XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.29K videos
32 files
5.97K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Tanlov

(Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'qituvchi va o'quvchilari uchun)


E’LON

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati va "Mangulik jamoli" jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Matnazar Abdulhakim tavalludining 7⃣6⃣ yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

📄 1. “Eng yaxshi bag‘ishlov” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Matnazar Abdulhakim she’rlari (g‘azallari, Xorazmcha ijod namunalari) ga nazira bog‘langan yangi ijod namunasi yaratishlari lozim.

🖥 2.  “Eng yaxshi ijrochi” - Matnazar Abdulhakimning ijod namunalaridan ishtirokchi o‘zi xohlagan bir she'rni ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlashi lozim. Davomiyligi 2-4 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim.

📝 Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan alohida aniqlanib, joriy yilning 20-fevral kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Xorazm adabiy muhitining o‘ziga xos darg‘alaridan biri bo‘lmish Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish, uni keng ommaga targ‘ib qilish, shoir tavalludini bayramona tarzda o‘tkazish, ijodkor va iste'dodlilarni aniqlash, ularni rivojlantirish, rag'batlantirish reja va maqsadimizdir.

📩 Tanlov uchun tayyorlagan ishlaringizni
+998942364224 (@XorunMuso) telegram raqamiga yuboring! Tanlovga ijodiy ishlar 1-fevraldan 15-fevral sanasi yakunigacha qabul qilinadi. Tanlovga yuborilgan materiallar saralanib, Ogahiy ijod maktabining https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi kanalida e’lon qilinadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

🔘 Tanlov materiallari Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Ogahiy ijod maktabi pedagoglaridan tuzilgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi.

‼️ Eslatma: tanlovda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etmaydi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#жадидчилик

O‘quvchilarni jadidchilik faoliyati bilan keng tanishtirish maqsadida yangi loyiha yo‘lga qo‘yilmoqda


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kitobxonligini oshirish, ularni buyuk vatandoshlarimizning shonli hayot yo‘li va ijodiy merosi bilan tanishtirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda o‘tgan asr boshlarida faoliyat yuritgan buyuk jadid taraqqiyparvarlarining hayoti va ijodi bilan tanishtirish hamda faol kitobxonlar safini kengaytirishga qaratilgan yangi loyiha (tanlov) tashkil etilmoqda.

🔹Kuni kecha mazkur loyihani yuqori darajada tashkil etish uchun yurtimiz madaniy hayotida faoliyat olib borayotgan malakali ekspertlar — filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov, tarixchi olim Bahrom Irzayev, yozuvchi Javlon Jovliyev, adabiyotshunos Shahnoza Nazarovalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur tanlov Nizomi loyihasi ishlab chiqildi hamda keng muhokama qilindi.

✔️ Qizg‘in muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda ekspertlar tomonidan har bir shartga alohida e’tibor qaratish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, bunda o‘quvchilarga xos bo‘lgan jihatlarini inobatga olish, tanlov shaffofligini ta’minlash bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonasi rahbari Shohista Ismoilova boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning yorqin xotirasiga bag'ishlangan davra suhbatidan lavhalar.

𝘋𝘢𝘷𝘳𝘢 𝘴𝘶𝘩𝘣𝘢𝘵𝘪 𝘫𝘢𝘳𝘢𝘺𝘰𝘯𝘪𝘥𝘢 𝘐𝘴𝘭𝘰𝘮 𝘒𝘢𝘳𝘪𝘮𝘰𝘷𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘝𝘢𝘵𝘢𝘯𝘪𝘮𝘪𝘻 𝘳𝘢𝘷𝘯𝘢𝘲𝘪 𝘺𝘰'𝘭𝘪𝘥𝘢 𝘲𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘦𝘻𝘨𝘶 𝘪𝘴𝘩𝘭𝘢𝘳𝘪 𝘩𝘢𝘲𝘪𝘥𝘢 𝘢𝘺𝘵𝘪𝘭𝘥𝘪.

🌐 Telegram | Facebook
Teknofest 2024: maktab oʻquvchilari, universitet talabalari bitiruvchilar uchun xalqaro tanlov!

Bu tanlov Turkiya tomonidan 2018-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Tanlov doirasida 40 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha turli musobaqalarda qatnashish mumkin.

Tanlovda boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari, kollej/akademik litsey oʻquvchilari, bakalavr va magistratura talabalari hamda bitiruvchilar qatnasha oladi.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirokchilarning loyihalarini moddiy jihatdan dastaklash uchun jami 1 mln 825 ming dollar ajratiladi
– Tanlovda sovrindor jamoalarga 995 ming dollar mukofot puli taqsimlab beriladi
– Final bosqichi Turkiyada boʻladi – qatnashish uchun transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/teknofest-technology-competitions/

@grantlar
#new_Uzbekistan_university

📣 Iqtidorli va serg‘ayrat maktab o‘quvchilari diqqatiga!

❄️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki oromgoh”ga qabul boshlandi.

Oromgohda sizni quyidagilar kutmoqda:
🔹startap loyiha yaratirish bo‘yicha malakali mentor va xorijlik professorlardan 5-kunlik onlayn darslar;
🔹darslarni puxta o‘zlashtirgan qatnashchilar uchun startaplar tanlovi;
🔹tanlov g‘oliblari uchun qimmatbaho sovg‘alar, “Yozgi oromgoh”ga yo‘llanma hamda turli kompaniya va korxonalarga bir kunlik sayohat.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish 9-fevralga qadar davom etadi.

❗️Mazkur loyihada faqat 8-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

#qishki_maktab #winter_school

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bogʼot_IM
#OAV_biz_haqimizda

📣
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoitlar, mintaqaviy va xalqaro olimpiadada erishilgan yutuqlar haqida Xorazm telekanalining "NAJOT BILIMDA" ko'rsatuvida keng yoritib berildi.

Marhamat, tomosha qiling.

🌐 Telegram | Facebook
#Premyera_spektakl
#Ogahiy_ijod_maktabi

🎭 "JALOLIDDIN MANGUBERDI" SPEKTAKLI O‘QUVCHILAR TOMONIDAN IJRO ETILDI


📆 Joriy yilning 31-yanvar sanasi Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Drama" to‘garagi rahbari Elyorbek Otaboyev tomonidan sahnalashtirilgan "Jaloliddin Manguberdi" bir pardali spektaklini to'garak a'zolari ijrosida namoyish etilishi bilan tarixda muhrlandi.

🔘 Xorazm elining mard o‘g‘loni hayoti aks ettirilgan spektakl orqali tomoshabinlarga o‘tmish qahramonimiz siymosi mahorat bilan ko'rsatib berildi.

🔻
Teatr tomoshasidan so‘ng maktab direktori S.Abdullayev, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sadullayev va ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Matyoqubovalar o‘zlarining spektakl taassurotlari haqidagi iliq fikrlarini bildirib o‘tdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xorazm | BBA
🖼 Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

👍 Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

💳 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

✍️ @BBAXorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#menejerlik_oʻquv_kursi
#taʼlim_islohoti

USTOZ VA SHOGIRD MENEJERLIK OʻQUV KURSI HAQIDA


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari direktorligiga nomzodlarni o‘qitish maqsadida menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilganligidan xabaringiz bor.

O‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad nima;

mashg‘ulototlarga kimlar jalb etiladi;

o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar qayerga murojaat qiladi;

menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan nomzodlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

👏 An’anaga muvofiq Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videolavhadan yuqoridagi savollarga to‘liq javob topasiz.

❗️Menejerlik o‘quv kursi — zamonaviy direktorlar maktabi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM