NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
614 subscribers
15.6K photos
438 videos
6 files
2.35K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Eʼtirof
#Xalqaro_olimpiada_saralash
🏢Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-01A o'quvchisi Qambaraliyev Sardorbek Assalomu alaykum, Gʻulamov Ilyosxon ustozni o‘quvchilari Qambaraliyev Sardorbek Xalqaro olimpiadaning saralash bosqichida g‘olib bo‘ldi, Namangandan faqat Sardorbek g‘olib bo‘lgan. Barcha viloyatlardan 25 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga o‘tgan. O‘quvchimizga mart oyida bo‘ladigan keyingi bosqichda ham omad tilaymiz. Ilyosbek Gulamov ustoziga ham chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Shunday bilimdon o‘quvchilar va mehnatkash ustozlar safi ko‘payaversin!

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
👍4💯1
#Etirof
#Uychi_I_M
#Ixtirochilikka_qadam

Albatta farzandning hayotda o‘z o‘rnini topishida, ko‘zlagan maqsadiga erishishida oila muhiti, ota-ona tarbiyasi, yaqinlarining ishonchi muhimdir.
Respublika miqyosida tashkil etilgan "Ixtirochilikka qadam" tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktabimizning 10-02 sinf o‘quvchisi Ozodbek O‘rmonovni bu borada ham omadi kulib boqqan.
Uning ota-onasining qo‘llab-quvatlashi, uztozlarining yordami, ayniqsa bobosi O‘rmonjon ota, buvijonisi Xolisxon ayalarning duosi, pand- nasihatlari o‘laroq Ozodbek bugun yuqori natijalarga erishmoqda.
Zero qilingan mehnat, farzandga ajratilgan sarmoya, ishonch o‘z samarasini beradi albatta.
Biz Ozodbekning respublika bosqichida ham omad kulib boqishiga ishonamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526