Forwarded from Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
#Jarayon
#Navoiyga_ehtirom
#Ixtisosolashtirilgan_maktab
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni maktab direktori F.Begmatov kirish soʻzi bilan ochib berdi.Tadbir davomida maktab oʻquvchilari Alisher Navoiy ijodidan ruboiy va gʻazallar keltirdilar, XV-XVI asr voqealari sahna koʻrinishida namoyon etildi.
Alisher Navoiy va shoh Husayn Boyqaro oʻrtasidagi munosabatlar oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda namoyish etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar yigʻilganlarga quvonch bagʻishladi. Bayram tadbirida hamkor tashkilotlar va ota-onalar vakillari ham ishtirok etishdi.
Tadbir soʻngida maktabning faol oʻquvchilari taqdirlandi.
Maktab jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan barcha oʻquvchilar, shuningdek ona tili va adabiyoti fani ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.
https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab