XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.37K videos
32 files
6.18K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Qabul_2023
#Prezident_maktabi
#Ijod_maktabi
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#10_iyun_30_iyun

DIQQAT, E'LON!!!

Hurmatli ota-onalar!

10-iyundan Xorazm viloyatida mavjud Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi va 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlariga, shuningdek, Xiva shahrida yangidan tashkil qilinayotgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

🔮Hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Kerakli boʻlgan hujjatlar:
▫️O‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi,
▫️3x4 fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan),
▫️ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va
▫️telefon raqamlari (doimiy ishlab turadigan),
▫️baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan)

Xiva shahridagi Prezident maktabi (5-sinfga qabul, shuningdek, bo'sh o'rin - 8-,9-,11-sinfda mavjud)

🔺2023/2024-o'quv yiliga Prezident maktablariga qabul bo'yicha batafsil
___

Ogahiy nomidagi ijod maktab-internati (7-sinfga qabul, shuningdek, bo'sh o'rin - 10-sinfda mavjud)

🔺2022/2023-o'quv yiliga Ijod maktablariga qabul jarayonlari bo'yicha batafsil
___

Hujjatlar quyidagi yo’nalishlar uchun qabul qilinadi:

1. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

2. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati -
aniq fanlar (5-sinf) yo‘nalishi mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 9-sinf (aniq fanlar)da mavjud

3. Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud

4. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 8-,11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

5. Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

6. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud.
Shuningdek, bo'sh o'rin - 10-sinf (aniq fanlar) va 10-sinf (tabiiy fanlar)da mavjud

7. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud.
Shuningdek, bo'sh o'rin - 8-sinf (tabiiy fanlar)da mavjud

8. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) yo‘nalishi mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 6-,10-,11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

9. Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) yo‘nalishi mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 10-,11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

10. Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud

11. Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
aniq fanlar (5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinf) yo‘nalishi mavjud

📆 Qabul shu yilning 30-iyuniga qadar (shu kuni ham kiradi) davom etadi.

🔍 IMTIHONLAR:

Aniq fanlar
uchun imtihonlar:
5-7- sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq),
8-11- sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya 8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq).

Tabiiy fanlar uchun imtihonlar:
7-sinflar uchun tabiiy (Science) fandan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq,
8-11- sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo 20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq).

🔺 2023/2024-o'quv yiliga Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul bo'yicha batafsil




☎️ Call markaz: 12-06
June 10, 2023
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.

☎️
Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 18, 2023
#prezident_maktabi
#qabul_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

1️⃣-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida)
2️⃣-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

🌐Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

❗️Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 7, 2023
#imtihon_2023
#prezident_maktabi

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA!

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma;

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar;

✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

❗️Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 14, 2023
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sa'dullayeva Madina Koreya davlatidagi "Sogang" universitetiga o‘qishga qabul qilindi.

"Sogang" universiteti Seul shahrida joylashgan nufuzli tadqiqot universiteti hisoblanadi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 28, 2023
September 27, 2023
October 6, 2023
October 9, 2023
October 10, 2023
October 11, 2023
October 13, 2023
October 17, 2023
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktabi

🗺Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Jonibek Baxtiyorov AQSh universitetlaridan talabalikka qabul hujjati va grantlarini qoʻlga kiritdi:
Wingate University – $112000
University of Arizona – $ 52000

Maʼlumot uchun, Jonibek bir necha bor shaxmat boʻyicha respublika musobaqalari gʻolibi va IELTS imtihonidan 7.0 balli sertifikat sohibi boʻlgan.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 4, 2023
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 2, 2024
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 17