NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
614 subscribers
15.6K photos
438 videos
6 files
2.35K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#Harbiy_vatanparvarlik_tarbiyasi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari maktabning Chaqiriqqacha yoshlarni boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari Gʻulomjon Saidov boshchiligida Pop tumanida joylashgan harbiy qismga sayohat uyushtirishdi. Sayohatda oʻquvchilar taktik-harbiy oʻquv mashgʻulotida ishtirok etdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Harbiy_vatanparvarlik_tarbiyasi
#Kosonsoy_IM

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari maktabning Chaqiriqqacha yoshlarni boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari Gʻulomjon Saidov boshchiligida Pop tumanida joylashgan harbiy qismga sayohat uyushtirishdi.

Sayohatda oʻquvchilar harbiylar hayoti haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish bilan bir qatorda taktik-harbiy oʻquv mashgʻulotida ham ishtirok etdilar.

Mana bunday sayohatlar yosh avlod qalbida vatanparvarlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Amir_Temur_tavalludi
#Harbiy_vatanparvarlik
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-aprel Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan harbiy vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi.

Harbiy vatanparvarlik tadbiri tumandagi bir qator hamkor tashkilotlar, Milliy gvardiya bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" harakati a'zolariga ko'krak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Tadbirda o‘quvchilar sport kurashlari, kamon va pnevmatik quroldan foydalanish mashqlarini amalda sinab ko‘rishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha hamkor tashkilotlarga, xususan maktab ChQBT rahbari G‘ulomjon Saidovga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍2🔥1
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#Harbiy_Vatanparvarlik

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab o'quvchilari va sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qo'mondoni o'rinbosari polkovnik Daminov Maqsud Mardonqulovich hamda Uchqoʻrgʻon tuman hokimi D.Mirxonov bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuv doirasida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 07648 harbiy qism orkestri va faxriy qorovul qo'shinlarining badiiy chiqishlari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#Harbiy_Vatanparvarlik

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvidan fotolavhalar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#Harbiy_Vatanparvarlik

🤩 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari, polkovnik Maqsud Daminov hamda Uchqoʻrgʻon tuman hokimi Dilshod Mirxonov bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.

Mehmonlar maktabda harbiy-vatanparvarlik targʻiboti yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholab, taʼlim maskani oʻquv jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Uchrashuvda mehmonlarga maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy dastur havola etildi. Harbiy qurollar koʻrgazmasi, harbiy orkestr va askarlarning jangovar chiqishlari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
#Harbiy_Vatanparvarlik

Bizning eng katta ishonchimiz, madad tayanchimiz - bu o'sib kelayotgan yosh avlodimizdir.
SH.M.MIRZIYOYEV

Yangi Namangan tuman tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi 07648 harbiy qism komandiri podpolkovnik Sh.Xakimov hamda Yangi Namangan tuman hokimi o‘rinbosari A.Isaqovlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Harbiy qurollar koʻrgazmasi, harbiy orkestr va askarlarning  jangovar chiqishlari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Uchrashuv davomida tashabbusli g‘oyalar bo‘yicha yoshlarning takliflari va fikr-mulohazalari o‘rganildi. Bahs-munozara tarzida tashkil etilgan uchrashuv yakunida bir guruh iqtidorli o‘quvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

@YangiNamanganTIM
👍1