XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Taqdirlash_marosimi
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 13-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ustozimga dil izhorim" nomli tanlovning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Taqdirlash marosimida nazm, rassomchilik va videorolik yo‘nalishlari bo‘yicha munosib ishtirok etgan viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilar va pedagog-ustozlar ishtirok etishdi.

🔻Marosimda maktab direktori Sarvar Abdullayev va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayevlar g‘oliblarni e'tirof etib ularni taqdirladilar.


❇️ Yakunda mehmon ustozlar tomonidan tadbir bo‘yicha fikrlar bildirildi. Tashkilotchilarga minnatdorlik izhor qildilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍2
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Taqdirlash_marosimi
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 13-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ustozimga dil izhorim" nomli tanlovning taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍1
⚡️15-oktabr kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu turnirda Xorazm viloyati nomidan ishtirok etuvchi jamoalardan biri bo'lgan Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilar jamoasi  Toshkent shahriga jo‘nab ketishdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi bilan tanishing:
1️⃣ Baxtiyorov Jonibek
2️⃣ Muhammadiyev Boburshoh
3️⃣ Matkarimov Matkarim
4️⃣ Madrimboyev Dilmurod
5️⃣ Yusupov Yusufboy
6️⃣ Abdullayev Samandar
7️⃣ Baxtiyorov Lazizbek

Jamoa murabbiyi : Hakimov Farrux

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz imtiyozli tarzda toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi, hamda bir yil mobaynida har oyda toʻlab boriladigan Zakovat stipendiyasi bilan taqdirlanadilar.

❗️ Xorazm viloyati jamoalariga ushbu turnirda omad va zafarlar tilaymiz!
👍2
#Tayinlov

Abdullayev Nodirbek Atamuratovich — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan ochiq tanlov asosida, ijod maktabi direktorining buyrug'i bilan mazkur lavozimga tayinlandi.

Abdullayev Nodirbek tayinlovga qadar Ogahiy nomidagi ijod maktabining Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan.

Abdullayev Nodirbek Atamuratovichga bu sharafli va oʻz navbatida masʼuliyatli lavozimdagi vazifani bajarishdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍5
#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchi lavozimiga vakant e'lon qiladi:

Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi


Talablar:

🔹Kamida 2-malaka toifa;
🔹Fanni o‘qitish bo‘yicha tajribaga va yutuqlarga ega bo‘lishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Munosib ish haqi;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Hujjatlar joriy yilning 19-oktabr kuniga qadar quyidagi manzilga taqdim qilinadi: 

🔎 Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

☎️ Murojaat uchun telefon:
+998-99-429-59-18

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
👍2