Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
524 subscribers
6.43K photos
333 videos
19 files
1.39K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
"Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab pedagoglar jamoasi bilan "Jannat onalar oyog‘i ostida" filmini tomosha qildik!" 🎥🌟

🔸 Team Building Haftaligi doirasida:
Bugun 7-yanvar kuni biz "Jannat onalar oyog‘i ostida" nomli mazmunli va ta’sirli kinoni birgalikda tomosha qildik. Filmning tarbiyaviy ahamiyati va ona hurmatining qadr-qimmati haqidagi chuqur mazmuni barcha ishtirokchilarni hayratga soldi. 🌺

📽 Film haqida fikrlar:
– Ona va farzand o‘rtasidagi mehr-muhabbatni yodga soluvchi mazmunli daqiqalar.
– Hayotiy saboqlar va o‘zlikni anglashga chaqiruvchi asar.
– Jamoamizni yanada yaqinlashtirgan qimmatli daqiqalar.

🌟 Team Building Haftaligi davom etmoqda!
Bu kabi tadbirlar pedagoglar jamoamizni yanada birdam, faol va ilhomli qilishga xizmat qiladi. 💡

🔗 Siz ham birlashib, yangi ilhom oling! Ertaga, 8-yanvar kuni tashkil etiladigan "Zakovat Quiz" musobaqalarida faol ishtirokingizni kutib qolamiz!
#TeamBuildingHaftaligi #BirlikdaKuchmiz #YangiyerIM #Kinotime

Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Team Building Haftaligi doirasida 'Zakovat Quiz' intellektual musobaqasi o‘tkazildi!🧠


Bugun, 8-yanvar kuni Team Building Haftaligining uchinchi kuni, ajoyib intellektual musobaqa – "Zakovat Quiz" o‘tkazildi! Jamoalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi va do‘stona muhitda o‘zlarining eng yaxshi natijalarini namoyish qilishdi.

📚 Musobaqa davomida:
– Jamoalar turli mavzularda savollarga javob berishdi;
– Har bir ishtirokchi bilimini sinovdan o‘tkazib, jamoaga hissa qo‘shdi;
– Qiziqarli va o‘zgacha atmosfera hukm surdi

🌟 Zakovat turniri – bu nafaqat bilim olish, balki jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash va yangi qirralarni ochish uchun imkoniyatdir!

🔗 Team Building Haftaligi davom etmoqda – qo‘shiling va ilhomlaning!

#TeamBuildingHaftaligi #ZakovatQuiz #YangiyerIM #BirlikdaKuchmiz

Telegram