NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
636 subscribers
10.5K photos
328 videos
6 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Seminar_trening

📣Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida 1-noyabr kuni "Innovate and elevate" deb nomlangan viloyat seminari bo'lib o'tdi. Seminarga viloyatimizdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablardan maslahatchilar va ingliz tili o'qituvchilari taklif etildilar.

👩‍🏫Seminarda maktab maslahatchisi B.Ahmadaliyeva, yetakchi o'qituvchilardan F.Jo'rayeva, Sh.Oshiqova va S.Kuchkarovalar o'z taqdimotlari bilan mehmonlarga qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar berishdi va mahorat darslari tashkillashdi.

💫 Seminar so'ngida fikr-mulohazalar bilan o'rtoqlashildi, feedbacklar tinglandi, bunday tajriba almashinuv seminarlarini ko'plab o'tkazishga kelishib olindi.

⚡️Barcha mehmonlarimizga tashriflari uchun tashakkur aytamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting😊👇👇
https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#FVB_hamkorlik
#Maxsus_taktik_mashq

❇️Bugun Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan "Zilzila natijasida yongʻin va portlash yuzaga kelgan obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakati" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

❇️ Oʻtkazilgan oʻquv mashqi davomida barcha xizmatlar oldiga qoʻyilgan vazifalarni haqqoniy olib bordi.

❇️Oʻquv mashqiga jami 112 nafar ishtirokchi va kuzatuvchi hamda 6 ta maxsus texnika jalb qilindi.

❇️Oʻquv mashqi yakunida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida mutaxassislar tushuntirish berishdi.

Bizni kuzatib boring⬇️⬇️⬇️

🌐Telegramm | 👍Facebook
#Mingbuloq_IM
#sertifikatlar
#faxrimiz

📣📣📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh 10-11 sinf òquvchilarimiz Ingliz tilidan IELTS va milliy CEFR sertifikatlariga ega bòldilar!

👩‍🎓10/02 sinf o'quvchisi Fayzullayeva Asila IELTS 6.0 balni qo'lga kiritdi.
👨‍🎓11/02 sinf o'quvchisi Valiyev Alibek va 10/02 sinf o'quvchilari 🧑‍🎓Maxmudova Ozoda, 👨‍🎓 Sotvoldiyev Fahriddinlar CEFR B2 darajalari sohiblari bo'lishdi.👏👏👏
O'quvchilarimizga yana ham yuksak zafarlar tilab qolamiz!

🌅Ushbu natijalar uchun tinmay mehnat qilgan ustozlarga ham minnatdorchilik bildiramiz!!!

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇👇👇

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#Olimpiada
#Robo_coding

🖥 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Robo-coding" olimpiadasining maktab bosqichi yakunlanmoqda.

🎓Bu olimpiada doirasida 5-8 va 9-11 sinflar kesimida robototexnikaga qiziqqan iqtidorli o'quvchi talabgorlar qizg'in bahs olib bordilar.

👑Maktabda 3 bosqichli saralab olish yakunlari chiqish arafasida. Bu soxa ancha yosh bo'lishiga qaramay, ko'ngilli qatnashuvchilar soni salmoqli ekanligidan mamnunmiz!

🍀Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo'lsin

👇👇👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting📣

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#Bagʻrikenglik_haftaligi

❇️Mamlakatimizda 16-noyabr – "Xalqaro bag’rikenglik kuni"ga bag’ishlab, joriy yilning 11–16 noyabr kunlari o‘tkazilayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" hamda "Mening bag‘rikeng dunyoyim!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

❇️Haftalik jarayonida"Mening bag‘rikeng dunyoyim" mavzusidagi eng yaxshi rasmlar tanlovi;

❇️Bag‘rikenglikni targ‘ib qiluvchi she’rlardan tashkil topgan "Shehrxonlik kechasi";

❇️9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Bag‘rikenglik mening nazdimda" mavzusidagi eng yaxshi insholar tanlovi;
❇️Oʻquvchilari o‘rtasida milliy an’ana va udumlar asosida milliy liboslar tanlovi, milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy kuy, raqs va qo‘shiqlar ijrosi aks etgan gala-kontsert bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Mingbuloq_IM
#Bayroq_koʻtarish

❇️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining 2024-yil 13-noyabrdagi 156-AF-son buyrugʻiga asosan Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr kuni Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Bayroq koʻtarish" marosimi tashkil etildi.

❇️Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi xalqimiz, ayniqsa, yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʻzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilayotganligi, shonli oʻtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatimiz, tinchlik va osoyishtalik, birdamlik, millatlararo totuvlik kabi umuminsoniy tuygʻularni oʻzida mujassam etgan ushbu davlat ramzining mazmun-mohiyati keng singdirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Mingbuloq_IM
#Bayroq_33_chellenj

❇️ Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligini munosib nishonlash boʻyicha maktab jamoasi chellenj tayyorladi.

❇️Barchani chellenjda faol qatnashishga chorlab qolamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Mingbuloq_IM
#Bayrogʻimiz_gʻururimiz
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi

❇️ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Millat bayrogʻi" shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

❇️Bugun 5-7-sinf oʻquvchilar oʻrtasida "Bayrogʻimiz-gʻururimiz" mavzusida rasmlar, 8-10-sinf oʻquvchilar oʻrtasida "Muqaddasdir Vatan bayrogʻi" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

❇️Oʻquvchilar ijodlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizda, milliy oʻzligimizda chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilayotganligi oʻz isbotini topdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Mingbuloq_IM
#asosiy_fan_olimpiadasi

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rahmonov Toxirjon Ilhomjon oʻgʻli fizika fanidan asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

❇️Shuningdek, 10-sinf oʻquvchisi Abdusalomov Abdulloh Zohidjon oʻgʻli informatika fanidan 4-oʻrinni, 11-sinf oʻquvchisi Akramov Ozodbek Anvarxoʻja oʻgʻli informatika fanidan 5-oʻrinni egallashdi.

O'quvchimizga Respublika bosqichida ham omad tilaymiz!!!


👇👇👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting📣

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#xalqaro_daraja
#faxrimiz

📣📣📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh 10 va 11- sinf òquvchilari xalqaro sertifikatlarga ega bòldilar!

🏆Ingliz tili Xalqaro IELTS:
10.01 sinf o'quvchisi Sobirjonova Muxtasar 7.5 va 10.05 sinf o'quvchisi Sharobiddinova Ruxshona ham 7.0 ko'rsatkichli natijalar bilan o'z bilimlarini ko'rsatdilar. Qolaversa 11.03 sinfimiz o'quvchisi Pirmatova Rayhona ham tabiiy yo'nalishda bo'lishiga qaramay 6.5 natijani qo'lga kiritdi.

🏆 Koreys tili
10.01 sinf o'quvchilari Shaxobiddinova Muazzamxon ham topic II ham SKA testlari yuqori natijasi bilan va Mamutjonova Dilnoza topik I natijasi bilan hammani quvontirdi.

🌅Ushbu natijalar bilan o'quvchilarimizni tabriklaymiz! Parvozingiz bundanda yuksak bo'lsin!

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇👇👇

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/