XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#psixolog_faoliyati
#Urganch_shahar_1_son_IMI

YANGI O’QUV YILIGA TAYYORGARLIK

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Atajanova tomonidan pedagog xodimlarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida psixologik trening tashkil etildi.

📍
Maqsad: yangi o’quv yilini yaxshi kayfiyat bilan boshlashga erishish, ijobiy kayfiyatni ko’tarish.

🌐Telegram | Facebook
#psixolog_faoliyati

📸 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar psixologlari faoliyatidan lavhalar.

Urganch shahar IMIga 2024-2025-o’quv yilida yangi qabul qilingan o’quvchilarga maktab psixologi L.Atajanova “Kelajakdagi orzular” treningini o’tkazdi.

Yangibozor IMIda psixolog Y.Vapoyeva "Kayfiyat yo'lagi" loyihasini o'tkazdi.

Shovot tuman IMI psixologi H.Yusupova 5- sinf oʻquvchilari bilan "Keling, tanishamiz" jarayonlarini tashkil qildi.

Xonqa tuman IM psixologlari Sh.Xayitova, S.Quramboyeva tomonidan 5-sinfga yangi qabul qilingan oʻquvchilar bilan "Yangi maktabda men" tanishuv jarayonlari tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#psixolog_faoliyati

🤩 Xiva shahridagi Prezident maktabi psixologi tomonidan Prezident maktabiga yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilari bilan “Tanishuv, maktab hayotiga va tengdoshlariga moslashuv” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Ushbu psixologik trening o‘quvchilarda ahillik, birdamlik, tengdoshlari bilan do‘stona muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘mak beradi. 5-sinf o‘quvchilarining maktab hayotiga moslashuviga ko‘mak beruvchi bunday treninglar davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#psixolog_faoliyati

📸 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar psixologlari faoliyatidan lavhalar.

Urganch shahar 1-son IMI amaliyotchi psixologi Laylo Atajanova maktabga yangi qabul qilingan 5-sinf o'quvchilari ishtirokida "Maktabdagi ilk kunlarim” nomli trening mashg'ulotini o'tkazdi.

Bog'ot tuman IM psixologi Ollanazarova Shoira boshchiligida 5a, 5b, 7d-sinf òquvchilari bilan "Maktabdagi ilk kunlarim" nomli tanishuv treningi, temperamentni aniqlash metodikasi, smayliklar va yorqin kayfiyat trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Shovot tuman IMIda maktab-internati psixologi Hilola Yusupova tomonidan "Men kimman yoki nimaman" o'yini o'tkazildi.

Xiva shahar 2-son IM psixologi Sabohat Qalandarova 5-sinf o'quvchilari bilan psixologik trening o'tkazdi. Trening jarayonida o'quvchilarning orzulari, maqsadlari, kelajak rejalari aniqlandi.

🌐
Telegram | Facebook
#psixolog_faoliyati
#Urganch_shahar_1_son_IMI

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati maktab psixologi Laylo Atajonova faoliyatidan lavhalar:

11-sinf o’quvchilarining kasbiy moyilligini va kelgusidagi rejalarini aniqlash maqsadida maktab maslahatchisi R.Quryazova bilan hamkorlikda "Kasbga yo‘naltirish" so‘rovnomasi o’tkazildi.

O‘quvchilar ertalabdan darslarga yuqori kayfiyat va pozitiv emotsiya bilan kirishlarini ta‘minlash va bu orqali dars samaradorligini oshirish yangi qabul qilingan o'quvchilar uchun nootatiy kutib olish usuli tashkil qilindi.

10-sinf o'quvchilariga ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga keladigan zo'riqishlarni oldini olish maqsadida musiqa terapiya (karaoke kuylash) mashg‘ulotini o‘tkazdi.

🌐 Telegram | Facebook
#psixolog_faoliyati
#Shovot_IMI

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab- internatida maktab-internat psixologi H.Yusupova tomonidan

⚡️6-sinf o'quvchilari bilan ART TERAPIYA ning zamonaviy metodlaridan biri FOTO TERAPIYA mashg'uloti o'tkazildi. O'quvchilar "KELAJAK ORZULARIM" nomli KOLLAJ tayyorladilar.

⚡️6-"A" sinf o''quvchilari bilan "POZITIV YO'LAKCHA" nomli trening mashg'uloti o'tkazildi.

⚡️5-sinf o'quvchilaridan "TEMPERAMENT TESTI" olindi. Temperament va uning turlari haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berildi. O'quvchilarning qaysi temperament tipiga kirishi aniqlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#psixolog_faoliyati

Xiva shahridagi Prezident maktabida 7-sinf o’quvchilariga “O‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari” mavzusida trening, 11-sinf o’quvchilari bilan suhbat va qiziqarli motivatsion o’yinlar tashkillashtirildi.

Qo‘shko‘pir tuman IM psixologi tomonidan 5-sinf o‘quvchilari uchun tashkil qilingan treningda "Qor yig‘imi", "Xotira mashqi", "Salat" mashqlari va enerjayzerlardan foydalanildi.

Yangibozor tuman IMIda psixolog tomonidan yangi qabul qilingan o'quvchilar bilan tanishuv mashg'ulotlari tashkil qilindi.

Bog'ot tuman IMda CHQBT rahbari va psixolog hamkorlikda barcha sinf o‘quvchilariga "Vatan bu-" mavzusida trening mashg'uloti tashkil etishdi.

Xonqa tuman IMning 8-sinf o'quvchilarida temperamentni aniqlash maqsadida test va "Avtoportret" proyektiv metodikasi o'tkazildi.

Xiva shahar 2-son IMda S.Qalandarova tomonidan "Jumboqli sandiq" nomli qiziqarli trening tashkil etildi.

Tuproqqal'a tuman IMda 5-sinf o‘quvchilariga "Tanishuv trening" o‘tkazildi.

🌐 Telegram|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tuproqqalʻa_IM
#Psixolog_faoliyati

💥 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-A sinf o‘quvchilari bilan "5-sinf bo‘lish osonmi?" trening mashg'ulotlaridan videolavha.

🌐 Telegram | Facebook