XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Psixologik_faoliyat

✔️ Agentlik tizimidagi maktablar amaliyotchi psixologlari tomonidan o'quvchilarni bir-birlari bilan  yaqindan tanishtirsh, ularni yangi maktab, yangi muhitga  moslashishlariga ko'maklashish, qolaversa o'zaro jamoviy ahillikni yanada oshirishga xizmat qiluvchi, shuningdek, o'quvchilar tafakkur darajasini yaxshilash, muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan turli mashqlar, treninglar o'tkazilmoqda, so'rovnomalar olinmoqda.

📸 Fotosuratlarda:
Yangiariq tumani IM
Shovot tumani IMI
Urganch shahar 1-son IMI
Ogahiy ijod maktabi psixologlari faoliyatidan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat

MOSLASHUV HAFTASI

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari uchun "Moslashuv haftasi" psixologik treninglar ketma-ketligi tashkil qilindi.

✔️Maktabimiz psixologi tomonidan o'tkazilgan bu kabi treninglar o'quvchilarimizni bir birlari bilan  yaqindan tanishtirsh, yangi maktab, yangi muhitga  moslashishlariga ko'maklashish, qolaversa o'zaro jamoviy ahillikni yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Psixologik_faoliyat

BIZ AHIL JAMOAMIZ!

Xiva shahridagi Prezident maktabida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab maktab psixologi tomonidan
"Biz ahil jamoamiz" nomli
psixologik trening tashkil etildi.

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik_faoliyat
#Qoʻshkoʻpir_IM

🎬 Ushbu videomurojaat Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Zubayda Asqarova hamda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlandi.

Farzandlaringiz ta'lim- tarbiyasiga befarq bo'lmang. Ularning beg'ubor qalbiga faqat yaxshiliklarni joylang. Ezguliklarni muhrlang...

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Psixologik_faoliyat

▪️ 24-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarning psixologlari uchun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.

Psixolog Yulduz Vapayeva tomonidan “Xotirani rivojlantiruvchi usullar” mavzusidagi trening mashg‘ulot tashkil qilindi.

Ushbu seminarda:
"4 belgi",
"Shul’te jadvali",
"DOODLE uslubida rasm chizish",
“Gugurt cho‘plari”,
“Qo‘l harakatlarini o‘zgartirish”,
“Assotsiatsiya” mashqlari o'tkazildi.

✔️ Qatnashchilar o'zlari uchun kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat
#Urganch_shahar_1_son_IMI

💢 2-dekabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan maktab psixologi Laylo Atajanova tomonidan 5-sinf o'quvchilari bilan o'tkazilgan treningdan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
#TABRIKLAYMIZ
#Psixologik_faoliyat

✔️ 5-dekabr kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazida “Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo'naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusida psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixologlarning ijodiy faolligini oshirish, qo‘llab-quvvatlash maqsadiga tashkil etilgan mazkur forumda psixologlar faol ishtirok etdilar.

⚡️O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlashda hamda kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishda yutuqlarga erishgan bir qator amaliyotchi psixologlar O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, International Digital University hamda ISFT universitetining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

▪️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Yulduz Vapayeva va
▪️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Laylo Atajonovalar

ta'lim tizimida psixologik xizmat va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida islohotlarni amalga oshirishdagi samarali mehnatlari uchun viloyat MMTB boshlig'ining FAXRIY YORLIG‘I hamda estalik sovģasi bilan taqdirlandilar.

⚜️Ushbu e'tirof bilan ustozlarni tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar yor bo'lishini tilaymiz!


🌐Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologik_faoliyat
#Xiva_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son IMI o'quvchilari bilan o'tkazilgan "Biz yoshlar zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida o'tkazilgan tadbirdan videolavha

🌐 Telegram | Facebook
#seminar_trening
#psixologik_faoliyat

⚡️ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan psixologlar ishtirokida

"Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish" mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

▫️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan ushbu treningni maktab psixologi Hilola Jumaboyeva olib bordi.

