Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
508 subscribers
6.57K photos
344 videos
19 files
1.41K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Yangiyer_shahar_IM

📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o'qituvchisi Sayfutdinov Ilhom Mazamqul oʻgʻli fizika fanidan xalqaro GRE sertfikatiga sazovor bo‘ldi.

🔷 O‘qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting 👉 Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
#Yangiyer_shahar_IM
#mazmunli_tatil

📚Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining kuzgi ta'til davrini mazmunli o'tkazish maqsadida 5-sinf o'quvchilar ishtirokida O'tkir Hoshimovning  "Dunyoning ishlari", G’offur G’ulomning “Shum bola" asarlari asosida kitob taqdimoti o'tkazildi.

    📃 Taqdimot davomida o'quvchilar asarlar haqida ma'lumot berishdi. Bundan tashqari, o'qigan asarlaridan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Bizni kuzatib borish uchun 👇 Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
#Yangiyer_shahar_IM
#Teatr

    🏢 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va teatr sanʼatiga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 2024-yilning 9-noyabr sanasida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida "Toʻylar muborak" nomli komediya janridagi spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi. Sahnada roʻl ijro etgan aktyorlarning mahorati oʻquvchi yoshlarning teatrga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish bilan bir qatorda, ularga samimiy kulgu baxsh etib, madaniy hordiq chiqarishlari uchun ulkan xizmat qildi.

Bizni kuzatib borish uchun 👇 Telegram
#Yangiyer_shahar_IM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-B sinf o‘quvchisi Dildora Fayziyeva Chet tilini bilish darajasini aniqlovchi "Multilevel" imtihonidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

📌 Yangiliklarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
Telegram
Forwarded from Шоира(Шахло) Рахматуллаевна
#Yangiyer_shahar_IM
#Amaliy_mashg'ulot

🏢  Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanidan jarayonlari davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlanadi.
🔹 Dars mashgʻulotlarida nazariy va amaliy bilimlar birgalikda olib borilishi yoʻlga qoʻyilgan.
🔸Yillik taqvim rejaga asosan Kalashnikov avtomatining asosiy qism va mexanizmlari bilan tanishtirildi hamda noto'liq qisimlarga ajratish va qayta yig'ish usullari bajarildi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉t.iss.one/IMA_Yangiyer
Forwarded from Шоира(Шахло) Рахматуллаевна
#Yangiyer_shahar_IM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS

⚡️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-A sinf o'quvchisi Suyunova Yulduz xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ball natijani qoʻlga kiritdi.

🎧Listening - 8.5
📚Reading - 8.0
Writing - 6.0
🗣 Speaking - 6.5

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

📌 Yangiliklarni rasmiy sahifamiz orqali kuzating👇👇👇               
Telegram
Forwarded from Шоира(Шахло) Рахматуллаевна
#Yangiyer_shahar_IM
#Ota_onalar_bilan_muloqot_haftaligi

"Ota-onalar bilan muloqot haftaligi" boʻlib oʻtdi

🏢 Joriy yilning 19-20-21-22-noyabr kunlari Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Ota-onalar bilan muloqot haftaligi" doirasida 6-7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan navbatdagi muloqot boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida ota-onalar, pedagoglar va maktab rahbariyati ishtirok etdi.

Yigʻilish kun tartibi:

- I chorak yakunlari yuzasidan natijalar tahlili va erishilgan yutuqlar;
- Fan o‘qituvchilari bilan muloqot;
- Maktab rahbariyati bilan muloqot.


Tadbir chogʻida ota-onalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shu bilan birga, taʼlim jarayonini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi rejalar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

🟢 Ushbu muloqot barcha ishtirokchilar uchun foydali boʻlib, ota-onalar bilan yanada yaqin hamkorlikni taʼminlashda muhim qadam boʻldi.

Bizni kuzatib borish uchun 👇
Telegram
Forwarded from Yangiyer IM Shermatov Doniyor
#Yangiyer_shahar_IM
#Yangi_baholash_tizimi
#Amaliy_mashgʻulot

🏢Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab OʻIBDOʻ D. Shermatov va fan o'qituvchilari tomonidan 2024-2025-o'quv yilida yangi baholash tizimi bo'yicha tajriba-sinovdagi Xovos tumanidagi 1, 9, 14, 30-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilariga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarni ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi toʻgʻrisida amaliy mashgʻulot oʻtishdi.

📌Maktab o'qituvchilarining yangi baholash bo'yicha savollariga javob berishdi. BSB va CHSB topshiriqlari bo'yicha tayyorlanadigan barcha hujjatlar bo'yicha maktab rahbariyatiga hamda oʻqituvchilariga tavsiya va koʻrsatmalar beishdi.

⌛️ Umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram