XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO)da O'zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli o'quvchilar saralab olindi

Saralash bosqichida ishtirokchilarga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o‘quvchilarning ishlari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi.

⚡️ Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi o'quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi:

Azizbek Erkinov - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

Nursulton Ashiraliyev - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Murodbel Yuldashev - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi;

Rahimboy Vaysboyev - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;

Javohir Mamadaliyev - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi.

Eslatib o‘tamiz, 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailand davlatida o‘tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o‘quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishi rejalashtirilgan.

❗️Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz o'quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Ixtisoslashtirilga taʼlim muassasalari o‘quvchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichi boshlanmoqda!

🔄 Ushbu turnirda Xorazm viloyati nomidan ishtirok etuvchi jamoalar Toshkent shahridagi Zakovat Arenaga jamul-jam bo'lishdi.

💸 Turnirda Xorazm viloyatidan quyidagi jamoalar ishtirok qilmoqda:

😎 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilar jamoasi;
😎 Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi o'quvchilar jamoasi;
😎 Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilar jamoasi
.

Turnir 4 turdan iborat bo'lib, jami 48 ta savol o'ynaladi.


Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz imtiyozli tarzda toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi, hamda bir yil mobaynida har oyda toʻlab boriladigan Zakovat stipendiyasi bilan taqdirlanadilar
.


❗️ Xorazm viloyati jamoalariga ushbu turnirda omad va zafarlar tilaymiz!

🔥 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy telegram kanali: @ZakovatNNT 🔥
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "6" KUN QOLDI❗️

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabi o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida #Ona_tilim_faxrim chellenjini e'lon qiladi.

🎙Maktabimiz o'quvchilari Shaxrizoda va Murodbeklar atoqli shoir Muhammad Yusufning "Ona tilim" she'rini ifodali o'qidilar.

⚡️ Chellenjda siz ham faol ishtirok eting.

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#zakovat

⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi 1-turidan keyingi natijalar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat

⚡️ “Zakovat” turnirining respublika bosqichi 2-turidan keyingi natijalar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2