🎯 Treningdan ko‘zlangan maqsad, o'zaro tajriba almashish va amaliyotda qo'llab ko'rilgan metodikalarni o'z faoliyatlarida tatbiq qilishdan iboratdir.

🌐 Telegram | Facebook
#psixologik_faoliyat
#Tuproqqalʻa_IM

🔰 Ertaga, 15-mart kuni barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida 3-chorak CHSB imtihonlari bo'lib o'tadi.

🏵 Shu munosabat bilan Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarga motivatsiya berish hamda xavotirni bartaraf etish maqsadida "Imtihon biz uchun bayram" nomli burchak tashkil etildi .

🎷Mashg‘ulot musiqa ohanglari ostida olib borildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat
#Yangiariq_IM

Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Samara Xudayberganova  tomonidan

✓ Ruhiy holatlar va oilaviy munosabatlar,oilaviy muhitni o‘rganish uchun -"Daraxt metodikasi", "Oila rasmi" metodikalari
✓Sinf jipsligini yanada mustahkamlash uchun - "Kim epchil, kim chaqqon"," Yo‘lboshchi va yo‘lovchi" mashg‘ulotlari
✓Shaxsni psixologik qiyofasini aniqlash uchun- "Uy, daraxt, inson" metodikasi
✓ O‘z-o‘zini bilish qobilyatini rivojlantirish  orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirish uchun - "Art terapiya" mashg‘uloti
✓O‘quvchilar ruhiyatida kechayotgan salbiy holatlarni aniqlash uchun --"Turnalar metodikasi"
✓Taʼtildan qaytgan oʻquvchilar  va pedagog  xodimlar uchun ertalabki  kutib olishdagi pozitivlik- "IV-chorak rejalaringiz" mavzusida oʻtkazilgan mashg'ulotlardan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#psixologik_faoliyat

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Laylo Atajanova tomonidan o'tkazilgan jarayonlardan lavhalar:

▪️"Men ta'tilda" nomli psixologik so'rovnoma o'tkazildi. Unda barcha o'quvchilar faol qatnashdilar.

▪️O'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish va o'z kuchlari bilan hamma narsaga qodirligini tushunishlariga ko'maklashish maqsadida "Men o'zimga va o'z kuchimga ishonaman" nomli so'rovnoma  olindi.

▪️8-sinf o'quvchilari bilan "Qo'rquvni yengish" treningi o'tkazildi. Ushbu trening o'quvchilarda qo'rquvni yengish, qo'rquv evaziga har xil vaziyatlarga tushib qolmasliklarining oldini olish maqsadida tashkil qilindi.

▪️5-sinf o'quvchilari ishtirokida ochiq havoda qiziqarli o'yinli mashg'ulotlar o'tkazildi. Bu mashg'ulotlardan maqsad: O'quvchilarning guruhlarda o'zaro ahilligini yanada yaxshilash, o'z jamoasini himoya qilish va jamoa bilan maqsadli harakat qilish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.

🌐 Telegram | Facebook
#psixologik_faoliyat
#Shovot_IMI

❇️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Hilola Yusupova tomonidan aprel oyi davomida o'tkazilgan treninglardan lavhalar:

▪️ 6-"A" sinf o'quvchilari bilan"DO'STLIK" o'yini, "UY, DARAXT, ODAM" metodikasi o'tkazildi.
▪️5-"A"va 5-"B" sinf o'quvchilari bilan "SEHRLI STUL" trening mashg'uloti tashkil qilindi.
▪️8-"A" sinf o'quvchilari bilan diqqat va xotirani rivojlantiruvchi "Shulte jadvali", "So'zni emas, rangni aytish" mashqlari, "Orqadagi yozuvlar" , "Piramida" trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
▪️9-"B" sinf o'quvchilari bilan "Yer, suv, osmon", "Mevali salat", "Xavfli ko'prik" psixologik treninglari olib borildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik_faoliyat
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Atajanova tomonidan 8-01 sinf o'quvchilari bilan musiqa sadolari ostida o'tkazilgan "Onamga xat" treningdan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#psixologik_faoliyat
#Yangibozor_IMI

