XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
32 files
6.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi
#Tuproqqalʼa_IM

👨‍✈️ 2024-yil 17-yanvar kuni Tuproqqal'a tumani    Ixtisoslashtirilgan maktabida10-, 11-sinf o‘quvchilari bilan "Ofitserlik-sharafli kasb" shiori ostida "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi va qoidalari" mavzusida oliy harbiy ta'lim muassasalari bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazildi.

VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik X.Eshchonov.

🌐 Telegram | Facebook
#Ogahiy_ijod_maktabi

📝 Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova tomonidan 7-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Mening fikrim" loyihasi tashkil qilindi.

💭 Loyihada asosan o‘quvchilar kelajakdagi maqsadlari, sinfni qanday boshqarish uslublari bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Belgilangan shartga ko‘ra o‘quvchilar maktab haqida taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.

📸 Jarayondan foto lavhalar.


🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Diqqat_eʻlon
#Kitob_taqdimoti

JUMANAZAR YO‘LDOSHNING KITOB TAQDIMOTIGA MARHAMAT!


📖 Aziz vohadoshlar! Ogahiy nomidagi ijod maktabida katta adabiyot bayramiga marhamat.
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

📚 Barcha ijodga begona bo‘lmagan aziz muhiblarimizni adabiyot bayramiga taklif etamiz!

🕰 Barchangizni joriy yil 19-yanvar soat 15:00 da Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da bo‘lib o‘tadi.

🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
Forwarded from GrantGO
Maktab va oʻrta-maxsus taʼlimidagi oʻqituvchilar uchun AQShda to'liq moliyalashtiriladigan bir yarim oylik amaliyot — Fulbright TEA dasturi

Talablar
— O'rta maktab, akademik litsey va kollejda to'liq stavkada ingliz tili, matematika, tabiiy, ijtimoiy fanlar, tarix, huquq, global tadqiqotlar, media tadqiqotlari, jurnalistika va kommunikatsiya bo'yicha dars berish;
— Bakalavr darajasi va kamida to'liq 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lish;
— Ingliz tilini bilishi kerak. (Sertifikat so'ralmaydi)

Foydali tomonlari
— AQShga borish-kelish; ichki transport xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Bepul turarjoy va oziq-ovqat; kunlik stipendiya beriladi;
— Tibbiy sug'urta xarajatlari moliyalashtiriladi.

Oxirgi muddat
20.02.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/84177

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“BIBTEXNIKA” KARVONI XORAZM VILOYATIGA YETIB KELDI

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 19-sentabrdagi 329-sonli buyrug‘ining 2 -ilovasiga muvofiq BIBTEXNIKA vositalari joriy yilning 17-yanvar kuni Xorazm viloyatiga yetib keldi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Tuproqqalʼa_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida biologiya fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining maktab ichki bosqichi o'tkazildi.

🎁Olimpiadaning faol ishtirokchilari va faxrli 🥇🥈🥉 o'rin sohiblari diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#uchrashuv
#hamkorlik
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 18-yanvar kuni Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori Javohir Karimov bilan davra suhbati tashkil qilindi.

❇️ J.Karimov davra suhbat davomida o'zi erishgan yutuqlar, oilada ota-onasining o'rni va asosan o'quvchilarni qiziqtirgan respublika "Yosh kitobxon" tanlovida ishtiroki va kelajakda oldiga qo'ygan maqsadlari xususida o'rtoqlashdi.

🌐 Telegram | Facebook
13 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan maktab o'quvchilari uchun AQShda matematika fani bo'yicha ixtisoslashtirilgan oromgoh — Mathcamp

Talablar
— Dasturda maktabning o'rta va yuqori sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin;
— Qatnashchilar 13-18 yosh oralig'ida bo'lishi lozim (2005-yil 4-avgustdan 2011-yil 30-iyungacha). 19 yoshdagilar ham qatnashishi mumkin, ammo maktabda o'qiyotgan bo'lishi yoki yaqinda bitirgan bo'lishi kerak;
— Ishtirokchilar oromgohda faol qatnashishlari uchun algebra, geometriya, logarifmlar kabi bir qator fanlar doirasida yetarlicha bilimga ega bo'lishlari kerak;

Foydali tomonlari
—Moliyaviy yordam asosida dastur ishtirokchilarning xarajatlarini to'liq qoplab berilishi ko'zda tutilgan;
— Nomzodlarga viza uchun yordam beriladi;
— Transport xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
06.03.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/91275

#tanlovlar #stipendiya #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

🗺 Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Sinov_test

📊 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛ida

📈 navbatdagi IELTS test tizimidan repititsion test mashg'uloti o'tkazildi. Bu 2024-yildagi birinchi test bo'ldi.

School counselor/ Maktab Maslahatchisi

🌐 Telegram | Facebook