XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.29K videos
32 files
5.97K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Эълон

📣 Videoroliklar tanlovi: “Vaqt yaxshilik bilan”


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Vaqt yaxshilik bilan” videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

❗️Bundan ko’zlangan maqsad yordamga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan, keksa yoshdagi yolg‘iz insonlarga yordam ko‘rsatish, tabiat ne’matlariga, shuningdek, qarovsiz hayvonlarga ozor bermaslikka chorlashdan iborat.

🔗 Ijodiy ishlaringizni 2024-yil 3-fevraldan 29-fevralga qadar @uzedu_tanlov_bot orqali yuborishingiz mumkin.

✔️Eng yaxshi videorolik mualliflari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

👉 Tanlov shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1464

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf
5.7 MB
“Pedagogning maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining to’liq matni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yana 1 000 tа maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy qilinadi

2024-yilgi davlat dasturi loyihasida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta umumiy o'rta ta’lim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashg'ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish reja qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda respublika bo'yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o'quv dasturi va baholash tizimi joriy etilgan.

👉https://t.iss.one/xalqtaliminfo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim muassasalarida mobil telefonlaridan foydalanish tartibi qanday?

“Yangi davr studiya”sida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bu borada belgilangan mezonlar xususida so‘z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Besh_tashabbus
#Xonqa_IM

📚 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida maktab kutubxonasida "Kitobxonlik kunlari" tashkil qilinmoqda. Navbatdagi kitobxonlik davrasida ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar qatnashishdi.

🌈 Shuningdek, maktabda "Besh tashabbus" yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilingan to‘garaklar ham o'quvchilar uchun juda foydali bo‘lmoqda.

🌐Telegram | Facebook
#BIZ_BOSHLADIK
#TARIX_ARENASI
#Ogahiy_ijod_maktabi

OGAHIY IJOD MAKTABINING YANGI LOYIHASI - "TARIX ARENASI" INTELLEKTUAL O'YINI 1-SONI BO'LIB O'TDI

🖋"TARIX ARENASI" moziy ixlosmandlari uchun tashkil qilingan Ogahiy ijod maktabining mualliflik loyihasi bo'lib, intellektual o'yin tashabbuskori oliy toifali tarix fani o'qituvchisi A.Ro'ziboyev hisoblanadi.

🕰 2024-yilning 1-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi "TARIX ARENASI" intellektual o‘yini saralashining ilk bosqichini 9-sinf yosh tarixshunoslari boshlab berdilar.

🔰Dastlab maktab direktori S.Abdullayev yangi loyiha bilan barchani muborakbod etib, Ogahiy ijod maktabi mualliflik loyihasini ochiq deb e'lon qildi. O'yin tasvirga yozib olindi va tez kunlarda kanalimizda to'laligicha taqdim etiladi.


💫Saralash bosqichlari fevral-mart oylarida, Final bosqichlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

🎗G‘oliblar Ogahiy nomidagi ijod maktabi "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida tantanali tarzda taqdirlanadilar.

🌐Telegram | Facebook