🏢 Yangibozor tuman IMI psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan o'tkazilgan psixologik metodika va trening mashg'ulotlaridan lavhalar:

🌈 5-6-sinflarda "Artterapiya", "Do'stlik o'yini", "Impuls", "Molekulalar", "Uchlar", "Piramida" korreksion-rivojlantiruvchi mashqlari, "Mantiqiy va mexanik xotirani aniqlash" metodikasi;

🌈 7-8-sinf o'quvchilari bilan "Men o'zimga va o'z kuchimga ishonaman" metodikasi, "Turnalar","Yomg'ir ostidagi odam" proyektiv metodikalari;

🌈 9-10-sinflarda "Jamoa bo'lish ishlashni o'rganamiz" mavzusida trening mashg'uloti, "Kim chaqqon?" mashqi, "Yashash uchun 1001 ta sabab" mavzusida trening mashg'ulotlari;

🌈 11-sinf o'quvchilari bilan "Men tanlagan OTM" va "Zamonaviy kasblar bilan tanishuv" mavzularida davra suhbati.

🧑‍🎓Pedagogik jamoada esa "Stressiz go'zal hayot","Hayot go'zal, yashash zavqli" treninglari o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#psixologik_faoliyat
#Qoʻshkoʻpir_IM

Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Zubayda Asqarova tomonidan tashkil qilingan psixologik metodika va trening mashg'ulotlaridan lavhalar:

✴️ 5-11-sinflar o'rtasida "Siz bilgan maktabimiz pedagoglari" so'rovnomasi,
✴️ 5-sinflarda "Sonlar tilga kirganda",
✴️ 6-sinflarda "Neyrogimnastika","Artterapiya",
✴️ 7-sinf o'quvchilari bilan ahillashtiruvchi va korreksion trening mashg'ulotlari,
✴️ 7-11-sinflar o'rtasida "Men o'zimga, o'z kuchimga ishonaman" so'rovnomasi o'tkazildi.

O'quvchilar va pedagoglarning pozitivligini oshirish uchun "Quvnoq oyoqchalar" va boshqa bir qator psixologik metodikalar o'tkazilib kelinmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʼot_IM
#psixologik_faoliyat

🏢  Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining amaliyotchi psixologi Sh.Ollanazarova tomonidan 4- chorak davomida oʻquvchilar bilan
"Art-terapiya",
"Mulohaza",
"IQ testi",
"Uch bo'limli so'rovnoma" metodikalari oʻtkazildi, shuningdek, "Milliylik - millat ko'zgusi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

📸 Fotosuratlarda jarayonlardan lavhalar.

🌐Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_2_son_IM
#psixologik_faoliyat

📸 Xiva shahar2-son ixtisoslashtirilgan maktabining amaliyotchi psixologi Qalandarova Sabohat tomonidan 4-chorak davomida o'tkazilgan psixologik mashqlar va metodikalardan fotolavhalar.

5-6-sinflarda "Impuls uchlar";
6-sinflarda "Art terapiya", "Implus","Piramida";
5-6-"Orqama-orqa", "Uchlar", " Bog‘dagi gullar", "Sayohat" ;
7-11-sinflarda ruhiy holatni aniqlash so‘rovnamasi, "Men o‘zimga,o‘z kuchimga ishonaman","Maqsadlarga intilish" metodikalari.

🌐Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🎨 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o'quvchilarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida "Tabiat va Biz" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.

❤️Ushbu mashg'ulot davomida o'quvchilar o'zlarining tabiatga bo'lgan muhabbatlarini chizgan rasmlari orqali namoyon qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook