NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
636 subscribers
10.5K photos
328 videos
6 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

📌30-avgust kuni "Raqamli avlod-2022” IT oromgohi doirasida ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, barcha qatnashchilarni samimiy tabrikladi:

- Inklyuziv IT oromgoh doirasida har biringiz katta natijalarni qo’lga kiritganingizga aminman. Eng muhimi yangi do'stlar, tajriba orttirdingiz. Umid qilamanki, bu yerda o’zlashtirgan bilimlaringiz sizga albatta foyda keltiradi. Omad yor bo’lsin, aziz yoshlar!

🔹
Mazkur oromgoh orqali o’quvchilarning IT sohasiga va zamonaviy kasblarga bo’lgan qiziqishlari yanada ortib, bilim olishga bo’lgan intilishlari yuqori ekanligiga va o’z tengdoshlari qatori o’ziga bo’lgan ishonchi borligiga yana bir bor amin bo’lindi.

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

__
Digital Generation Uzbekistan
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

Joriy yilning 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Raqamli avlod-2022” inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi:

- "Raqamli avlod IT oromgohi" har yili axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni o'zida qamrab oluvchi yaxshi an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bu oromgoh davomida ko'plab yangi bilimlarga ega bo'lish bilan bir qatorda yangi do'stlar ham orttirishmoqda. Bu quvonarli holat, albatta. Mazkur oromgoh va darslarni o'ziga xos taassurotlar bilan eslashingizga aminman. Kelgusi faoliyatingizda ham zafar yor bo'lsin!

Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, trening ishtirokchilari va mentor-o’qituvchilar sertifikat hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

📌Ma'lumot uchun, mazkur inklyuziv IT oromgoh 25-avgustdan 30-avgustga qadar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 7 yo'nalish doirasida tajribali mentorlardan saboq olishdi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Halima Abdurasulovna Gaffarova
#TAQDIRLASH_
📚📚📚
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi òquvchilar yiģinida fan olimpiadasida, Al-Xorazmiy olimpiadasida, shuningdek, Spelling bee 📖 musobaqasida faxrli òrinni egallagan òquvchilar faxriy yorliq va direktor jamģarmasidan pul pukofoti bilan taqdirlandilar.🏆🏅 🪙Shu bilan birga ularning ota-onalariga ham TASHAKKURNOMA topshirildi.📃
Bizni kuzatib boring👇👇👇
https://www.facebook.com/groups/829554404835489/?ref=sharehttps://t.iss.one/+Am2i23KER4I3Mzhi
Forwarded from Дилфуза Учқўрғон ИМ директори
#Taqdirlash_marosimi
#Ўқитувчилар_олимпиадаси

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

✔️Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar o’zaro kuch sinashishdi.

🔰 Ular orasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani oʻqituvchisi Nigora Yakubova ham borligi g'oyat quvonarli.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

📍Ma’lumot o’rnida, taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi 118-sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi.

👇👇👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda

https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
Forwarded from Deleted Account
#Jarayon
#Taqdirlash
#Kosonsoy_Test_Markazi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan ertalabki saflanishda bir guruh faol oʻquvchilar taqdirlandi.

Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan "Kosonsoy Test Markazi" tashkiloti tomonidan tashkil etilgan test sinovlarida yuqori oʻrinlarni egallagan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari oʻquv markazi tomonidan maxsus sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan oʻquv markazi rahbari Muhammadsiddiq Abdumutalov va Abduvohid Yuldashev gʻolib oʻquvchilar va ularning ustozlariga minnatdorchilik bildirdi va yoshlarni ilm choʻqqilarini zabt etib, buyuk allomalar yurtiga munosib voris boʻlishga chaqirdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ilmiy hamkorlik uchun "Kosonsoy Test Markazi" tashkilotiga minnatdorchilik bildiradi

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#taqdirlash
#qizlar_olimpiadasi

🏆GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada gʻoliblari taqdirlandi.

🥉3-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Muslimaxon Rahimberganova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sabrina Abdulazizova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Yorqinoy Hasanova;

🥈2-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Zarina O‘ktamboyeva;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Nastarin Kamolova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Charos Toshmatova.

🥇1-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Komila Mirzomiddinova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Dildora Mahkamova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Guliraʼno Nurillayeva.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtiroki o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreya davlatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o'tkazildi.


🧲 Fizika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shirin Baratov - Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Saidjon Xamroqulov - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Orifxon Vaqqosov - Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.

🔬Biologiya fanidan olimpiada natijalari:

🥇Abdimannon Rashidov - Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Sadoqat Qo‘chqorova - Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Albina Aliyeva - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⌨️ Informatika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shoxrux Sadullayev - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Davron Avlakulov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Askar Aldebayev - Ellikqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Qolaversa, "Lider o‘qituvchilar" olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ilm-fan va sportning turli yo'nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar.

5-6-sentabr kunlari Namangan viloyati "Barkamol avlod" bolalar va o'smirlar markazi tomonidan tashkil etilgan "Yosh konstruktor" tanlovida maktabimizning 9.02-sinf o‘quvchisi Asqaraliyev Firdavs g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Maktabda tashkil etilgan tadbirda Firdavs va uning ustozi Azimjon Ismoilovga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sportning jiu-jitsu turi boʻyicha oʻtkazilgan mintaqaviy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Gulmira Sobirjonova sport federatsiyasining diplomi bilan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#taqdirlash_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari oʻtkazilib kelinayotgan tadbirlar, loyihalar, tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Faollikda tengdoshlariga oʻrnak boʻlgan oʻquvchilar va ularni shu natijalarga erishishlarida oʻz mehnatini ayamangan oʻqituvchilar maktab direktori A.Yuldashev tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Telegram Instagram Facebook
#taqdirlash_
#ertalabki_saflanish_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bir qator faol oʻquvchilarning navbatdagi taqdirlash boʻlib oʻtdi.
Bayrogʻimizning 33 yilligini keng nishonlash boʻyicha oʻtkazilgan rasmlar tanlovi, insholar tanlovi, videoroliklar tanlovi hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashgan oʻquvchilar maktab direktori A.Yuldashev tomonidan taqdirlandilar.

Telegram Instagram Facebook
#taqdirlash
#olimpiada

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etilgan taqdirlash marosimida To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o'quvchilari asosiy fan olimpiadasida faxrli o'rinlarni egallaganligi uchun turli darajadagi diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube