XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.1K subscribers
23.4K photos
1.59K videos
32 files
6.97K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Summativ_baholash

Yangi baholash tizimi bo'yicha:

Shovot tuman IMIning trener o'qituvchilari I.Matmuratov va H.Olimovlar tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabning pedagogik jamoasi bilan

Ogahiy nomidagi ijod maktabining trener o'qituvchisi M. Masharipov tomonidan Xiva tuman 8-son maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga

Yangibozor tumani IM trener-o‘qituvchilari Z. Vaisova va S. Raximboyevalar tumandagi 33-IDUMning pedagoglari bilan

"Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish" mavzusida navbatdagi trening mashg‘ulotlarini olib bordilar.

🌐 Telegram | Facebook
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʻa_IM

🏢 Agentlik tizimidagi Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Matyaqubova Lobarxon mehnat faoliyati haqida:

2016-2017-o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi" ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi g'olibi;

2017-yil Buyuk Britaniya Glazgov Kaledoniya universitetida malaka oshirgan, xalqaro trenerlik sertifikatiga ega;

2017-2018-o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi bo'lib, Xalq ta'limi vaziri Sh. Shermatovning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi;

2020-yilda "Xalq ta'limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;

2021-yil 29-oktabrda "Yil ayoli" tanlovi tuman bosqichi g‘olibi;

Ustozning samarali faoliyati davomida tahsil olgan ko‘plab o‘quvchilari,  Xalqaro IELTS sertifikatlarni qo‘lga kiritib,  chet el universitetlarida talaba bo'lishgan va turli sohalarda yetakchilik qilmoqdalar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#ADABIY_MUHIT

Xorazm teleradiokanalining "Adabiy muhit" ko'rsatuvi buyuk mutaffakkir Muhammad Rizo Ogahiyning avlodlarga qoldirgan bebaho merosiga bag'ishlandi.

Ko'rsatuvda Xiva "Ichanqal'a" muzey qo'riqxonasi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamkorligida Ogahiy uy muzeyida o'tkazilgan "Ogahiyni yod etib" tadbiri jarayonlari aks etgan bo'lib, unda Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari, iqtidorli o‘quvchilari faol Ishtirok etganlar.

Yuqorida ko'rsatuvni to‘liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin.

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

Tarixchilar 4-oktabrni Oʻzbekiston va uning xalqi hayotidagi eng qonli kun, deb atashadi.

1938-yil 4-oktabr kuni SSSR oliy sudining harbiy kollegiyasi oʻzbekistonlik 507 nafar siyosiy mahbusni otuv hukmini ijro etgan.

Ular orasida oʻzbek adabiyoti klassiklari, jadid bobolarimiz Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon va Abdurauf Fitrat ham bor edi...

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_òqituvchilarimiz_bor

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi Sapayev G‘ayrat Rustamovich viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Ustozning o‘quvchilari o‘tgan o‘quv yili davomida bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan,

▪️PDP universiteti va KHISO olimpiadasi hamkorligida tashkil qilingan Respublika olimpiadasining "Platinum" ligasida 3 nafar o‘quvchi pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
▪️Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasida ham ustozning o‘quvchisi bronza medali sohibi bo‘ldi.

🏆 Joriy o‘quv yili ham ustoz uchun shogirdlarining yutuqlari bilan boshlandi. 8-"A"sinf o‘quvchisi Bayjonova Dilnura Viloyat hokimi olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

🔥 Ustozning ish faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘laversin.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari
agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  2 nafar o'qituvchilari:

Egamberdiyev Atabek Ro'zimovich - "Xalq ta’limi fidoyisi" hamda

Jumaniyazov Xushnud Durdiyevich - "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

👏 Yuksak e'tibor va e'tirof bilan ustozlarimizni tabriklaymiz.

🌐
Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_1_son_IMI

▪️ Xiva shahar hokimi Temur Davletov Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar va maktab binosi hududidagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, ta'lim olayotgan o'quvchilar bilan suhbatlashdi.

🌐 Telegram | Facebook