NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Millat_bayrog'i

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i xalqimiz, ayniqsa, yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o'zligimizni chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo'lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo'lib hizmat qilayotganligi, shonli o'tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birdamlik kabi umuminsoniy tuyg'ularni o'zida mujassam etgan davlat ramzining mazmun - mohiyatini keng jamoatchilik, ayniqsa, o'quvchi yoshlar ongiga singdirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Millat bayrog'i" shiori ostida "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida madaniy-marifiy tadbir tashkil etildi.

@YangiNamanganTIM
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLADI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bir_bayroq_ostida_birlashamiz

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-03-T sinf o'quvchisi Rivojiddinov Shamsiddinning 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida tayyorlagan videoroligi.
#Muvaffaqiyat
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari navbatdagi yutuqni qo‘lga kiritishdi.

19-noyabr kuni, Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani 2 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan "Namangan ROBO-2024" musobaqasining "Robo fudbol" yo"nalishida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-02 sinf o'quvchilari Musayibxonov Muhammadamin va Asqaraliyev Firdavs muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 1-o'rinni egalladilar.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga hamda ularning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_bayrogʻi
#Namangan_tuman_IM
🇺🇿 Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bayrog'imiz qabul qilinganligining 33-yilligiga bag'ishlangan tadbirlardan videolavxa.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayrogʻim_faxrim
#Namangan_tuman_IM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi, hozirda Rossiya davlatining Novosibirsk Davlat Texnika Universitet (Новосибирский Государственный Технический Университет) da oʻqiyotgan Muhammedov Azamatning bayrogʻimiz qabul qilingan kun munosabati bilan yoʻllagan tabrigi.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|
Telegram|Facebook|YouTube|
#Yosh akademiklar
#Tashrif

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi YOSH AKADEMIKLAR amaliy tashrif bilan Artsoft Cluster ishlab chiqarish korxonasiga borishdi.

Tashrif davomida biriktirilgan mutaxassis yordamida korxonani aylanib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko'zdan kechirishdi.

Ushbu jarayonda o'quvchilar o'zlari kerakli savollarga javob olishdi hamda ularda ishlab chiqarishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.

⚡️Ushbu amaliy tashrif Yosh akademiklarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Bizni kuzatib boring ⬇️⬇️⬇️
@YangiNamanganTIM
#Yangi Namangan_TIM
#sertifikat
#faxrimiz

📣📣📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10.01sinf o'quvchisi Olimjonov Kamronbek Ingliz tilidan IELTS sertifikatini qo'lga kiritdi.

👩‍🎓Ushbu oʻquvchimiz IELTS overall darajasi 6.0 ballga teng.
O'quvchimizga yana ham yuksak zafarlar tilab qolamiz!

🌅Ushbu natija uchun tinmay mehnat qilgan ustozlarga hamda ota-onasiga  minnatdorchilik bildiramiz!!!

Bizni kuzatib boring ⬇️⬇️⬇️
@YangiNamanganTIM
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 33 yil toʻlishi munosabati bilan maktabning tarix fani oʻqituvchidi Muzaffar Bobohanov tomonidan "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida ertalabki saflanishda davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek tadbir davomida "Bayrogʻimiz-gʻururimiz" mavzusida tashkil etilgan rasmlar tanlovining gʻoliblari taqdirlandi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

@ChortoqTIM
🕊 Birgalikda yuksalamiz!