyevlar tomonidan mahorat darsi tashkil qilindi.

Mahorat darsida ilg’or pedagogik metodlardan foydalanish, ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirish tartiblari, ilmiy maqolalar yozish, o’quv qo’llanma va ishlanmalar tayyorlash, o’quv mashg’ulotlarida noan’anaviy o‘qitish metodikasidan keng foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook