XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#3_Choraklik_summativ_baholash

📌Bugun 9 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarimizda III chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari davom etmoqda.

📸
Jarayonlardan lavhalar:

Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

☑️
O'quvchilar ushbu sinov imtihonini onlayn tarzda topshirmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Эълон

5-8-sinf o'quvchilari uchun informatika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi 6-aprel kuniga ko'chirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son Qarorida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

❗️Hakamlar hay’ati, apellyatsiya komissiyasi, auditoriya rahbarlari va nazoratchilari hamda ishtirokchi o‘quvchilarni olimpiadaga jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida, joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichi 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʻa_IM

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-Green sinf o'quvchilari xorijiy til bilish darajasi boʻyicha xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdilar:

▪️Ollaberganova Ruxsoraxon  IELTS - 7 ball

▪️Matniyozova Nigina IELTS - 7 ball

⚡️O'quvchilarning kelajakdagi rejalariga zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#hashar
#Tuproqqalʻa_IM

🍃Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  ham boʻlib oʻtmoqda.

Unda barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilar faol ishtirok etib, taʻlim muassasalari binolari ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Navroʼz_ayyomi

🌸 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagog xodimlari va o'quvchilari bugun tuman markazidagi Xojixon Boltayev nomidagi istirohat bog'ida o'tkazilayotgan "Navro'z sayli" bayramida qatnashmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
TA'ZIYA

Uzoq yillar ustoz va rahbar sifatida
faoliyat yuritgan, Ogahiy nomidagi ijod maktabida qancha shogirdlarni tarbiyalashda, ularga bilim berishda fidoiylik ko‘rsatgan, butun umrini xalq ta'limiga bag‘ishlagan maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, ogahiyshunos olima Matyoqubova Madina Xabibullayevna vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Janoza ertaga— 19 mart kuni soat 15:00 da marhumaning xonadonida o'tkaziladi.

Manzil: Yangibozor shaharchasi, "Mehr nuri" koʻchasi, 10-uy
Moʻljal: Tuman IIB binosi yaqini
.
#Bugun

19-mart – Munis Xorazmiy tavallud topgan kun

Munis Xorazmiy (1778 — 1829) - o‘zbek shoiri, yozuvchi, tarixshunos va tarjimon.

⚡️Xiva shahriga yaqin Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoirning tog‘asi tarixshunos Ogahiy Muhammad Rizo bo‘lgan.

1800-yildan Xiva xonlari Avaz Inoq, Eltuzar, Muhammad Rahimxon I saroylarida saroy solnomachisi bo‘lib xizmat qilgan.

📜1804-yil o‘z asarlari devonini tuzib, keyinroq to‘ldirigan. Devon “Munis ul-ushshoq” nomini olgan. 1806-yilda Xiva xoni Eltuzarning (1804—1806) topshirig‘i bilan tarixiy asar “Firdavs ul-iqbol”ni yozishga kirishadi. Asar besh bobdan iborat bo‘lib, umumiy tarix hamda Xiva tarixini o‘z ichiga olgan, Eltuzar va Muhammad Rahimxon (1806—1825) hukmronligi davrlarini o‘zida jam etgan qisqa bayonot ko‘rinishida bo‘lgan.

Munis 1829-yil vafot etadi va Xivaga dafn etiladi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 "Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

📆 25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

📝 Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn;
Raqamli dizayn;
Startup loyihalar;
Grafik dizayn.

📝 Onlayn yo'nalishlar:
Python;
Sun'iy intellekt (AI);
Frontend (React.js);
Web dizayn;
Back-end (.Net);
Back-end (Go);
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉 Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube