NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#9_may

🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Inson aziz-xotira muqaddas" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda Chortoq tumanidagi 44- sonli maktab oʻquvchilari ham faol ishtirok etishdi.
Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizda hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona vatan sarxatlarida mardlarcha halok boʻlgan mard oʻgʻlonlarni yorqin hotirasini abadiylashtirish, ularni qahramonliklarini unutmaslikka chorlash maqsadida o‘tkazildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@ChortoqTIM
🕊Birgalikda yuksalamiz!
#9_may

🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari 9- may "Xotira va qadrlash kuni" munosobati bilan Namangan shahar oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurib eksponatlar bilan yaqindan tanishishdilar.
Oʻquvchilar xalqimizning boy tarixidan dalolat beruvchi arxeologik va me’moriy yodgorliklar, san’at asarlari hamda  har biri o‘ziga xos tarixga ega manbalar va ular haqidagi ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi.


Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@ChortoqTIM
🕊Birgalikda yuksalamiz!
#9_may

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jasorat - millat g'ururi va iftixori!" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Bugun tumandagi xotira maydonida "Motamsaro ona" haykali poyiga gullar qoʻyildi va ulugʻ Vatan urushida oʻzbek xalqining jasorati haqida maʼlumotlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
#9_may
#Kosonsoy

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan  maktab õquvchilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Kosonsoy shahridagi "Xotira maydoni" ni ziyorat qilishdi.

"Motamsaro ona"  (ramziy) haykali poyiga gullar qo'yib, o'tganlar ruhini shod aylashdi.

Oʻquvchilar tomonidan ziyorat davomida janggohlarda jon bergan vatandoshlar nomlari muhrlangan «Xotira kitobi» ko‘zdan kechirildi, “Motamsaro ona” haykali qarshisida sukut saqlandi, shuningdek oʻquvchilarga mazkur sana va Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq tafsilotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman ixtisoslashtirilgan  maktab oʻquvchilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Norin tuman markazidagi "Xotira maydoni" ni ziyorat qilishdi.

"Motamsaro ona" haykali poyiga gullar qo'yib, o'tganlar ruhini shod aylashdi.

Oʻquvchilar tomonidan ziyorat davomida janggohlarda jon bergan vatandoshlar nomlari muhrlangan «Xotira kitobi» ko‘zdan kechirildi, “Motamsaro ona” haykali qarshisida sukut saqlandi, shuningdek oʻquvchilarga mazkur sana bilan bog‘liq tafsilotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#9_May_Xotira_va_qadrlash_kuni
#_ Inson aziz- xotira muqaddas

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi  Yangi Namangan tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida xotira turniri bo'lib o'tdi.

🎖9 may  “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan " Inson aziz, xotira muqaddas" shiori ostida o'quvchilar o'rtasida sportning SHAXMAT va MINI-FUTBO'L  turi bo'yicha "Xotira turniri" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Shaxmat sportida barcha o'quvchilar ishtirok etishdi.

Futbo'l  musobaqasi esa 2 bosqichda bo'lib o'tdi ya'ni 5-6-7 sinflar va 8-9-10 lar o'rtasida o'tkazildi.

O'yin shiddatli va jangovor ruhda o'tdi hamda g'oliblar maxsus sovrin ya'ni 🏆🏆kuboglar bilan taqdirlandi.

Shaxmat bo'yicha 1-2-3 o'rinlar uchun g'oliblar 🥇🥈🥉 medallar bilan taqdirlandi.

Xotira turniri ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Bizni kuzatib boring ⬇️⬇️⬇️
@YangiNamanganTIM
#9_May_Xotira_va_qadrlash_kuni
#_Inson_aziz_xotira_muqaddas

“Nomingiz dillarda mangu yashaydi”

Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga xissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xarbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mexr-oqibat, hamjixatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruxida kamol toptirish maqsadida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning g‘alabaga qo’shgan hissasi, General Sobir Rahimov va rishtonlik Mamadali Topvoldiyev faoliyati hamda “Sen yetim emassan” o‘zbek filmi namoyish etildi.

Shuningdek, “Xotira”, “Qadr” degan tushunchalar azal-azaldan el-yurtimizning tafakkuri, maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib ketganligini, o‘zini, o‘z el-yurtini o‘tmishini, tarixini eslamaydigan, bilmaydigan, xotirlamaydigan insonni tasavvur qilish qiyin ekanligini taʼkidlanib, o‘quvchi yoshlar ongiga ajdodlar ruhiga hurmat va ehtirom tuyg‘usi bilan yashashlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.

🔖 @YangiNamanganTIM
#9_may

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan “Jasorat – millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida  "Inson aziz-xotira muqaddas" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🟢 Tadbirda 11-02- sinf oʻquvchilari tomonidan yurtimiz tinchligi osoyishtaligi yoʻlida oʻz jonini ayamay hizmat qilib kelayotgan harbiylar, mehnat fidoyilarining faoliyatlari toʻgʻrisida takidlab oʻtdi.

Mazkur tadbirda XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ
Xotira va qadrlash tushunchasi asosiy gʻoya qilib olindi. Shuningdek o'z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, shuningdek, To'maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Namoz-botir kabi qaxramonlari, shuningdek vatanimiz rivojlanishiga hissa qoʻshgan shaxslar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy qaxramonlarimizni ruhini shod etib yana bir bor esga olindi.

Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@ChortoqTIM
🕊Birgalikda yuksalamiz!
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan  maktab oʻquvchilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Mingbuloq tuman markazidagi "Xotira maydoni" ni ziyorat qilishdi.

"Motamsaro ona" haykali poyiga gullar qo'yib, o'tganlar ruhini shod aylashdi.

Oʻquvchilar tomonidan ziyorat davomida janggohlarda jon bergan vatandoshlar nomlari muhrlangan «Xotira kitobi» ko‘zdan kechirildi, “Motamsaro ona” haykali qarshisida sukut saqlandi, shuningdek oʻquvchilarga mazkur sana bilan bog‘liq tafsilotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🎫Mingbuloq IM
MATBUOT XIZMATI

🌐Telegramm | 👍Facebook