XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik        

Ijod maktabida OTM kafedralari boʻlinmalari ochildi


Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida muloqotlar tashkil etilib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, amaliy ishlar belgilab olindi. Muloqotlar yakunida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va TDSHU oʻrtasida qo'shma qaror, UrDU bilan qo'shma buyruq imzolandi.

✔️Shu munosabat bilan ijod maktabida TDSHUning “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’linmasi, UrDUning "O'zbek tili va adabiyoti" va "Roman-German filologiyasi" kafedralari filiallari tashkil etildi.

🇰🇷Amaliy ishlar doirasida Koreyashunoslik fakulteti dekani Sh.Usmonova boshchiligida Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi
tashrif buyurdi. Maktab o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, TDSHU, undagi Koreyashunoslik fakulteti haqida taqdimot qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
👏2
#Qaror_ijrosi_amalda
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓 Prezidentimizning "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-sonli qarorida "Ustoz-shogird" an'analari asosida ijod maktablari o'qituvchilarining kasbiy va ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish vazifalari ham belgilangan.


📍 Joriy yilning 25-sentabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida UrDU bilan tuzilgan hamkorlik rejasiga asosan, filologiya fanlari doktori, UrDU dotsenti Doniyor Yo‘ldoshev "Oʻzbek tili punktuatsiyasida tinish belgilar bilan bog‘liq muammolar" mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.

Treningda asosan yozuvlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan punktuatsiya belgilari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook