NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
605 subscribers
12.6K photos
377 videos
6 files
1.93K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#Yangiqo'rg'on
#School counselor award
🏢Yangiqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab direktori D. Boychayev va maktab maslahatchisi N. Axmedovalar tashabbusi bilan "School counselor award" mukofoti tashkil etildi. O'quvchilar bu mukofotni qo'lga kiritish uchun maktabda tashkil etilgan fan olimpiadasida ishtirok etadilar.
🔆Maqsad bitta: oʻquvchilarimiz orasidan yangi yulduzlarni kashf etish, iqtidorlilarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirish!!!
Maktab O'IBDO' Sh. Xaydarov va barcha fan o'qituvchilari olimpiada jarayonlarini shaffof va muvaffaqiyatli o'tkazdilar.
💦Bu olimpiadani o'quv yili davomida har 15 kunda o'tkazib borishni an'anaga aylantirishni oldimizga maqsad qilib qo'ydik.
Zukko o'quvchilarimizga hamisha ilm olishlarida va davlatimiz uchun munosib farzand bo'lishlarida omadlar tilab qolamiz.
#MUVAFFAQIYAT
#YANGIQO'RG'ON

💦Yangiqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tahsil olayotgan o'quvchilarimiz sekin-asta ustozlarimiz mehnatlarini oqlashyapdi.
💥Yana bir o'quvchimiz fizika fanidan milliy sertifikatni qo'lga kiritdi.
⚡️Keyingi bosqichdagi imtihon topshiruvchi o'quvchilarimizga ham omadlar tilab qolamiz.
👀Bizni kuzatishda davom eting.
#MUVAFFAQIYAT
#YANGIQO‘RG‘ON

🔥Yangiqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ustozlarimiz o'quvchilarga bilim berish bilan cheklanib qolmay, ular o'z ustilarida ham ishlab sertifikatlarni qo'lga kiritishmoqda.
⚡️Ustozlarimizga Vatanimiz uchun eng munosib, ijodkor va zukko o'quvchilarga ta'lim berishda kuch-quvvat va zafarlar tilab qolamiz.
#JARAYON
#YANGIQO‘RG‘ON

🏢Yangiqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi Nargiza Axmedova va ingliz tili fani o'qituvchisi R.Abduvaliyev tomonidan  tumanimizdagi umumta'lim maktablarining ingliz tili fani o'qituvchilariga o'zaro tajriba almashish hamda metodik yordam ko'rsatish maqsadida o'quv seminari tashkil etildi.
💡O'quv seminardan ko'zlangan maqsad, ixtisoslashtirilgan maktabida dars o'tish metodlarini ko'rsatish, tajriba almashish uchun maktab o'quvchilari ishtirokida darslar tashkil etish hamda umumta'lim maktabi o'qituvchilarga metodik tavsiyalar berish.
🔆Seminar davomida maktab o'qituvchilari darslarida yuzaga keladigan muammolarga yechim topishdi.
Keyinchalik ham bu an'anani davom ettirish maqsadida telegram  gruppalar tashkil etib ularga yangi metodlar haqida tavsiyalar berib kelinmoqda.