XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.6K photos
1.41K videos
32 files
6.29K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
March 19, 2024
March 19, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
March 19, 2024
March 19, 2024
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bosh gʻoyasi asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlarga start berildi.

👉 Tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, zamonaviy tajribalar asosida hamda yuqori saviyada tashkil etish uchun 4 ta yoʻnalishdagi loyiha va tanlovlar oʻtkaziladi:


Xalq sayllari:

“Kim oladi-yo....”, “Chillak”, “Varrak”, “Eshak mindi”, “Lanka”, “Oq terakmi, koʻk terak”, “Arqon tortish”, “Koʻz bogʻlar” oʻyinlari

Keksalarni eʼzozlash haftaligi:

“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas”, “Uch avlod uchrashganda”, “Milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalar” kabi mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari

Sogʻlom turmush tarafdorimiz aksiyasi:

“Besh tashabbus Navroʻzda”, “Milliy kurash”, “Polvonlar bellashuvi”, “Yelkada kurash” sport musobaqalari

Ekologiya yoʻnalishi:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi, “Ekopatrul” loyihasi, “Eng obod taʼlim muasssasasi”, “Obod maktab” ekologik tanlovlari.

✔️ Mazkur tadbirlarga respublikadagi mavjud 10 182 ta taʼlim muassasisidagi 4.5 mln. nafar oʻquvchi-yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 19, 2024
March 20, 2024