XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.98K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik tadbirkor o‘z o‘qituvchisiga 2 xonali uy sovg‘a qilgani haqidagi xabarni o‘qib, rosti juda xursand bo‘ldim.

⚡️ Ustozlarni e’zozlash an’anaga aylanayotgani rost bo‘lsin!

O‘z o‘rnida, biz ham saxovatli yurtdoshimizga minnatdorlik bildirishni niyat qildik.
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
#intervyu
#Bogʻot_IM

🎉 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o'qituvchisi Kamalov Ne'matjon o'qituvchi va murabbiylar bayramining respublika tadbirida faol ishtirok etib qaytdi.

🎤 Kamalov "O‘zbekiston-24" dasturiga bergan intervyusida bugungi kunda davlatimiz tomonidan pedagoglarga yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida samimiy fikrlarini bildirib o'tgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning 6-"A"sinf o‘quvchisi

🏅 Sa'dullayeva Gulasal - Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro "Hippo-2023" ingliz tili olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, 90 ballik natija bilan A2 darajadagi sertifikat hamda medalni qo‘lga kiritdi.

🔖 Shuningdek, Gulasal O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🔥Gulasalning ota-onasi va ustozlarini ham ushbu yutuq bilan qizg'in muborakbod qilamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#Tabriklaymiz

🇺🇿Viloyat hokimi olimpiadasining 10-turi Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazildi, unda 215 nafar xorazmlik va buxorolik o‘quvchilar qatnashdilar. Prezident maslahatchisi Qahramon Quronboyev g‘olib o‘quvchilarni taqdirladi.

💥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan g'olib bo'lgan o'quvchilar:

Qo'shko'pir tumani IM:
🥇 Rahimberganova Muslimaxon
(matematika 5-6) 1- o'rin va 5 mln

Bog'ot tumani IM:
🥇Farhodov Oybek
(fizika 7-8) 1-o'rin va 5 mln
🥈Botirov Shohrux (matematika 7-8) 2-o'rin va 4 mln

Shovot tumani IMI:
🥈To'raxonov Mirzobek (fizika 7-8) 2-o'rin va 4 mln

Tuproqqal'a tumani IM:
🥈Xudayberganova Go'zalxon (matematika 5-6) 2- o'rin va 4 mln

Xiva shahridagi Prezident maktabi:
🥉Abdullayev Jaloliddin
(matematika 5-6) 3-o'rin va 3 mln

Hazorasp tumani IM:
🥉 Baxtiyorov Doniyor (fizika 7-8) 3-o'rin va 3 mln

❗️Olimpiadaning keyingi turi oktabrning 4-haftasida Xiva tumanida matematika va kimyodan o‘tkaziladi.

🌐 Telegram | Facebook
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Qoʻshkoʻpir_IM

🏢 Agentlik tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Bekdurdiyev Zufarbekning mehnat faoliyati haqida:

"Ustoz-2021" Milliy tanlovining "Umid timsollari" nominatsiyasida Respublika bo'yicha kuchli 10 talik ustozlar qatoridan joy olgan;

2022-yilda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan "Fan to'garaklari" Respublika tanlovida faxrli 1-o'rinni egallab, zamonaviy monoblok sohibi bo'lgan;

2022-yil Urganch Davlat Universitetida "CIMPA school", "International mathematics union" hamkorligida tashkil qilingan Xalqaro konferensiyada ishtirok qilgan;

2023-yil mart oyida Xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritgan;

SEAMO (Janubiy Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi) da o'quvchilari muntazam qatnashib, 1 ta oltin, 2 ta bronza medali sohibi bo'lishgan;

"Viloyat hokimi olimpiadasi" da 6-sinf o'quvchisi Muslimaxon Rahimberganova faol ishtirok qilib, 3 marta g'olib bo'ldi.
#Summativ_baholash

Yangi baholash tizimi tizimi joriy etilayotgan maktablarda "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusidagi seminarlar davom etmoqda

Urganch shahar 5- va 15-son maktab o'qituvchilariga A.Bekberganov hamda D.Xo'jayazovalar,

Urganch shahar 13-son maktabda R. Matrasulova, metodistlar N.Axmedova, H.Jabborova va T.Yusupovlar,

Xonqa  tumani 48-son ixtisoslashgan maktab-internatida M.Xasanov, U.Qodirovlar seminar- trening mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

📌Seminarlarda ayni maktablarda dastlabki BSB nazoratlari o'tkazila boshlangan davrda yuzaga kelayotgan savollarga javoblar berilib, formativ baholash to'g'risidagi fikrlar muhokama qilindi.

🌐 Telegram | Facebook