XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.04K subscribers
23.3K photos
1.58K videos
32 files
6.95K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Bogʻot_IM

Najot bilimda |
Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari faoliyati, erishilayotgan yuqori natijalar
#xorazmMTRK

🌐 Telegram | Facebook
#eco_school
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Bogʻot_IM

🍀 O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga e’tiborli bo'lishga undash maqsadida "Eco-Schools Uzbekistan" tashabbusi doirasida ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlardan lavhalar:

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "Eco-School" dasturi asosida o'z g'oyalarini ishlab chiqishdi va seminar-trening tashkil etishdi. Tadbir davomida o'quvchilarga "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi tushuntirilib, 7 qadam metodologiyasi bo'yicha ishlash to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining "Eco school" jamoasi a'zolari belgilangan reja asosida o'z ish faoliyatlarini davom ettirmoqda. Har bir sinfga keraksiz qog'oz mahsulotlarini solish uchun maxsus qutilar qo'yilgan edi. Jamoaning tashabbuskorligi bilan yanvar oyidan buyon yig'ilgan qog'ozlar qayta ishlash uchun kerakli joyga topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Bogʻot_IM

YANA XUSHXABAR!

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi

🥈 EGAMBERDIYEV MAQSADBEK - Turkmanistonda o'tkazilgan Xalqaro Matematika Olimpiadasida KUMUSH MEDAL sovrindori!!!

Ustozi: Neʼmatjon Kamalov

👏 Maktab jamoasini, ustozimiz va o'quvchimizni, uning ota-onasini ushbu muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz!!!

BIZ SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!

🌐 Telegram | Facebook
#Muhammad_Yusuf_71
#Bogʻot_IM
#Xonqa_IM

Betakror shoir Muhammad Yusuf tavalludining 71-yilligi munosabati bilan:


Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbirda o‘quvchilar shoirning hayot yo‘li, ish faoliyati, yaratgan asarlari haqida ma'lumotlar berib, go‘zal she'rlaridan namunalar ijro etdilar.

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 6-sinf o'quvchilari tasviriy san'at darsida "Muhammad Yusuf siymosi" mavzusida adibning portretini chizishdi, shuningdek, maktabda adabiy-maʼnaviy tadbir ham tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Bogʻot_IM

Bog‘ot  tuman ixtisoslashgan maktabida 26-aprel sanasida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" kuni koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.

Shu tadbir doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini, shaxmat, voleybol o‘yinlari, turli fan to‘garaklari tashkillashtirishdi.

"O‘zim bajara olaman" loyihasi bo‘yicha 9-E sinf o‘quvchilari Xorazm milliy taomlarini tayyorlashdi va mehmonlarga ulashishdi
.

Maktab bilan tanishishga kelgan oʻquvchilar oʻqishga boʻlgan qiziqishlari ortib, ko‘rgazmalar, loyiha ishlari, toʻgaraklar, laboratoriya mashgʻulotlarini tomosha qilib, psixologik treninglarda qatnashdilar.

✔️ Ixtisoslashtirilgan maktabda yaratilgan keng imkoniyatlar mehmonlarda  bir olam taassurotlar qoldirdi. Shunday maktablarda o‘qishlarini davom ettirishni xohlashlarini bildirishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʻot_IM
#IELTS

💠
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi

— Abdullayeva Feruza ingliz tili fanidan IELTS 7.0 balli sertifikatni qo'lga kiritdi.

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Bogʻot_IM

XALQARO INTERVYU

🎤
Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o'qituvchisi Kamalov Ne'matjonning 21-26-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida II Xalqaro Matematika Olimpiadasi jarayonida Turkmaniston davlatining "Yashlyk" televideniyesiga bergan intervyusi

🌐 Telegram | Facebook
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Bogʻot_IM

🇺🇿 Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlar:

⚡️ Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bahrom Masharipov va tarix fani o'qituvchisi Jo'rabek Jumaniyozovlar boshchiligida 10-sinf o‘quvchilari Vatanimiz tarixiga boy va muqaddas maskan — "Xotira maydoni"ga sayohat tashkil etildi.

⚡️ “Shaxmat taxtasida – g‘alaba ruhi, yuraklarda – xotira muhri!” shiori ostida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

⚡️
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davomida o‘quvchilarga shu davr voqealarini yorituvchi tarbiyaviy va tarixiy filmlar namoyish etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#psixolog_faoliyati
#Bogʻot_IM

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktab psixologi Ollanazarova Shoira faoliyatidan lavhalar:

⭕️ Pedagoglar jamoasi va maktab o'qivchilarida do'stona munosabatni shakllantirish va ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida psixologik trening tashkil qilindi. Unda "Lyusher  ranglar testi" asosida "Ranglar siz haqingizda nima deydi?" metodikalaridan foydalanildi.

⭕️ 7-A sinf o'quvchilari bilan "Mavjud bo'lmagan hayvon" metodikasi, "Men o'zimga va o'z kuchimga ishonaman" anketa so'rovnomasi olindi.

⭕️ 8-sinf o‘quvchilari bilan ularning kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, kelajakda kasbni to'g'ri tanlash va o'zlari qiziqqan yo'nalish bo'yicha fanlarga yo‘naltirish maqsadida "Kaft alifbosi", "Kaft metodi" va turli xil xotirani rivojlantiruvchi metodikalar o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʻot_IM
#Sayohat

YAXSHI DAM - MEHNATGA HAMDAM

⚜️ Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagogik jamoasi "9-may Xotira va qadrlash kuni" bayrami arafasida dam olish kunlarini samarali o'tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil qilib, Jizzaxning so'lim Zomin hududida hordiq chiqarishdi va tabiat bag'rida dam olishdi.

Sayohat davomida Samarqand shahrida Islom Karimov majmuasi, buyuk Registon majmuasi, Go'ri Amir, Bibixonim maqbaralari, Shohi Zinda ziyoratgohi, Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari singari muqaddas maskanlarga borishdi.

Keyingi manzil – Buxoro shahri bo'ldi!  Bu yerda Minorai Kalon, Sitorai Mohi xosa saroyi, Buxoro Ark qal'asi va qadimiy zindon, Labi Hovuz ansambli singari boy madaniy meroslar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi va Buxoro VarNet korxonasiga ham sayohat qilishdi.

🚌 Ushbu sayohat maktab jamoasida tariximiz, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehrni oshirdi hamda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

🌐 Telegram|Facebook