NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
617 subscribers
11.6K photos
350 videos
6 files
1.8K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Norin_IM
#Jarayon
#Davra_suhbati

KITOB - HAYOT  KO'ZGUSI.

📚📚📚 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda ular qalbida kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida  "ERTAKLAR - YAXSHILIKKA YETAKLAR " nomli suhbat 5-01A sinf o'quvchilari bilan birgalikda o'tkazildi. Suhbat davomida o'quvchilar o'zlarining sevimli ertak qahramonlari haqida so'zlab berdilar.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#Sog‘_tanda_sog‘lom_aql
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida shaxmatni keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida shaxmat-shashka to‘garagi tashkil etilgan.

To‘garak mashg‘ulotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi A.G‘ofurov murabbiyligida olib borilmoqda.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Taqdirlash
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ilm-fan va sportning turli yo'nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar.

5-6-sentabr kunlari Namangan viloyati "Barkamol avlod" bolalar va o'smirlar markazi tomonidan tashkil etilgan "Yosh konstruktor" tanlovida maktabimizning 9.02-sinf o‘quvchisi Asqaraliyev Firdavs g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Maktabda tashkil etilgan tadbirda Firdavs va uning ustozi Azimjon Ismoilovga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sportning jiu-jitsu turi boʻyicha oʻtkazilgan mintaqaviy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Gulmira Sobirjonova sport federatsiyasining diplomi bilan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ijodiy_uchrashuv
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Nihol" mukofoti sovrindori, el suygan san’atkor Guljahon Xolxo‘jayeva bilan Ijodiy uchrashuv tadbiri bo'lib o'tdi .

Uchrashuvda Guljahon Xolxo‘jayeva san’at sohasidagi faoliyati, ijod yo‘lidagi tinimsiz mehnati hamda o‘qib izlanishlarga boy O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasidagi talabalik hayoti haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.

Tadbir jo‘shqin kuy va qo'shiqlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab