Forwarded from Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY (MARDON)
#Tayinlov
Zokirov Oybek Oxundeda o‘g‘li Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Oybek Zokirov 1990 - yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2015 - yil Namangan Davlat Universitetini tamomlagan. 2020-2022 - yillarda Prezident maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2022-2023 - yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligining Namangan viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan masalalar muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i asosida amalga oshirildi.

👍14
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#tayinlov
AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLADI
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#tayinlov
AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI
Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.
T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

👍5
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Tayinlov
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:
✅ Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.
2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib bordi.
Vazirlik jamoasi Eʻzoza Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Tayinlov
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra Ergashev Bahodirxon Fazliddinxon o‘g‘li Namangan shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori lavozimiga rasman tayinlandi.
Ustozlik va liderlik yo‘lida bosib o‘tilgan bu izchil va samarali mehnat yo‘li, shubhasiz, ta'lim muassasasini yangi marralarga olib chiqishda muhim omil bo‘ladi.
Maktab jamoasi B.Ergashevni tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Bahodirxon Ergashev maktabimiz rivojida muhim o‘rin tutgan tajribali mutaxassislardan biridir. U:
🔹 2019–2022 yillarda — Fizika fani o‘qituvchisi;
🔹 2022–2025 yillarda — Maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Ustozlik va liderlik yo‘lida bosib o‘tilgan bu izchil va samarali mehnat yo‘li, shubhasiz, ta'lim muassasasini yangi marralarga olib chiqishda muhim omil bo‘ladi.
Maktab jamoasi B.Ergashevni tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!
👍12🔥5
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Tayinlov
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:
✅ Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o'qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.
Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o'qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.
Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Forwarded from A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
#Tayinlov
Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.
Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
🌍 🌍 🌍 🌍 🌍 🌍
💬 Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒 Facebook
📹 YouTube | 🌐 Instagram

🔥1🎉1