NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
639 subscribers
10.4K photos
328 videos
6 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#Davra_suhbati


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Uchqoʻrgʻon tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jamilaxon Mahmudova hamda Jurnalistika va ommaviy axborot kommunikatsiyalar universiteti 4-kurs talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Muxlisa Mamajonovalar bilan maktab qizlari o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.

❇️ ❇️ ❇️
Jamilaxon Mahmudova o'quvchi qizlarning jamiyatda o'z o'rnini topishlari, faol va sog'lom turmush tarziga ega bo'lishlari bo'yicha fikr-mulohazalar, tavsiyalari bilan o'rtoqlashdilar.

✳️ ✳️ ✳️
Muxlisa Mamajonovaning samimiy suhbati, erishgan yutuqlari, hamisha maqsad sari olgʻa intilishga chorlovi qizlarimizning hayot yo'llarini to'g'ri tanlashlarida juda katta turtki boʻldi, deya olamiz

♻️ ♻️ ♻️
Bugungi kun maktab jamoasi va o'quvchilar hayotida unutilmas kunlardan biriga aylandi
👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Davra_suhbati
#Yangi_Oʻzbekiston_universiteti

🟢Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Yangi Oʻzbekiston universiteti talabasi Abdumutalov Sherzod va maktab bitiruvchilari oʻrtasida davra suhbati tashkil qilindi.
🧩Suhbat jarayonida Yangi Oʻzbekiston universiteti taqdimoti boʻlib oʻtdi.Unda universitetda talabalar hayoti va ularga yaratilgan sharoitlar,oʻqishga kirish tartibi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
🎯Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topdilar.
☝️Maʻlumot uchun Abdumutalov Sherzod Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ilk bitiruvchisi va Yangi Oʻzbekiston universitetining 4 yillik granti sohibi.
#Davra_suhbati

🏫Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchilari bilan "Halqaro va milliy sertifikatlar va xorijda oliy ta'limda o'qish" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

🔸 O'quvchilarga sertifikatlar haqida atroflicha ma'lumotlar taqdim qilindi va qiziqtirgan savollariga javob berildi.

🔹 Xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o'qish istagi bor o'quvchilarga, bu bo'yicha tushunchalar berilib hujjatlarni topshirish tartibi tushuntirildi.

Davra suhbati mazmunli va o'quvchilar uchun qimmatli ma'lumotlarga boy tarzda o'tkazildi.
#Kosonsoy_IM
#Davra suhbati

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligininig viloyat bo‘limi xodimi - J. Ergashev ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari-B. Xasanov hamda maktab maslahatchisi-Sh. Sultonovlar tomonidan maktabning bitiruvchi yoshlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

🖊Unda Davlat xizmatlarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va undan ko'zlangan maqsad-munosib kadrlarni davlat xizmatchisi sifatida shaffof holda tanlab olish hamda ularni rivojlantirish ekanligi tushuntirildildi.

Uchrashuvda bitiruvchi o'quvchilar o'zlarining istiqbol rejalari va unga erishishda ushbu agentlik tomonidan beriladigan imkoniyatlar, shuningdek, "El-yurt umidi" fondi tomonidan chet elda ta'lim oluvchilarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar borasidagi savollariga javob oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Navoiy_yodi
#Davra_suhbati
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida G‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan sana arafasida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbati maktabning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi M.Rahmonova tomonidan olib borildi . Navoiy ijodiga taalluqli qiziqarli ma‘lumotlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ma'naviy-ma‘rifiy tadbirlar davom etadi...

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#davra_suhbati

🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida

🎓 Bugun ta'lim muassasamizda, Yangi O'zbekiston univeristetining 1-bosqich talabasi, Sherzodbek Abdumutalov tomonidan davra suhbati olib borildi.

💫 Suhbat davomida, ta'lim muassasamizning 10-11-sinf o'quvchilari Yangi O'zbekiston univeristetida qanday qilib talaba bo'lish, ushbu universitetda talabalar uchun yaratib berilayotgan barcha sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz⤵️
Telegram | Facebook | YouTube
#davra_suhbati

🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida

🎓 Bugun ta'lim muassasamizda, Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi, Prezident stipendiyasi nomzodi Siddiqjonov Samandar ta'lim muassasamiz o'quvchilari uchun "Hayotda har bir fanning o'rni bor" mavzusida davra suhbati olib bordi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz⤵️
Telegram | Facebook | YouTube
#Namangan_tuman_IM
#davra_suhbati
#tashrif

🏢 Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida

♻️28.02.2024 kuni , dunyoning top 300 talik universitetlari ro'yhatiga kiruvchi AQShning New York universitetining  O'rta Osiyo davlatlari bo'yicha vakili Mr. Shahruh ishtirokida davra suhbati boʻlib o'tdi.

▶️Suhbat davomida, ta'lim muassasamizning 9-10-sinf o'quvchilari NYU qanday qilib talaba bo'lish, ushbu universitetda talabalar uchun yaratib berilayotgan barcha sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishadi.
#9_may
#davra_suhbati

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Toʻraqoʻrgʻon tuman mudofaa bo'limi bilan hamkorlikda o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan veteranlar va faxriylar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy sahifalariga ulanish ⬇️
Telegram  /  Instagram  /  Facebook
#Norin_IM
#Jarayon
#Davra_suhbati

KITOB - HAYOT  KO'ZGUSI.

📚📚📚 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda ular qalbida kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida  "ERTAKLAR - YAXSHILIKKA YETAKLAR " nomli suhbat 5-01A sinf o'quvchilari bilan birgalikda o'tkazildi. Suhbat davomida o'quvchilar o'zlarining sevimli ertak qahramonlari haqida so'zlab berdilar.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#YOSH_AKADEMIKLAR
#Davra_suhbati

🔷To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Fanlar akademiyasi akademiklari  va maktabning "Yosh akademiklar" klubi a'zolari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. 

🔵O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Akademik S.Y .Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyo instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori, texnika fanlari doktori, professor  SAGDULLAYEV SHAMANSUR SHAXSAIDOVICH, institutning yetakchi ilmiy xodimi, professor  SADIKOV ALIMJON ZAIROVICH, Institutning katta ilmiy xodimi  SANOYEV AKBAR ISOMIDDINOVICH suhbat davomida o'quvchilarga o'zlarining hayot yo'llari, ish faoliyati davomida erishgan yutuqlari haqida so'zlab berdilar.

O'quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob olishdi.

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan  maktabining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube