XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Taqdimot

✳️ 6-aprel kuni Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati yosh ijodkorlarining badiiy ijodlari jamlangan, "Mahmud Az Zamaxshariy" nashriyotida chop qilingan

📖 "Shovotim g'unchalari" jamoa to'plamining taqdimoti bo'lib o'tdi.

⭐️ Taqdimotda nashriyot direktori Boltaboy Matqurbonov, "Shovot mavjlari" ijodiy klubi badiiy rahbari Qadamboy Shodonov, ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Xurshida Qo'chqorova, maktab rahbariyati, o'qituvchilar, ota-onalar, yosh ijodkorlar va o'quvchilari qatnashdilar.

📍Yuksak saviyada tashkil qilingan tadbirda so'zga chiqqanlar umidli yosh ijodkorlarga o'qish va ijodlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularning badiiy rahbari Xurshida Qo'chqorovaga, nashriyot xodimlariga, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.

📚 Boltaboy Matqurbonov, Qadamboy Shodonovlar maktab kutubxonasiga o'zlarining kitoblaridan topshirdilar.

🔥 Ushbu to'plamda maktab-internatning 27 nafar o'quvchisi va X.Qo'chqarovaning ijod namunalari joy olgan.

🌐
Telegram | Facebook
OGAHIY IJOD MAKTABIDAGI JARAYONLARDAN:

#Toʻgarak_jarayoni
✍️ 1-may kuni ijodiy madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchi Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida "Nasr" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. To‘garak davomida argentinalik adib Xulio Kortasarning "Aksolotl", "Bemorning salomatligi", amerikalik adib Uilyam Folknerning "Emili uchun atirgul", meksikalik adib Karlos Fuentesning "Chak Mool", o‘zbek adibi Isajon Sultonning "Qismat" hikoyalari tahlil etildi, ularning mahorat qirralari haqida so‘z yuritildi.

#Taqdimot
📄 2023-yilda adabiyot, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalarining atoqli namoyondalari tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ‘ib etish dasturiga asosan 2-may kuni ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da jadid namoyondalari ruknidan Munavvarqori Abdurashidxonov hayoti va faoliyati haqida taqdimot bo'lib o‘tdi. Taqdimotni ijod maktabining tarix fani o‘qituvchisi Nazokat Allamova taqdim qildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Taqdimot

IJOD MAKTABIDA MATEMATIK BAYRAM O'TKAZILDI

🔰
Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste’dodlar markazi"da 7- sinf va 9- sinf o‘quvchilarining "Matematika va hayot" mavzusida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

⚡️O‘quvchilar tomonidan mavzu bo‘yicha ijodkorona yondoshuvlarining taqdimoti barchaga birday matematik kayfiyat uyg‘otdi.
🎞 Videorolik,
🪜 Maket yasash,
✍️ Matematik hikoya,
🖇 Matematika va fanlar bog‘liqligi,
🎭 Sahna ko‘rinishi kabi turlarda o‘quvchilar o'z loyiha ishlari namoyish qildilar.

➡️ Taqdimotlar yakunida direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev o‘quvchilarning yangi qirralarini kashf qilishda, fanning asl mazmunini tushunib yetishga qaratilgan bu taqdimotlar uchun o‘quvchilarga ijodiy turtki berayorgan maktabning oliy toifali o‘qituvchisi Polvonova Yulduz ustozning hissasi juda katta bo‘lganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Seminar_trening
#Taqdimot
#Taqdirlash_marosimi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan
Respublika o'quv seminari doirasida o’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Unda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida so’z bordi. Seminar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.

❗️Kunning ikkinchi qismida esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi bo’lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq tomonidan izohli lug’atning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shundan so’ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo'lib o'tib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdimot
#Ogahiy_ijod_maktabi

📝 "POYONSIZ SATRIM"  NOMLI KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

🔰
Joriy yilning 1-mart sanasi, bahorning ilk kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida haqiqiy ijodiy bayramga aylandi. "Iste'dodlar markazida" maktabning 11-"A" sinf o‘quvchisi

📖 Bunyodova Parizodabonuning "Poyonsiz satrim" nomli she'r va publitsistik maqolalardan tashkil topgan ilk to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎞 Jarayondan tayyorlangan rolikni tomosha qilishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
#taqdimot

⚡️O‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan ilk onlayn ta'lim platformasi yaratildi

"Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘zbek tili onlayn ta'lim platformasi yaratildi.

15-mart kuni Toshkent shahrida ushbu platformaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Til–millat ko‘zgusidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi. Hozirgi globallashuv va axborot davrida ona tilimizni sofligicha saqlash va uni kelajak avlodga bezavol yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

O‘zbek tilini o‘rganish platformasi, avvalambor, o‘z yurtidan yiroqda yashayotgan barcha vatandoshlarimizga mo‘ljallangan.

Xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan ko‘pgina platformalar mavjud bo‘lib, aynan o‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan bu kabi yaxlit platforma ilk bor ishlab chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ривожлантириш ва сифатини оширишга оид режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов по развитию и повышению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача ва мактаб таълими сифатини ошириш, педагоглар малакасини ошириш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества дошкольного и школьного образования, совершенствованию системы повышения квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X