XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
20.2K photos
1.36K videos
32 files
6.17K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#ijod_maktablari
#vikipediya

Agentligimiz tizimidagi ijod maktablarida "Vikipediya" hamda Yoshlar ishlari agentligi loyihasi bo‘lgan – “VikiStipendiya” mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oflayn, tizimidagi ijod maktablarining o‘quvchi va o‘qituvchilari esa onlayn ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mazkur loyihaning mas’ul xodimlari ishtirokchilarga “VikiStipendiya marafoni” loyihasi hamda o‘zbekcha Vikipediya haqida batafsil tushunchalar berishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xonqa_IM
#Tabriklaymiz

🎉 Bugun Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini boshlaganiga 1 yil to‘lganligi munosabati bilan "1 yoshing muborak, maktabim!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.

🎗Dastlab fan olimpiadasi hamda Hokim olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchiar, xalqaro va milliy toifadagi sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ma'muriyat tomonidan Agentlik logotipi tushirilgan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

⚡️O‘quvchilar musiqiy chiqishlari, savollar viktorinasi kabi ma'rifiy o‘yinlar bayramga yanada fayz kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook
#вазир_жамғармаси

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1450

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Bogʼot_IM

🖥
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining xalqaro olimpiada g'olibi Maqsadbek Egamberdiyev va ustozi Ne'matjon Kamalovlar "Assalom Xorazm" ko'rsatuvi mehmoni bo'lishdi.

🌐
Telegram | Facebook
#ishga_taklif
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rindoshlik asosida Kutubxonachi lavozimiga vakant e’lon qiladi.

Talablar:
🔹Mutaxassisligi bo'yicha Oliy ma'lumot va kamida 1-3 yil ish tajribasi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Talabgorlar haqidagi ma'lumotnomalarni (ma'lumotnoma, passport yoki ID karta, Diplom) joriy yilning 25-yanvar kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  @IMA_qushkupir_bot

Manzil: Qo'shko'pir tumani, Chamanzor MFY, Sh.Rashidov ko'cha 69-uy

📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun:
+998-97-529-08-02
+998-97-364-68-71

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Uchrashuv

🌐Toshkent Shahridagi Inha Universiteti 2-kurs talabasi Hajiyeva Diana Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10- va 11- o'quvchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.

📍Uchrashuvda Diana Hajiyeva o'quvchilarni universitetdagi sharoit va imkoniyatlar hamda qabul jarayonlari bilan tanishtirdi.


🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#Sinov_test

📊 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab-internat maslahatchisi D.Iskandarova tomonidan 11-sinf o’quvchilarining oliy o’quv yurtlari uchun kirish imtihonlariga tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida  o'zlarining tanlagan yo'nalishi bo'yicha namunaviy test sinovlari olindi.

⚡️Natijalar tez orada e'lon qilinib, o'quvchilar bilan tahlil qilinadi.

🌐 Telegram | Facebook