NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
622 subscribers
11.2K photos
338 videos
6 files
1.75K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#Navoiyga_ehtirom
#Ixtisosolashtirilgan_maktab

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni maktab direktori F.Begmatov kirish soʻzi bilan ochib berdi.Tadbir davomida maktab oʻquvchilari Alisher Navoiy ijodidan ruboiy va gʻazallar keltirdilar, XV-XVI asr voqealari sahna koʻrinishida namoyon etildi.

Alisher Navoiy va shoh Husayn Boyqaro oʻrtasidagi munosabatlar oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda namoyish etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar yigʻilganlarga quvonch bagʻishladi. Bayram tadbirida hamkor tashkilotlar va ota-onalar vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir soʻngida maktabning faol oʻquvchilari taqdirlandi.

Maktab jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan barcha oʻquvchilar, shuningdek ona tili va adabiyoti fani ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Liderlar_hamjamiyati
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

2-kun jarayonlaridan

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglariga start berildi. Seminar -treningda Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim maktablari direktorlari ishtirok etdi .

🔸 Eslatib o'tamiz, ushbu seminar treninglar 7-10- fevral kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

⬇️ Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi Namangan viloyati hududiy bo'limi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/piima_namangan
#Liderlar_hamjamiyati
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

2-kun jarayonlaridan

🔰 To'raqo'rg'on tumanida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglari davom etdi. Seminar -treningda To'raqo'rg'on tumanida faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim maktablari direktorlari ishtirok etdi .
Ishtirokchilar treninglarda juda katta ishtiyoq va qiziqish bilan ishtirok etishdi va albatta kelgusida yana davom etishiga ishonch bildirishmoqda.
Namangan viloyati ambassadorlari o'tgan ikki kunda treningdan ko'zlangan maqsadga 100 foiz erishdik deb ayta olamiz. 🥰